Mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə84/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

Liniyaga sust ulanish – ingl.: passive line connection rus.: пассивное подключение к линии Liniyaga ma’lumotlarni o‘qish uchun qo‘shilish.
Log – ingl.: log file rus.: лог Veb-saytning o‘ziga xos bortdagi jurnali. Server loglariga u yoki bu foydalanuvchi qayerdan va qachon kelgani, saytda qancha vaqt bo‘lgani va u yerda nimani ko‘rgani va yuklab olgani, uning brauzeri va uning kompyuterining IP manzili qandayligi haqidagi ma’lumot yoziladi. Logga har bir yozuv ma’lum xitga tegishli bo‘ladi, chunki server aynan sayt elementlaridan biriga murojaat qilishni qayd qilishi mumkin.
Log-fayl – ingl.: log-file rus.: лог-файл Resurslardan erkin foydalanish urinishlarini qayd qiluvchi fayl. Masalan, log-fayl vebsaytingizga kirganlar haqidagi ma’lumotlarni saqlashi mumkin: foydalanuvchi nomi, foydalanuvchi domeni, ma’lum sahifada o‘tkazilgan muddat, ochilgan gipermurojaatlar va h.k.
Login – ingl.: login rus.: логин 1. Foydalanuvchining kompyuter yoki tarmoqdan erkin foydalanish jarayoni. 2. Kompyuterdan erkin foydalanishga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchi qayd yozuvi nomi. Maxfiy emas. 3. Kompyuterga aynanlash ma’lumotlarini (odatda qayd yozuvi nomi va parol) uzatayotganda u bilan bog‘lanish.
Ma’murlash – (Accounting) - foydalanuvchining tarmoqdagi harakatini, shu jumladan, uning resurslardan foydalanishga urinishini qayd etish.
Ma’lumotlar autentifikatsiyasi – ingl.: data authentication rus.: аутентификация данных Ma’lumotlar butunligini tekshirish uchun foydalaniladigan jarayon. Masalan, olingan ma’lumotlarning yuborilgan ma’lumotlar bilan bir xilligini tekshirish; dasturning virusdan zararlanmaganligini tekshirish.
Ma’lumotlar butunligi – ingl.: data integrity rus.: целостность данных qarang: axborot butunligi.
Ma’lumotlarni filtrlash – ingl.: data filtering rus.: фильтрация данных Ma’lumotlarni umumiy oqimidan kerakli mezonlarga ega bo‘lganlarini ajratib qo‘yish jarayoni. Ma’lumotlarni filtrlash jismoniy pog‘onadan tashqari barcha
pog‘onalarda amalga oshirilishi mumkin. Ular quyidagilar zarur bo‘lganda bajariladi: - ruxsatsiz erkin foydalanish ga urinishlar bilan bog‘liq ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash; - yakkakanal yoki halqa tarmoqlarda ma’lumotlar bloklarining tanlanishi; - o‘rnatilgan standartlarga mos kelmagan, masalan MB ga yozishda, ma’lumotlarni chiqarib tashlash; - ma’lumotlarni zichlashtirish, masalan, bittasidan boshqa bir biri bilan ketma ket kelgan barcha ochiq joylarni yo‘q qilish va ularning o‘rniga ochiq joylar sonini yozib qo‘yish.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə