Modul № yorug’likning korpuskulyar xususiyati



Yüklə 355,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix11.06.2022
ölçüsü355,86 Kb.
#89297
1   2   3   4
27-mavzu

Eynshteyn formulasi
deb ataladi. Shu yo’l 
bilan topilgan 
x
ning qiymati, muvozanatli issiqlik nurlanishining spektral 
taqsimoti va tormozlanishdagi rentgen spektrining qisqa to’lqinli chegarasidan 
topilgan qiymatlariga to’g’ri keladi. To’g’ri chiziqni davom ettirish bilan 
U
t
o’qidan kesib olingan 

kesma, katod yasalgan modda uchun chiqish potenstialini 
beradi. 
Biz ko’rib o’tgan 
tashqi fotoeffektdan
tashqari, shuningdek, dielektrik va 
yarimo’tkazgichlarda kuzatiladigan 
ichki fotoeffekt
ham mavjud. Uning mazmuni 
shundan iboratki, yorug’lik ta’siri natijasida elektronlar energiyaviy sathlar 
bo’yicha qayta taqsimlanadi. Agar moddada aralashma mavjud bo’lsa, elektronlar 
yorug’lik ta’sirida valent zonadan aralashma hosil qilgan sathga yoki aralashma 
sathidan o’tkazuvchanlik zonasiga o’tishi mumkin. Birinchi holda teshik, ikkinchi 
holda esa elektron fotoo’tkazuvchanlik yuzaga keladi. 
Fotoqarshiliklar 
deb ataluvchi asboblarning ishlashi ichki fotoeffektga 
asoslangan. hosil bo’luvchi tok tashuvchilar soni tushuvchi yorug’lik oqimiga 
proporsional bo’ladi. Shuning uchun fotoqarshiliklar fotometriya maqsadlarida 
qo’llanadi. Bu maqsadda selen birinchi qo’llangan yarim o’tkazgich hisoblanadi. 
Keyingi vaqtlarda spektrning ko’rinuvchan qismida CdS dan yasalgan 
fotoqarshiliklar keng qo’llanila boshlandi. PbS, PbSe, PbTe va InSb 
yarimo’tkazgichlardan yasalgan fotoqarshiliklar infraqizil nurlanish detektorlari 
sifatida foydalaniladi, ularning termoelektrik bolometrlarga nisbatan ustunlik 
tomonlari ancha ko’pdir. 
p-n
-o’tish sohasida yoki metall bilan yarim o’tkazgichning kontaktlanish 
chegarasida 
ventil fotosamarasi
kuzatiladi. Uning mazmuni shundaki, yorug’lik 
ta’sirida elektr yurituvchi kuch paydo bo’ladi. Yorug’lik ta’sirida paydo bo’lgan 
berilgan soha uchun asosiy bo’lmagan tok tashuvchilar o’tish sohasi orqali o’tadi. 
Natijada 
p
-sohada ortiqcha musbat zaryad to’planib qoladi. Bu o’tish sohasiga 
qo’yilgan kuchlanishning paydo bo’lishiga olib keladi. Mana shu kuchlanish 
fotoelektr yurituvchi kuch deb ataladi. 
Agar kristallning 
p
va 
n
-sohalariga tashqi nagruzka ulansa, tok oqib o’tadi. Uncha 
katta bo’lmagan yoritilganlikda tok kuchi kristallga tushayotgan yorug’lik oqimiga 


proporsional bo’ladi. Fotoelektrik fotometrlarning, xususan, fotografiyada 
qo’llanadigan eksponometrlarning ishlashi shunga asoslangan. Ketma-ket ulangan 
bir nechta kremniyli p-n-o’tish Quyosh batareyasini hosil qiladi. Bunday 
batareyalar kosmik raketalar va Yer yo’ldoshlaridagi radioapparaturalar uchun tok 
manbai bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 355,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə