Mirzo ulug’bek nomidagi


Koder – ingl.: coder rus.: кодер Kodlashni amalga oshiruvchi qurilma yoki dastur. Kodlash kaliti



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə81/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

Koder – ingl.: coder rus.: кодер Kodlashni amalga oshiruvchi qurilma yoki dastur. Kodlash kaliti – ingl.: coding key rus.: ключ кодирования Kriptografiyada - kodlarni o‘zgartirishda, ularning o‘zaro mosligini tekshirish uchun ishlatiladigan kalit. Bu kalitning vazifasi, begona obyektlar tomonidan dasturlarni va ma’lumotlarni ishlatishdan muhofazalash.
Kommunikativistika – ingl.: communication science rus.: коммуникативистика Axborot kommunikatsiyalari (shu jumladan, tarmoqlar) muammolarini o‘rganadigan fan.
Kompyuter dasturlarini qo‘riqlash – ingl.: protection of computer software rus.: охрана компьютерных программ Ixtiyoriy tilda va ixtiyoriy shaklda, shu jumladan, dastlabki matn yoki obyektli kod ham, ifodalanishi mumkin bo‘lgan,
dasturlarni (shu qatori operatsion tizimlar ham) barchasiga tegishli bo‘lgan qo‘riqlash turi.
Kompyuter jinoyatlari – ingl.: computer crimes rus.: компьютерные преступления 1.Bevosita ma’lumotlarga ishlov berish tizimi yoki kompyuter tarmog‘i yordamida qilingan jinoyatlar. 2. Apparat, dasturiy vositalarni va ma’lumotlarni ishlatish, turlash yoki qo‘porish yo‘li bilan sodir etilgan jinoyat. 3. Kompyuter informatikasi sohasidagi jinoyatlarning qisqartirilgan nomi. 4. Axborot
– telekommunikatsiya tarmoqlari orqali axborotdan erkin foydalanishning yangi imkoniyatlarini ishlatish, hamda kompyuter tizimlari foalitini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik harakatlari.
Kompyuter kriptografiyasiga – (1970-yillardan boshlab) «qo‘lda bajariladigan» va «mexanik» shifrlardan bir necha barobar katta kriptobardoshlilikka ega bo‘lgan shifrlashni katta tezlik bilan bajarilishini ta’minlovchi samarali hisoblash vositalarini paydo bo‘lishi bilan asos solindi.
Kompyuter steganografiyasi – bu klassik steganografiyaning yo‘nalishi bo‘lib, kompyuter platformasi uchun asoslangan. Masalan, Linux uchun, steganografik fayl tizimsi StegFS, ma’lumotlarni ishlatish mumkin bo‘lmagan joylarda ularni ma’lum fayl formati ko‘rinishida saqlash, belgilarni fayllar nomiga almashtirish, matnli steganografiya va h.k.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə