Mirzo ulug’bek nomidagi


Ma’lumotlarni muvofiqlash



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə85/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

Ma’lumotlarni muvofiqlash – ingl.: data authentication rus.: аутентификация данных qarang: ma’lumotlar autentifikatsiyasi.
Mantiqiy bomba – ingl.: logic bomb rus.: логическая бомба Biror bir shart bajarilsa ishga tushib ketadigan va avtomatlashtirilgan tizim resurslarining (ma’lumotlar, dasturiy yoki apparat ta’minoti) shikastlanishiga olib keladigan kompyuter dasturi yoki dastur bo‘lagi.
Matn – alfavitning elementlaridan (belgilaridan) tashkil topgan tartiblangan tuzilma.
Matnli xabar – ingl.: message text rus.: текстовое сообщение Matndan iborat va tarmoq bo‘yicha uzatiladigan xabar.
Maxfiy savol – ingl.: secret question rus.: секретный вопрос «Maxfiy savol»+»Maxfiy javob» - bu qo‘shimcha parol. Siz asosiy parolingizni unutgan bo‘lsangiz, sizdan maxfiy savol so‘raladi, sizdan olingan javob esa maxfiy javob bilan solishtiriladi. Javoblar bir xil bo‘lsa, siz uchun fayllaringizga yo‘l ochiladi.
Maxfiylik kaliti – ingl.: privacy key rus.: ключ секретности Foydalanuvchining yoki dasturning resurslar va ma’lumotlar bilan ishlash huquqlarini aniqlaydigan kalit. Maxfiylik kaliti autentifikatsiyada ishlatilib, parol, ya’ni, maxfiy so‘z turlaridan biridir.
Maxsus (ko‘rinmas) siyoh usuli – Klassik steganografiyaning keng tarqalgan usullaridan biri bu maxsus(ko‘rinmas) siyoh usulidir. Bunday siyohlarda yozilgan matn faqatgina maxsus sharoitlarda qog‘ozda paydo bo‘lgan (isitish, yoritish va kimyoviy qorishma qo‘shish kabi). Bu usul I asrda Aleksandr Felono tomonidan kashf etilgan bo‘lib, o‘rta asrlarda ham ishlatilgan. Qog‘ozga qatorlar orasiga sut
bilan yozilsa, sut esa qog‘oz olovda qizdirilganda ko‘rinishi haqidagi usul ham mavjud.
MixColumns – ustun elementlarini aralashtirish, ya’ni algoritmda berilgan matritsa bo‘yicha akslantirishni amalga oshirish.
Mualliflash – ingl.: authorization rus.: авторизация 1. Huquqlarni berish. U erkin foydalanish huquqlari asosida erkin foydalanishga huquq berishni ham o‘z ichiga oladi. 2. Foydalanuvchining resursdan erkin foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. 3. Foydalanuvchiga hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlarni berish.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə