Mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə82/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

Kompyuter tezligi – ingl.: computer speed rus.: быстродействие компьютера Mashinaning markaziy protsessorlari tomonidan bir sekundda bajarilayotgan elementar amallarsoni. Zamonaviy kompyuterlar tezligi sekundiga bir necha milliard amallarga yetadi.
Kompyuteramaniya – ingl.: computer-prone rus.: компьютеромания Insonning kompyuter tizimlarini muntazam ishlatishdagi patologik ehtiyoji. Bu inson ruhiyatiga kompyuter o‘yinlari va virtual borliq texnologiyalari ta’siriga ko‘nikib qolishi bilan yuzaga kelgan.
Kompyuterlar avlodi – ingl.: computers’ generation rus.: поколение компьютеров Asosan ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniluvchi texnologiyaga asoslangan kompyuterlarning tarixiy tasnifidagi toifa. Masalan, birinchi avlod
kompyuterlari rele yoki elektron lampalarga, ikkinchisi – tranzistorlarga, kompyuter xaritasi uchinchisi – integral mikrosxemalarga, to‘rtinchisi – katta va o‘ta katta integral sxemalarga asoslangan.
Kreker – ingl.: cracker rus.: крекер Xakerning Internetda qabul qilingan nomlanishi. Tarmoqda haqorat so‘zi hisoblanmaydigan «xaker» so‘zidan farqli, aynan qo‘poruvchi (sindiruvchi - «yomon odam»). Bu atama ko‘p ma’noli: sindiruvchi deb qarsillab sinadigan quruq pecheniyni ham, va shovqinsiz, muhofazani sindiradigan xakerlarning dasturlarini ham, atashadi.
Kriptobardoshlilik – shifrlash kaliti noma’lum bo‘lgan holda shifrlangan ma’lumotni deshifrlashning qiyinlik darajasini belgilaydi.
Kriptografik algoritm – ingl.: cryptographic algorithm rus.: криптографический алгоритм Axborotni (ma’lumotlarni) buzishga to‘sqinlik qilish va undan ruxsatsiz erkin foydalanish dan muhofazalash maqsadida uni o‘zgartirishning matematik algoritmi.
Kriptografik kalit – ingl.: cryptographic key rus.: ключ криптографический 1. Dastlabki matnni shifrmatnga va shifrmatnni dastlabki matnga o‘girish imkonini ta’minlaydigan, kriptografik algoritmning parametri bo‘lgan ramzlar ketma-ketligi.

      1. Shifr o‘zgartirishlari to‘plamidan muayyan o‘zgartirishni aniqlaydigan ma’lumotlar majmui.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə