Mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə88/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

Polinomial algoritm – murakkabligi qiymatining tartibi 0(nm) (bu yerda m>1) bo‘lsa.
Port tartib raqami – ingl.: port number rus.: номер порта Bitta kompyuterda tarmoq orqali aloqa qila oladigan bir necha dasturni yurgizish mumkin. Ushbu dasturlarni ajratish uchun ularga yurgizilish paytida shaxsiy port tartib raqami beriladi. Ba’zan port tartib raqami URLda kompyuter nomidan keyin yoziladi. Masalan, http://www.website.com:80/ URL tarkibida 80 soni bor. Bu port tartib raqami, u kompyuter nomidan ikki nuqta bilan ajratiladi.
Qadimgi dunyo steganografiyasi – Yunon tarixchisi Gerodotning keltirishicha, axborotni yashirishning bir necha xil usullari mavjud bo‘lgan. Misol uchun, ular qullarning boshiga kerakli axborotni yozishgan, qulning sochi o‘sgach esa u manzilga jo‘natilgan. Manzilga yetgach uning sochi olinib, ma’lumot yetib borgan deya hisoblangan.
Qo‘riqlanadigan axborot – ingl.: protected information rus.: охраняемая информация 1. Axborot mulkdori yoki mulkdor vakolat bergan shaxs tomonidan, kuchga ega qonunchilikka binoan muhofaza qilish maromi o‘rnatilgan axborot. 2. Erkin foydalanish va almashuv bilan bog‘liq jarayonlarda, ishlatilishi, qonunchilik bilan o‘rnatilgan qoidalarga mos bajariladigan axborot.
Rabin algoritmi – Bu shifrlash usuli 1979 yilda Maykl Rabin tomonidan chop etilgan. Algoritmning xavfsizligi katta tub sonlarga va ko‘paytuvchilarga ajratish muammosiga asoslangan.
Raqamli imzo – ingl.: digital signature rus.: цифровая подпись qarang: elektron raqamli imzo.
Raqamli steganografiya – – klassik steganografiyaning yo‘nalishi bo‘lib, raqamli obyektlarga axborotlarni yashirish yoki zarar yetishdan asrash asosida yaratilgan. Bu obyektlar multimedia obyektlari bo‘lib (tasvir, video, audio, 3D – obyektlar teksturasi) hisoblanadi.
Raqamli tarmoq – ingl.: digital network rus.: цифровая сеть Diskret signallar uzatadigan va ularga ishlov beradigan kommunikatsiya tarmog‘i. Raqamli tarmoqlar, avvalgi analogli tarmoqlarga nisbatan yetarlicha afzalliklarga ega. Ularga birinchi navbatda, shovqinga yuqori bardoshligi, mikroprotsessor va xotira qurilmalaridan keng foydalanish, kanal hosil qiluvchi apparatlarning oddiyligi kiradi. O‘lchamlariga qarab mahalliy, hududiy va global tarmoqlar faqlanadi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə