Mirzo ulug’bek nomidagi


SubBytes (S -blok akslantirishlari jadvali)



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə91/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

SubBytes (S -blok akslantirishlari jadvali) – akslantirishi har bir holat baytlariga bog‘liqsiz holda baytlarni chiziqli bo‘lmagan amallar asosida o‘rin almashtirishlarni amalga oshiradi.
Tahliliy hujum – ingl.: analytic attack rus.: аналитическая атака Tahliliy uslublar yordamida kodni ochish yoki kalitni topishga urinish. Misollar – tasvirlarning statistik tahlili, shifrlash algoritmida kamchiliklarni topish.
Tizim – ingl.: system rus.: система Ma’lum natijaga erishish uchun birlashtiriluvchi bir butun yoki jami turli xil obyektlar sifatida o‘rganiluvchi ixtiyoriy obyekt.
TLS – 1. Thread Local Storage – Oqimning mahalliy xotirasi. 2. Transport Layer Security – Transport pog‘onasida xavfsizlik, TLS bayonnomasi.
Xabar autentifikatsiyasi – ingl.: message authentication rus.: аутентификация сообщения Xabarning mo‘ljallangan manba tomonidan oldindan belgilangan oluvchiga yuborilganligini va ushbu xabarning uzatish paytida o‘zgartirilmaganligini tekshirish.
Xabar jo‘natuvchisi – Xabarni jo‘natmoqchi yoki saqlashdan oldin xabar hosil qilmoqchi bo‘lgan (yoki uning nomidan harakat qilgan) shaxs, ammo, xabarga nisbatan vositachi shaxs bunga kirmaydi.
Xabar oluvchi – ingl.: message receiver rus.: адресат сообщения Xabarni jo‘natuvchi shaxs xabar oluvchi deb mo‘ljallayotgan shaxsni bildiradi, biroq xabarga vositachi bo‘lgan shaxs hisobga olinmaydi.
Xabar xesh-funksiyasi – ingl.: message hashing function rus.: хэш-функция сообщения Qiymati kirish ketma-ketligining, ya’ni, ikkilik sanoq tizimida berilgan xeshlantiriluvchi sonning har bir bitiga yoki xeshlantiriluvchi dastlabki matnni har bir ramziga bog‘liq bo‘lgan funksiya. Xeshlantirish algoritmi kirish matnidan birxil uzunlikda natija chiqaradi. Bunda uzunlik deganda, ikkilik sanoq tizimida berilgan ifodadagi bitlar soni nazarda tutiladi.
Xavfsizlik dasturi – foydalanuvchining tizimdagi barcha huquqlari va qurshovini aniqlovchi xavfsizlikning shaxsiy vositasi, masalan smart- karta.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə