Molekulyar biologiya


tugunchaning komplementar qismlarining bog’langan ko’rinishi. Bir zanjirli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#138448
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
Molekulyar biologiya OMK uzb

tugunchaning komplementar qismlarining bog’langan ko’rinishi. Bir zanjirli 
RNKda “psevdotugunchalarning” fazoda ko’rinish modeli (B). 
RNKning uchlamchi strukturasini ikki valentli ionlarning fosfatli guruhlar va 
azot asoslari bilan bog’lanishi molekulani mustahkam stabil holatga kelitiradi. 
RNK ning yana bir turi informatsion RNK (i-RNK) yoki vositachi m-RNK 
(mesenjer) deb ataladi. RNK ning bu turi umumiy RNK ning 5% ini tashkil etadi. U 
ham sitoplazmada va yadroda uchrab, nukleotid tarkibi bo’yicha DNK 
molekulasining muayyan bir qism nukleotidlarining nusxasi hisoblanadi. Bu RNK 
DNK molekulasidagi axborotni oqsil sintezlaydigan orgonoid-ribosomalarga olib 
boradi. i-RNKning molekulyar massasi bir millionga yaqin bo’lib, ularning nukleotid 
tarkibi sintezlanayotgan oqsilning molekulyar og’irligiga qarab har xil bo’ladi. i-
RNKning sintezlanishi yadroda boshlanib, so’ng sitoplazmaga o’tib ribosomaga 
o’rnashadi va oqsil sintezida qolip (matritsa) rolini bajaradi.
Informatsion RNK bir necha qismlardan tashkil topib, uning informativ qismi 
oqsil sintezida matritsa vazifasini bajaradi. Informativ bo’lmagan qismi poliadenin 
fragmentlaridan tashkil topgan (50-400 nukleotid qoldig’idan iborat). i-RNK 
molekulasidagi poli A yonida 30 nukleotiddan tashkil topgan akseptor qismi bo’lib, u 
ribosoma bilan bog’lanishda ishtirok etadi. Molekulaning 5

oxirida alohida struktura 
bo’lib, uni KEP (inglizcha cap-qalpoq) deb ataladi. U 7-metil guanozintrifosfat 
bo’lib, RNKni ferment ta’siridan saqlab, translyatsiyada ishtirok etadi. i-RNK 
molekulasidagi noinformativ qismi, molekulani bir me’yorda turishini ta’minlaydi. 
Informatsion RNKning sintezi yadrodan boshlanib, sitoplazmada yakunlanishiga 
RNK ning yetilish jarayoni deyiladi. 
Ribonuklein kislotalar (RNK) ning kimyoviy tuzilishi DNK ga o’xshash, faqat 
RNK tarkibida timin o’rnida uratsil va dezoksiriboza o’rnida riboza uchraydi. Ular 
asosan UMF, SMF, AMF va GMFlardan tashkil topgan. RNK ham nukleotidlarning 
bog’lanishi xuddi DNK ga o’xshash, ya’ni nukleotidlar o’zaro fosfodiefir bog’lari 
orqali birikadilar. RNK molekula tarkibida oz miqdorda bo’lsa-da, 5-metilsitozin, 1-
metilguanin va psevdouratsillar uchraydi. 


27 
RNK molekulasi bitta polenukleotid zanjiridan tashkil topgan bo’lib, uning 
fazoviy konfiguratsiyasi beqaror bo’ladi. RNK ning ayrim qismlari bir-biriga yaqin 
kelib, o’zaro vodorod bog’lari bilan birikadi va spiral struktura hosil qiladi. Bunday 
strukturalar RNK xillariga qarab har xil shaklda bo’ladi. RNKlarning molekulasida 
spirallashgan qismlar bilan bir qatorda spiral bo’lmagan joylar ham uchraydi. 
Akademik A.S.Spirinning ko’rsatishicha, eritmaning ion kuchi, harorati va boshqa 
omillarga qarab, RNK ning makromolekulalari har xil strukturaga ega bo’lishi 
mumkin. 


2
8

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə