Molekulyar biologiya


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#138448
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93
Molekulyar biologiya OMK uzb

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Yo.X.To’raqulov. Bioximiya. Toshkent “O’zbekiston”, 1998 y. 
2.
M.N. Valixonov Biokimyo. Toshkent. “Universitet” 2011 y. 
3.
A.Zikiryaev.,P.Mirxamidova. Biologikkimyovamolekulyarbiologiya. 1-qism. 
Toshkent. 2012 y 
4.
J.Koolman.,K.H.Roehm. Color Atlas ofBiochemistry. Thieme Stuttgart · 
NewYork. 2007. 
5.
Richard A Harvey., Denise R Ferrier . Biochemistry. Lippincott Wiliams 
and Wilkins. China. 2011. 
6.
10. Mirxamidova P, , Zikiryayev A. Biologik kimyo va molеkulyar biologiya 
(1-qism) Darslik. Toshkеnt. Navro’z. 2018 y 
 
 


19 
4-MAVZU 
DNK STRUKTURASINING XILLARI. POLIMERAZALAR
 
Reja: 
1. 
Immobillangan fermentlar. 
2. 
Fermentlarni immobillashda ishlatiladigan polimerlar. 
3. 
Polimerlarga qoʻyiladigan talablar. 
Asosiy tushunchalar: 
immobillash, uning metodlari, tashuvchilar, ularning tasnifi, 
adsorbtsiya, gellar, yarimoʻtkazgich membranalar, DEAE-tsellyuloza, substrat. 
Oxirgi 15-20 yillar mobaynida kimyoviy enzimologiyaning rivojlanishi 
natijasida biologik katalizatorlarning yangi tipi – immobillangan fermentlar yaratildi. 
Malumki toza fermentlar, birinchidan, uzoq vaqt saqlanmaydi, hamda turli ta’sirlarga, 
ayniqsa issiqlikga chidamsiz, hamda ikkinchidan, ularni qaytadan ishlatish imkoni 
yoʻq. Immobillangan fermentlarning yaratilishi bilan sanoat ishlab chiqarishida toza 
fermentlar foydalanishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar bartaraf etildi. 
Immobillangan fermentlar fermentativ jarayonni uzluksiz oʻtkazish va 
reaktsiya tezligini boshqarish imkonini beradi. Fermentlarni immobillash bilan 
tashuvchining xususiyatini oʻzgartirish hisobiga ularning katalitik faolligi 
boshqariladi. 
“Immobillangan fermentlar” atamasi fazoda oqsil molekulari harakatlanish 
erkinligini istalgan cheklanishini anglatadi. 
Fermentlarni immobillash uchun organik va noorganik tashuvchilar ishlatiladi. 
Ularga qoʻyiladigan asosiy talablar: 
- yuqori kimyoviy va biologik turgʻunlik; 
- yuqori kimyoviy mustahkamlik; 
-ferment va substratlar uchun yetarli darajada oʻtkazuvchan, gʻovakliligi, 
solishtirma sirti yuqori boʻlishi; 
-texnologik jihatdan qulay shakllarda olinishi (granulalar, membranalar); 
- oson aktivlanishi; 
- yuqori gidrofillik; 


20 
- arzon narxda boʻlishidir. 
Quyidagi rasmda tashuvchilarning klassifikatsiyasining sxematik koʻrinishi 
keltirilgan: 
Organik (past va quyimolekulyar) tashuvchilar tabiiy yoki sintetik boʻlishi 
mumkin.Tabiiy polimer organik tashuvchilar oʻz navbatida biokimyoviy 
klassifikatsiyasiga koʻra 3 guruhga boʻlinadi: polisaxaridli, oqsilli va lipidli. 
Sintetik polimerlarni makromolekulasining asosiy zanjirini kimyoviy 
tuzilishiga koʻra polimetilenli, poliamidli, poliefirli guruhlarga boʻlish mumkin. 
Fermentlarni immobillash uchun tabiiy polisaxaridlar va polimetil tipidagi 
sintetik tashuvchilar koʻproq ishlatiladi. Buning sababi ularda kimyoviy 
reaktsiyalarga oson kirisha oladigan reaktsion xususiyatli funktsional guruhlari 
mavjud, hamda ularning gidrofilligidir. Kamchiligi esa mikroorganizmlarning 
tasiriga chidamsiz va qimmatroqdir. 
Polisaxaridli tashuvchilardan Sellyuloza, dekstran, agaroza va ularning 
hosilalari ishlatiladi. Sellyuloza gidrofil xossali, unda gidroksil guruhi koʻp boʻlib, 
shu guruh hisobiga uni modifikatsiyalaydi. Sellyulozani qisman gidrolizlab (bunda 
amorf uchastkalari buziladi) granula xoliga keltiriladi va natijada uning mexanik 
mustahkamligi oshiriladi. Ularning oʻrniga gʻovakliligini saqlab qolish maqsadida 
kristall uchastkalari orasiga kimyoviy chok kiritiladi. Granulalangan sellyulozani 
DEAE-sellyuloza, KMTs va b. singari turli ion almashuvchilarning hosilalariga 
aylantirish mumkin. 
Dekstran asosida ishlab chiqilgan "Sefadekslar" deb nomlanuvchi tashuvchilar 
ham keng ishlatiladi. Quritilganda ular oson siqiladi, suvda kuchli shishadi. Ushbu 


21 
tashuvchilardagi poraning razmeri “choklilik” darajasi bilan boshqariladi. 
Dekstranlarning 
mazkur 
guruhiga 
kraxmal 
ham 
kiradi. 
Kimyoviy 
modifikatsiyalangan kraxmal agentlar bilan “tikiladi”, masalan formal’degid bilan. 
Shunday yoʻl bilan gidrolizga, fermentlarga nisbatan chidamli boʻlgan gʻovak 
kraxmal olingan. Dekstran asosida yaratilgan suvda eruvchan preparatlar tibbiyotda 
dorivor vositalar tashuvchi sifatida ishlatiladi. 
Agar ham yaxshi tashuvchi hisoblanadi. Uni diepoksid birikmalar bilan 
kimyoviy tikib xossasini oshirish mumkin. Bunday agar issiqlikka chidamli, pishiq va 
oson modifikatsiyalanadi. 
Oqsillar tashuvchi sifatida bir qancha afzalliklarga egadir: sigʻimli, 
biodegradatsiyaga uchraydi, yupqa membrana (qalinligi 80 mkm) sifatida foydalanish 
mumkin. Oqsillar fundamental biologik tadqiqotlarda, tibbiyotda ishlatiladi. 
Kamchiligi esa yuqori immunogenlikka egaligidir. Immobillash uchun koʻproq 
strukturali (keratin, fibrin, kollagen), harakatchan (miozin) va tashuvchi (al’bumin) 
oqsillardan foydalaniladi. 
Sintetik polimer tashuvchilar fermentlarni kovalent va sorbtsionnoy 
immobillashda, gel va mikrokapsulalarni olishda ishlatiladi. Sorbtsion immobillashda 
stirol asosidagi polimerlar ishlatiladi. Ular makroporali, izoporali struktura, hamda 
geteroporali strukturaga ega boʻladi. Polimer gidrofil’ tashuvchilar olish uchun akril 
kislotasining hosilasi – akrilamiddan olinadi. 
Ferment va hujayralarni fazoviy toʻrli strukturali poliakrilamid gelga kiritish 
metodi hozirda keng qoʻllanilmoqda. Poliakrilamid geli kimyoviy tasirotlarga 
chidamlidir. Poliamid tashuvchi guruhi ham qiziqarlidir. Bu amid guruhi (-S(O)-NH-) 
qaytarilib keladigan turli getero zanjirli polimerlar guruhidir. Masalan, N-
vinilpirrolidon asosidagi polimerlar organizmda sekin parchalanadigan fermentlarni 
immobillash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari ular biologik inert boʻlganligi uchun 
tibbiyotda ham ishlatiladi. Kamchiligi esa uning organizmda toʻplanib qolishidir. Bu 
jihatdan fermentlar tasirida gidrolizlanadigan tabiiy polimerlar ahamiyatlidir. 
Shuning uchun ularni vositalariga dekstran, sintetik tashuvchilardan N-vinilpirrolidon 
asosida polimerlar qoʻshiladi. 


1. Yo.X.To’raqulov. Bioxi
2. M.N. Valixonov Biokim
3. A.Zikiryaev.,P.Mirxam
Toshkent. 2012 y 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə