Mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə89/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

Rasmiy kriptografiya – (XV asr oxiridan XX asr boshlarigacha) bosqichi rasmiylashgan va qo‘lda bajariluvchi shifr kriptotahlilini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. RSA – qisq.: Rivest-Shamir-Adleman RSA algoritmi. Ochiq kalit asosida shifrlash algoritmi, 1977 yilda ishlab chiqilgan. Algoritmning nomi uning mualliflari familiyalarining birinchi harflaridan hosil bo‘lgan: Ron Rivest, Adi Shamir, Leonard Adleman.
Sehrli kvadrat – Satr va ustun sonlari teng bo‘lgan jadval chiziladi. Jadval kataklari 1.sonidan boshlab ketma-ket natural sonlar bilan to‘ldiriladi. Bunda agar kataklar ichidagi sonlarni gorizontal, vertikal va diagonal yig‘indisi hisoblanganda bir xil son chiqsa sehrli kvadrat deyiladi.
SET – qisq.: Secure Electronic Transaction qarang: xavfsiz elektron kelishuv. Shaxsiy identifikatsiya raqami – ingl.: personal ID rus.: персональный идентификационный номер Biror kimsaning shaxsiy kodi bo‘lib, undan erkin foydalanish boshqariladigan tizimdan erkin foydalanish uchun imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
Shaxsiy imzo kaliti – ingl.: private signature key rus.: личный ключ подписи Aniq shaxsga tegishli bo‘lgan va elektron raqamli imzoni yaratishda qo‘llaniladigan ramzlarning tartiblangan to‘plami.
Shaxsiy kalit – ingl.: private key rus.: личный ключ Shifrlangan matnni ochiq matnga o‘girish uchun mo‘ljallangan faqat uning egasi tomonidan qo‘llaniladigan va sir tutiladigan kalit.
Shifr – ingl.: cipher rus.: шифр Axborotni ko‘rib, uning ma’nosini anglashni muhofaza etish maqsadida qandaydir maxfiy elementdan foydalangan holda qayta o‘zgartirish usuli. Bu holda dastlabki axborot ochiq matn deb ataladi, unga shifrni tatbiq qilish natijasi esa, yopiq matn yoki shifrmatn deb ataladi.
Shifrlangan matnga hujum – ingl.: attack on encrypted text rus.: атака на зашифрованный текст Faqat shifrlangan matn asosida kriptoanalitik uyushtirayotgan tahliliy hujum.
Shifrlash ochiq matn, deb ataluvchi dastlabki ma’lumotni shifrlangan ma’lumot (kriptogramma) holatiga o‘tkazish jarayoni.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə