Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə7/53
tarix01.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
жахон тарихи

Qadimgi Misr madaniyati.


Mil. avv. IV ming yillikda qadimgi Misr aholisi Nil qirg‘oqlarini o‘zlashtirish paytida qaysi tilda so‘zlashganliklari hozirga qadar olimlar orasida munozarali fikrlarga sabab bo‘lmoqda. G‘arb mutaxassislarini fikricha qadimgi misrliklarning ilk so‘zlashgan tillari afro-osiyo tiliga (yoki Chad xalqlari tiliga) yaqinligi ta’kidlanib o‘tiladi. Keyinchalik boshqa etnoslarning Misrga kirib kelishi natijasida mahalliy til yanada boyib va sayqallanib borgan. Ilk podsholik davriga qadar misrliklar ieroglif yozuvni ixtiro qilganlar. Har doimgidek ilk ieroglif yozuvlar diniy timsol va mulkiy tabaqalanishni belgilovchi omil bo‘lib xizmat qilgan. Har bir ieroglif ma’lum bir so‘z yoki ma’noni anglatar edi. Ierogliflar soni masalasida hozirga qadar taniqli olimlar munozarali fikrlar bildirmoqdalar, lekin doimiy ishlatiladigan yozuvlar va belgilarning soni 750 taga yaqinligi ta’kidlanadi. Qadimgi Misrda maktablar (mirzolar maktabi) bo‘lib, u yerda tarbiyaviy va ta’lim intizomiga katta e’tibor berilgan. Tartibni buzgan, yalqov o‘quvchilar hatto tan jazosi bilan ham jazolanar edi. Maktablarda o‘quvchilar asosan ierogliflarni sopol sathiga va papirusga yozib o‘rganishgan. Misrda o‘rta va oliy maktablar bo‘lib, bunday ta’lim maskanlarida fir’avnlar, zodagonlar, kohinlar va moliyaviy imkoniyati bor barcha kishilarning farzandlari tahsil olganlar. Ilk bor qadimgi Misr ierogliflarini fransuz olimi J.F.Shampolon 1822- yilda o‘qishga muvaffaq bo‘ladi. Ierogliflarda xo‘jalik ishlari qaydnomalari, savdo-sotiq bitimlari, mamlakat tarixi va siyosiy kelishuvlarga oid yozuvlarda keng foydalanilgan. Misrliklar yozuvida 1 sonidan tortib, millionni bildiruvchi alohida belgilar ham bor edi. Bu esa o‘z navbatida matematik bilimlar yuqori darajada o‘qitilganini bildiradi. O‘lchov birligi sifatida podsho “barmog‘i”, “kafti” va “tirsagi” umumdavlat standarti vazifasini bajargan.
Shu bilan birga, qadimgi Misr adabiyotida ham ierogliflarning ahamiyati katta edi. Bunda turli xil janrdagi tasviriy san’at usullari keng qo‘llanilgan.
Qadimgi podsholik davrida dafn marosimlarida diniy madhiyalarni yozib qoldirilganligi yuqoridagi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Xattotlar katta mahorat bilan bo‘lib o‘tgan marosimlarni tasvirlashga harakat qilganlar. Ammo qadimgi misrliklarning 1% gina savodli bo‘lib, qolganlari dehqonlar, hunarmandlar va doimo hattotlar xizmatiga muhtoj bo‘lgan savdogarlardan iborat edi. Shuning uchun hattotlik kasbini egallash muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Xattotlar asosan qamishdan yasalgan qalam bilan papirusga ierogliflarni yozishganlar. Ular asosan kohinlar tomonidan ibodatxonalarda o‘qishga va yozishga o‘rgatilgan. Shu bilan birga mohir xattotlar fir’avnlarning harbiy yurishlarini saroy va ibodatxonalar tosh devorlarida tasvirlab yozishgan.
1798- yilda Napoleon Bonapartning Misr kompaniyasi davrida Rozetta toshi stellasi topilgan bo‘lib, unda 3 ta matn parallel tarzda yozilgan. Ularning bittasi piktogramma usulida, ikkinchisi demotik yozuv (Misr yozuvining stenografiya usuli), uchinchisi yunon tilidagi yozuv edi. Aynan shu yozuvlar qadimgi Misr belgilarini tushunishga kalit bo‘ldi. Bu hujjat paydo bo‘lganidan so‘ng qadimgi misrliklar yana “gapirishni” boshladilar va ularning yozuvi deshifrovka qilingani sari bu millat o‘zining buyukligi va go‘zalligini ochib berdi. Misr ieroglifik yozuvining kodini Fransiyaning buyuk iste’dodli olimi J. F. SHampolon 31 yoshida ochib berdi.
Qadimgi Misr adabiyotining yorqin na’munalaridan “Podsho Xeops saroyi haqida ertak”, “Gapga chechan dehqon”, “Aka-uka haqida ertak”, “Unu-Amonning sayohati ”, “Ajali etgan shahzoda haqida ertak”, “Sinuxening hikoyasi” va boshqalar hisoblanadi. Ular orasida O‘rta podsholik davrida vujudga kelgan “Sinuxe hikoyasi” alohida o‘rin tutadi. Mazkur hikoya syujeti misrliklar va ko‘chmanchi badaviylar turmush-tarzi, urf-odatlari farqlanishi asosiga qurilgan. Sinuxe saroy amaldorlari hiyla-nayranglari natijasida Osiyodagi badaviylar orasiga ketishga majbur bo‘ladi.U aqlliligi va jasurligi tufayli ko‘chmanchilar orasida katta obro‘ga ega bo‘ladi. Biroq,yurt sog‘inchi uni doimo qiynab keladi. SHunda Misr fir’avni Senusert I uni avf etib, vataniga qaytishga ruxsat beradi.Ushbu hikoyada jasurlik va vatanparvarlik g‘oyalari keng targ‘ib etilgan.
O‘rta podsholikning notinch davr ijtimoiy qarama-qarshiliklari “chiroyli so‘zlovchi ko‘chib kelgan haqida qissa”da namoyon bo‘ladiki, unda adolatsiz kamsitilgan qissa qahramonining haqiqatni himoya qilishga yo‘naltirilgan nutqi katta qiziqish uyg‘otadi.
Yangi podsholik davrida, ayniqsa gullab-yashnagan badiiy tarixiy adabiyot podsho yilnomalari va yirik amaldorlar “tarjimai-hollari” bilan ifodalangan.
Qadimgi Misr allaqachon dramatik san’at bilan tanish edi: u dramalashtirilgan janoza va ibodatxona marosimlari yoki afsonaviy syujetli diniy dramalar sifatida namoyish qilingan. Ba’zida bunday “spektakllar” faqatgina diniy ma’no kasb etmagan, balki siyosiy yoki targ‘ibot yo‘nalishiga ham ega bo‘lgan.
Boy she’riy adabiyot orasida - xudolar va podsholarga bag‘ishlangan madhiyalar , muhabbat lirikasi, maqtov qo‘shiqlarini e’tirof etish mumkin . SHe’r ritmi zarbli bo‘g‘inlarga asoslangan, zarbsiz bo‘g‘inlar soni esa muhim bo‘lmagan. Sevimli adabiy usullar- parallelizm ( barcha she’rlar ikki parallel iboralardan iborat) va alliteratsiya nasriy adabiyot uchun ham xos bo‘lgan. Turli xil adabiy janrlar ko‘pincha hikoyachining nutqi orqali ifodalangan , “chegara” ichiga olinib
u muqaddima va xulosani tashkil qilgan.
Misrliklar so‘z o‘yinini juda ham yoqtirishgan, ammo bu usulni baholaganda shunga e’tibor berish kerakki, so‘z misrliklar uchun alohida ma’noga ega bo‘lgan. Afsonaga ko‘ra, Atum-Ra insonlarni o‘z ko‘z yoshlaridan yaratgan, ammo bu holat faqatgina so‘z o‘yini emas ( “ko‘z yoshi” va “insonlar” so‘zi misrliklar tilida ohangdosh), balki jism va so‘z o‘zaro uzviy bog‘liqlikga ega ekanligiga ishonchning namoyishidir.
Qadimgi Misr tarixini o‘rganishda muhim tarixiy ma’lumotlar beradigan manbalar kamchilikni tashkil etadi. Bundan tashqari, bu manbalarning aksariyati papirusda yozilgani bois, ulardan faqat ayrimlarigina bizgacha etib kelgan. Ular orasida "Ipuver nasihatlari" nomli manba ham papirusga yozilgandir. Papirus matnida Misrda ro‘y bergan yirik ocharchilik, qurg‘oqchilik, Misrdan qullarning katta mol-mulk bilan qochib ketishlari, “qul va quldorning o‘rnini almashib qolishi” va butun Misr bo‘ylab o‘lim dahshatining yopirilgani hikoya qilinadi.
Mazkur papirus Ipuver ( ba’zi adabiyotlarda Ipuser) nomli mahalliy donishmand tomonidan yozib qoldirilgan. Ushbu manbaga ko‘ra muallif Misrdagi halokatlarning guvohi bo‘lganini tushunish mumkin. Papirusda Misr podsholigining tanazzuli, Misr zodagonlarining ayanchli ahvoli xususida aniq ma’lumotlar keltirilgan.
Qadimgi Misrda ibodatxonalarda dastlabki teatr ko‘rinishidagi diniy dramalar doimiy ravishda qo‘yilgan. Misrliklar musiqa va raqs sa’atidan xabardor xalq hisoblanadi. Qadimiy devoriy suratlarda torli musiqa asboblaridan tashqari nay, urib chalinadigan do‘mbira va boshqalar tasvirlangan.
Qadimgi Misr arxitekturasini Gizadagi mahobatli ehromlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ehromlarning dastlabkisi qadimgi podsholik davrida Sakkara shahrida fir’avn Joser tomonidan bunyod etiladi. Uning arxitektori sifatida Imxoteb tilga olinadi. Eng mashhur ehrom Xufu (Xeops) ga tegishli bo‘lib, balandligi 146 metrni tashkil etadi. Unda og‘irligi 2,5 tonnali 2 milliondan ortiq tosh bo‘laklari ishlatilgan. Shuningdek, Giza shahridagi Xafra (Xefren), Mnekaura (Mikerin) ehromlari ham juda mashhur sanalgan. V sulola davridan boshlab, ehromlar ichidagi bino devorlariga ierogliflarda “ehrom matnlari” bitila boshlangan. SHu
bilan birga Karnak va Luksordagi ulkan ibodatxonalar kishilar e’tiborini tortadi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə