Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti tabiiy va iqtisodiyot fanlar kafedrasi «Iqtisodiyot» yoʻnalishi 928-21-guruh talabasi Ziyodullayev Jaloliddinning «Iqtsodiyot ta`limotlari



Yüklə 46,19 Kb.
səhifə3/3
tarix25.05.2022
ölçüsü46,19 Kb.
#87872
1   2   3
Oraliq nazorat Iqtsodiyot Ta`limotlar tarixi

Yer-suv fondining turlari.

Yer fondi — mamlakatning jami yer resurslari maydoni. Ye.f. yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi: 1) q.x.ga moʻljallangan yerlar — sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevali (mevasiz) daraxtzorlar va tokzorlar va b. ekinlar b-n band yerlar va b.; 2) aholi punktlari (shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punkti) yerlari — shaharlar va shaharchalar, shuningdek, qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar; 3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va b. maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan maqsadlarga foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar; 4) tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — alohida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega boʻlgan yerlar, shuningdek, om-maviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar; 5) tarixiymadaniy ahamiyatga molik yerlar — tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar; 6) oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon b-n qoplangan, shuningdek, oʻrmon b-n qoplanmagan boʻlsa ham, oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari oʻchun berilgan yerlar; 7) suv fondi yerlari — suv obʼyektlari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obʼyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 8) zaxira yerlar — yuqorida nomlangan Ye.f. toifalariga ajratilmagan, maʼlum ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik sabablarga kura xalq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari boʻlmagan yerlar.

  1. Yer-suv fondining tarkibi.

O`zbekistonda D.s.f.dan qishloq xoʻjaligi, energetika, sanoat, kommunal xoʻjaligi taʼminoti, baliqchilik, davolash va b. maqsadlarda foydalanildi. Orol dengizi havzasida suv resurslari tiklanadigan yer usti va yer osti suvlari hamda qaytma suvlardan tashkil topadi. Bu havzadagi eng yirik daryolar Amudaryo va Sirdaryoning yillik oʻrtacha oqimi 115,6 km3 ni (Amudaryo — 78,5, Sirdaryo — 37,1 km3) ni tashkil etadi. Oʻzbekiston xududida esa Orol dengizi havzasi daryolari okimining 7% hosil boʻladi, lekin havzadagi daryolar yillik oʻrtacha oqimining 51,6% isteʼmol qilinadi. Orol dengizi havzasida yer osti suvlarining tiklanadigan umumiy hajmi 34 km3 ni tashkil etadi, uning tasdiqdangan va foydalanish mumkin boʻlgan zaxirasi 12,5 km3 ga teng . Bu zaxiralarning deyarli 50% Oʻzbekiston hududida joylashgan. Oʻzbekiston toglarida 30 dan ortiq muzlik mavjud. Shuningdek, suv omborlarida suv fondining katta kismi toʻplangan. Sugorish va drenaj tarmoklarining hozirgi texnik holatida respublika boʻyicha har yili 22—P km3 drenaj suvlari hosil boʻladi, ularning 13 km3 dan q.x. ekinlarini sugʻorishda foydalanish mumkin. Drenajtashlama suvlar bilan har yili 50—62 mln. t tuzlar sugoriladigan massivlar doirasidan chiqarib tashlanadi va ular dare suvlari sifatini yomonlashuviga olib keladi. hozirgi davrda Amudaryoning oʻrta va quyi oqimlarida suvning oʻrtacha shoʻrlanishi darajasi 1,0—1,2 g/l ni, Sirdaryoning oʻrta oqimlarida joylashgan viloyatlarida 1,5—1,6 g/l ni tashkil etadi. Respublikada iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida aholi jon boshiga suvning yillik oʻrtacha solishtirma sarfi 2540 m3 ni tashkil etadi (Qirgʻizistonda 1128 m3, Isroilda 345 m3).

  1. Sug‘oriladigan yerlar miqdori

O`bekistonda Ye.f.ning asosiy qismi (62% ga yaqini) q.x. yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fu-qarolar yerlari — tomorqa (1%), oʻrmon va toʻqayzorlar (3,2%) va q.x.da foydalanilmaydigan yerlardan (34,2%) iborat. Shundan sugʻoriladigan yerlar jami yer resurslarining 9,6% tashkil etishiga qaramay respublika q.x.da yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 90% shu yerlardan olinadi (Oʻzbekiston Respublikasi Ye.f.ning toifalar boʻyicha taqsimoti 445-b.dagi jadvalda berilgan).
Yüklə 46,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə