Molekulyar biologiya


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#138448
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93
Molekulyar biologiya OMK uzb

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Yo.X.To’raqulov. Bioximiya. Toshkent “O’zbekiston”, 1998 y. 
2. M.N. Valixonov Biokimyo. Toshkent. “Universitet” 2011 y. 
3. A.Zikiryaev.,P.Mirxamidova. Biologikkimyovamolekulyarbiologiya. 1-qism. 
Toshkent. 2012 y 
6-MAVZU 
RNK MOLEKULASINING STRUKTURA VA FUNKTSIYALARI. 
INFORMATSION RNK VA GENETIK KOD
 
1.
 
Informatsion RNK 
2.
 
Genetik kod 
 
Tayanch tushunchalar:
i-RNK, genetik kod, kodon, antikodon, aminoatsil, triplet, 
terminator kodon, nukleotid
 
Har qanday hujayrada RNK miqdori DNKga nisbatan 5-10 marta ko’p 
uchraydi. RNKning asosiy funksiyasi translyatsiya jarayonida genetik axborotni oqsil 
tiliga aylantirishda, ayrim holatlarda endonukleazalik vazifani va har xil bosqichlarda 
genlarning ekspressiyasida ishtirok etadi. Ayrim viruslarning (retrovirus, ko’pchilik 
hayvon, o’simlik va hasharot viruslari) genomi bir yoki qo’sh zanjirli RNK 
molekulasidan iborat. 
RNKning turlari.
Har xil hujayralarda quyidagi RNK xillari uchraydi: 
ribasoma (rRNK), transport (tRNK) va informatsion (iRNK). Ko’pchilik hujayralarda 
yana kichik yoki sitoplazmatik RNK (ksRNK), eukariotlarda kichik yadroviy RNK 
(kyRNK) (2-jadval) mavjud. 
Hamma RNKning 80-85% ni rRNK, 10% ni 100 xil tRNK, xabar beruvchi 
RNK – 5% ni, kichik yadroviy, sitoplazmatik va hali vazifasi noma’lum bo’lgan 
RNKlar 2% ni tashkil qiladi. Hozirgi kunda ko’pchilik RNK, jumladan, tRNK, 
rRNK, iRNK va kyRNKning birlamchi strukturalari, ulardagi asosiy qonuniyatlar har 
xil organizmlarda aniqlangan. 
Tabiiy 
RNKlarning 
aksariyatlari 
birlamchi 
strukturali, 
bir 
qator 
poliribonukleotid zanjiridan iborat. Bir qatorli RNK zanjirining ayrim qismlarida 
xuddi oqsillarga o’xshash ikkilamchi strukturalar hosil qilishi mumkin. 
Poliribonukleotid qo’sh zanjirlar qatoridagi o’zaro antiparallel Uotson-Krik juftliklari 
(AU va GS) asosida shakllanadi. Qo’sh zanjirli RNK molekulasida GU juftliklari 
ham tez-tez uchrab turadi. RNK molekulasining qo’sh zanjirli qismlari komplementar 
va bir tekislikdagi kimyoviy bog’lar orqali stabil holatga keladi. RNKning ayrim 


25 
qismlari azot asoslari o’rtasidagi hosil bo’ladigan kuchli bog’lanishlar asosida 
spirallashgan konformatsiyaga ega bo’ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə