Mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə90/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

Shifrlash algoritmi – ingl.: ciphering algorithm rus.: алгоритм шифрования Shifrning rasmiy tavsifi.
Shifrmatn – ingl.: cipher text rus.: шифртекст qarang: shifrlangan matn.
Shifrni kalitsiz ochish – ingl.: decryption rus.: дешифрование 1. Shifrlash kalitisiz ma’lumotlarni dastlabki, ya’ni shifrlashdan oldin bo‘lgan shaklga keltirish; 2.Shifrlashga teskari amal.
ShiftRows – algoritmda berilgan jadvalga ko‘ra holat baytlarini siklik surish; Signal – ingl.: signal rus.: сигнал 1. Ma’lumotlarni aks ettirish uchun ishlatiladigan fizikaviy kattalikning o‘zgarishi. 2. Parametrlari xabarni mos ravishda aks ettiruvchi xohlagan fizikaviy jarayonni bildiruvchi moddiy axborot tashuvchisi. O‘zining fizikaviy tabiatiga ko‘ra signal elektr, akustik, optik, elektrmagnit va boshqa bo‘lishi mumkin.
Signallarni filtrlash – ingl.: signal filtering rus.: фильтрация сигналов Signallarni umumiy oqimidan kerakli mezonlarga ega bo‘lganlarini ajratib qo‘yish jarayoni. Signallarni filtrlash quyidagi zaruriyatlardan hosil qilingan sharoitlarda
ishlatiladi: - modulatsiyada tashuvchining ustiga qoplangan signalni ajratish; - yagona jismoniy kanal orqali uzatish uchun multiplekslashda birlashtirilgan signallarni ajratib olish; - signalga keyinchalik uning shaklini yoki tavsifnomalarini o‘zgartirish uchun lozim bo‘lgan ishlov berish; - kuchli shovqinlangan signaldan foydalisini ajratib olish. Signallarni filtrlash jismoniy pog‘onada bajariladi.
Simmetrik shifr – ingl.: symmetric code rus.: симметричный шифр Axborotni shifr-matnga o‘girish va dastlabki matnga o‘girish uchun bir xil kalit ishlatiluvchi shifr.
Sodda kriptografiya – (XV asr boshlarigacha) uchun shifrlangan matn mazmuniga nisbatan dushmanni chalkashtiruvchi ixtiyoriy, odatda sodda usullarning qo‘llanilishi xosdir. Dastlabki bosqichda axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va steganografiya usullari qo‘llanildi.
SSH – qisq.: Secure Shell Kompyuterni masofadan boshqarish va fayllarni uzatish imkonini beruvchi tarmoq bayonnomasi. Funksionalligi bo‘yicha Telnet va rlogin bayonnomasiga o‘xshash, biroq kuchli kriptografiyadan foydalanadi. SSH bayonnomasining kriptografikaviy muhofazasi mustahkamlanmagan bo‘lib, turli shifrlash algoritmlarini tanlash imkoni mavjud. Ushbu bayonnomaning mijozlari va serverlari turli maslaklar uchun ochiq, u nafaqat mashinada xavfsiz uzoqlashgan shellga ega bo‘lishni, balki grafik interfeysini tunnellash (X Tunnelling) imkonini ham beradi (faqat Windows grafik interfeysidan foydalanuvchi UNIXga o‘xshash OT yoki qo‘llanmalar uchun).
SSL – qisq.: Secure Sockets Layer Muhofaza qilingan soketlar bayonnomasi, SSL bayonnomasi. Netscape Communications korporatsiyasi tomonidan axborotni shifrlash va uni Internet orqali xavfsiz uzatish uchun ishlab chiqilgan standart.
Steganografiya – (grekcha axsyavoa – yashirin – yozayapman, sirli yozuv degan manoni anglatadi) – bu ochiq ma’lumotni uzatilayotgan vaqtda shifrni yoki sirni ichiga joylashtirib uzatishni o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
SubBytes – algoritmda qayd etilgan 16x16 o‘lchamli jadval asosida baytlarni almashtirish, ya’ni S -blok akslantirishlarini amalga oshirish.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə