Molekulyar biologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#138448
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93
Molekulyar biologiya OMK uzb

 
 
E
u
k
a
ri
o
tl
a
rd
a
 i
-R
N
K
 u
m
u
m
la
sh
g
a
n
 s
tr
u
k
tu
ra
si

A
-r
a
sm
d
a
 N
T
B
-n
o
tr
a
n
sl
y
a
ts
iy
a
 b
o
’l
im
i;
 A
U
G
-q
is
m

es
a
 i
n
it
si
rl
o
v
ch

k
o
d
o
n

B
-r
a
sm
d
a
 i
-R
N
K
 m
o
le
k
u
la
si
n

b
ir
 b
o
’l
a
g
i.
N
T
B
N
T
B


29 
Hujayra tarkibida boshqa xildagi RNKlar ham uchraydi. Ularga quyidagilar 
kiradi: 
1.
Yadroviy geterogenli RNK (yg RNK), ular yadroda ko’p genlarning 
aralashmasidan iborat. Ularning ayrimlari birlamchi transkriptlar, yana bir xillari 
esa qisman shakllangan bo’lib, intronlar ularda bo’lmaydi. 
2.
Kichik yadroviy RNK (ky RNK) – yadroda qisqa molekulali bo’lib, 
tarkibida 63 tadan 220 tagacha nukleotid qoldig’i bo’ladi. Ushbu RNKlar o’z 
molekulasida ko’p miqdorda uratsil tutib, ularni U-RNK ham deb ataladi. U-
RNKning asosiy vazifasi i-RNK splaysingida ishtirok etishidir. 
3.
Hujayra suyuqligida kichik sitoplazmatik RNKlar bo’lib, tarkibida 90 dan 
330 gacha nukleotid qoldig’idan iborat. Ular endoplazmatik to’rning lipid 
qatlamidan oqsillarni tashilishini ta’minlaydi. 
 Genetik kod 
Sintezlanadigan oqsil molekulasidagi aminokislotalarning joylanish tartibi 
to’g’risidagi informatsiya DNK molekulasidagi 4 xil mononukleotidlar yordamida 
ifodalanishiga genetik kod deb ataladi.
DNK molekulasidagi nukleotidlar soni faqat 4 ta bo’lganligi uchun bitta 
nukleotid yagona aminokislotani ifoda eta olmasligi ma’lum. Xuddi shunga 
o’xshash, ikkita nukleotiddan tashkil topgan juft to’plami ham (dupletli) 20 ta 
aminokislotani ifodalash uchun kifoya qilmaydi. Shuning uchun G.Gamov (AQSh) 
genetik kod 3 ta nukleotid to’plamidan (tripletli koddan) tashkil topgan bo’lishi 
kerak degan g’oyani ilgari suradi. Ingliz olimi F.Krik kod hosil bo’lishida 3 ta 
nukleotid qatnashishi mumkinligini nazariy hisoblab, triplet kodini kodon deb 
atashni taklif etgan. 1961 yilda M.Nirenberg o’z shogirdlari bilan birgalikda 
sintetik polinukleotid matritsa-poliuridin kislotadan foydalanib, triplet kodini 
tasdiqlagan. Bunday matritsa E.coli hujayra shirasi yordamida faqat 
polifenilalaninni sintezlashi kuzatilgan. Polisitidil esa poliprolinni, poliadenil esa 
polilizinni sintezlar ekan. Shu sababli UUU tripleti fenilalaninni, SSS prolinni, 
AAA lizinni kodlashini aniqlangan. 
Tajribalar tufayli, oqsil tarkibida uchraydigan barcha aminokislotalarni 
ifodalovchi tripletlar aniqlandi. Keyinchalik F.Krik ularni juftlab, shu asosda 
genetik kod lug’atini tuzdi (3-jadval). Jadvalda keltirilgan 64 ta tripletlar oqsil 
sintezini boshlovchi va tugallanishini ta’minlovchi tripletlar borligi aniqlandi. Bir 
aminokislotani ifodalovchi tripletlar bir-biriga o’xshash bo’ladi. Masalan, valin 
aminokislotasini ifodalovchi tripletlarning barchasi GU dupleti bilan boshlangan. 
Bunday 
hollarda 
kod 
tripletlar 
yordamida 
ifodalansa 
ham, 
lekin 
aminokislotalarning ifodalovchi informatsiya faqat boshlang’ich ikkita nukleotidda 
mujassamlashtirilgan bo’ladi.
Kodon bilan antikodon bog’lanishining diqqatga sazovor tomonlari borligi 
aniqlangan. Jumladan, kodondagi birinchi va ikkinchi azot asoslari antikodondagi 
nukleotidlar bilan komplementar azot asoslari o’rtasida mustahkam bog’lar orqali 
bog’lanadi. Kodondagi uchinchi azot asoslari esa antikodondagi azot asoslari 
o’rtasida bog’ mustahkam bo’lmaydi va ularning o’zaro komplementar bo’lishi 


30 
ham shart emasligi aniqlangan. Shunday jarayonni ma’noga ega bo’lmagan 
moslashuv mexanizmi yoki azot asoslari o’rtasidagi tebranish fenomeni deyiladi. 
Shunday yuritmaga asosan, antikodondagi uratsil kodondagi faqat adenin bilan 
bog’lanmasdan, guanin orqali ham kimyoviy bog’lanadi. Antikodondagi guanin 
kodondagi sitozin va uratsil bilan ham bog’lanishi mumkin. Bunday hodisa shuni 
ko’rsatadiki, bir necha kodonlar bitta aminokislotani ifodalashni bildiradi. Bir 
necha aminokislotalar ikkita va undan ko’proq antikodonlar bilan ifodalanishi 
mumkin. Faqat ikkita aminokislota-metionin va triptofanlar bitta kodonlar orqali 
kodlanadi. Qolgan aminokislotalar uchun kodonlar soni ikkitadan (arginin va 
sistein uchun) oltitagacha (leysin va serin uchun) bo’lishi mumkin.
Bitta aminokislotaning bir necha triplet yordamida ifodalanishini genetik 
kodning “aslidan chekinishi, ayniganligi” (вырожденность) hodisasi deb ataladi. 
Mazkur hodisaning biologik ma’nosi shundan iboratki, oqsil sintezini 
yengillashtirishda t-RNKni i-RNKdan tez ajralishini va mutatsiyaning zarar 
yetkazuvchi ta’siriga turg’unlikni oshirishni ta’minlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə