Mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə87/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

O’suvchi ketma-ketlik – Berilgan ketma-ketlikni har bir hadi o‘zidan oldingi hadlar yig‘indisidan katta bo‘lsa, bu ketma-ketlikka O’suvchi ketma-ketlik deyiladi.
Ochiq kalit – ingl.: public key rus.: открытый ключ Asimmetrik kriptotizimda ishlatiladigan va tizimning barcha foydalanuvchilari erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan kalit. Yana qaralsin: elektron raqamli imzoning yopiq kaliti.
Ochiq kalitli kriptotizim – ingl.: cryptosystem with public key rus.: криптосистема с открытым ключом Ikkita, maxfiy va ochiq kalit ishlatadigan kriptografik tizim. Unda kalitlarning birortasi ham boshqasidan yetarli vaqt mobaynida hisoblab chiqarilishi mumkin emas. Maxfiy kalit sir saqlanadi, ochiq kalit esa, o‘zaro ishlovchi barcha abonentlarga yuborilishi mumkin. Ochiq kalitdan foydalanib ixtiyoriy abonent, ochiq kalitning muallifiga muhofazalangan xabarni jo‘natishi mumkin. Bunda, bu xabarni faqat ochiq kalitga mos keluvchi maxfiy kalitga ega bo‘lgan tomon dastlabki matnga o‘girishi mumkin. Bunday kriptotizimlar ikki kalitli, yoki asimmetrik deb nomlanadi. Ochiq kalitli kriptotizimlar, ham nazariy, ham amaliy kriptobardoshlikni ta’minlovchi simmetrik kriptotizimlardan farqli o‘laroq, faqatgina amaliy kriptobardoshlikni ta’minlaydilar.
Parol – ingl.: password rus.: пароль 1. Sir tutiladigan belgilar ketma-ketligi. Parol, uning egasi haqiqiymi yo yo‘qmi, shuni aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladi. 2. Subyekt siri bo‘lmish erkin foydalanish subyekti identifikatori. 3. Erkin foydalanishni aynanlash vositasi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga terminal klaviaturasi orqali yoki identifikatsiya (kodli) kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi maxfiy so‘zdan iborat.
PIN – qisq.: Personal Identification Number. Shaxsiy aynanlash tartib raqami. Ping – ingl.: ping rus.: пинг (ingl. ping – “taqqillatmoq” so‘zidan) Boshqa kompyuterga tarmoq orqali signalni jo‘natish va javob signalini kutib olish. Odatda bu aloqani tekshirish uchun qilinadi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə