Mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə86/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

Muhofaza ma’muri – ingl.: protection administrator rus.: администратор защиты Avtomatlashtirilgan tizimni undagi axborotlardan ruxsatsiz erkin foydalanishdan muhofaza uchun javobgar subyekt.
Muhofazalangan muhit – ingl.: protected environemnt rus.: защищенная среда Ma’lumotlarni va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan harakatlardan muhofazalashga alohida e’tibor (mualliflash, erkin foydalanish, tarkibiy tuzilmani boshqarish va h.k shakllarda) beriladigan muhit.
Muhofazalanganlik – ingl.: security state rus.: защищенность Tizimning maxfiy axborotdan beruxsat erkin foydalanishga, uni soxtalashtirish yoki buzishga qarshi tura olish qobiliyati. Texnik muhofaza (yo‘latmaslik xossasi) nuqtai nazaridan ham, maxfiylik darajasiga qarab ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan ham qaraladi. Muhofazalanmaganlik – ingl.: vulnerability rus.: незащищенность Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi muayyan zaiflikka aniq hujum uyushtirish mumkinligi.
Muvaqqat kriptotizim – ingl.: cryptosystem with temporarily disclosure rus.: криптосистема с временным раскрытием Muhofazalangan xabarni berilgan vaqt oralig‘i o‘tgandan so‘ng, shifrini ochishga imkon beradigan kriptografik tizim. Hozirgi kunda, bunday tizimlarni amalga oshirishning ikki turi mavjud: - vaqtincha qulfli Sharadalar; - o‘ziga, berilgan vaqt oralig‘ida axborotni ochmaslik majburiyatini oladigan ishonchli vakillarni ishlatish.
Muvofiqlash – ingl.: authentication rus.: аутентификация qarang: autentifikatsiya.
Niderraytera kriptotizimi – ingl.: Nideraiter’s cryptosystem rus.: криптосистема Нидеррайтера Xatolarni tuzatish kodlariga asoslangan kriptotizim. 1986 yili G. Niderrayter tomonidan taklif qilingan.
Niqoblash – ingl.: masking rus.: маскировка Obyektni jinoyatkorlar uchun kirib bo‘lmaydigan (ko‘rinmaydigan) yoki undan erkin foydalanishni murakkablashtiruvchi harakatlarni bajarishga asoslangan obyektlarni muhofaza qilish uslubi.
NIST – qisq.: National Institute of Standards and Technology Standartlar va texnologiyalar milliy instituti.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə