Molekulyar kinetik nazariya haqida umumiy tushunchalar” mavzusidagi kurs ishi bajardi: Hakimov. G’ Kurs ishi rahbari: Yo’ldoshqori. Sh farg’ona 2023



Yüklə 63,84 Kb.
səhifə7/13
tarix22.03.2024
ölçüsü63,84 Kb.
#180153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Molekulyar kinetik nazariya haqida umumiy tushunchalar” mavzusid-fayllar.org

2.2.Ideal gaz holati

Gaz xossalari ustida batafsil to‘xtalishdan awal gazning o‘ziga


tegishli bo'lgan ba’zi soddalashtirishlami kelishib olaylik.
Biz yuqorida (93- § ga q.) modda agregat holatlaridan biri bo‘lgan gaz holati ustida to'xtalib o'tgan edik. Ma'lumki, gazni tashkil etuvchi atom va molekulalar orasidagi o‘zaro ta'sir kuchlari juda kichik bo‘lib, ba’zi sharoitlarda ulami hisobga olmasa ham bo‘ladi.
Biz ideal gaz holatini o‘rganish uchun quyidagi soddalash-
tirishlami kiritamiz.
  1. Gazni tashkil etuvchi atom va molekulalar o‘lchamlarini


    hisobga olmasa ham bo‘ladigan darajada kichik bo‘lgan elastik
    sharchalardir.
  2. Atom va molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari juda


    kichik (umuman yo‘q desa ham bo‘ladi).

Bu shartlami qanoatlantiruvchi gaz ideal gaz deyiladi. Gaz


yuqoridagi shartlaming bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab ideal
yoki real holatda bo'lishi mumkin. Berilgan massali gazning holati
p bosim, Khajm va T temperaturalardan iborat uchta kattalikning
qiymatlari bilan aniqlanadi. Bu kattaliklar holat kattaliklari deyiladi,
ular bir-biriga qonuniy ravishda bog‘langan bo‘lib, ulardan birining
o‘zgarishi natijasida boshqalari ham o‘zgaradi. Bu kattaliklaming
o‘zaro bog‘lanishi analitik usulda
f(p,V,T))=0
funksiya ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Biror jismning kattaliklari orasidagi bogianishni ifodalovchi munosabat shu jismning holat tenglamasi deb ataladi. Binobarin, yuqoridagi munosabat berilgan gaz massasining holat tenglamasidir. Kattaliklarning o‘zgarishi bilan gaz holatining o‘zgarishi gaz jarayoni deyiladi. Temperatura o‘zgarmaganda gaz bosimining uning hajmiga bog‘liq holda o‘zgarlshi izotermik jarayon, bosimi o‘zgarmaganda gaz hajmining uning temperaturasiga bog‘liq holda o'zgarishi izobarik jarayon, hajmi o‘zgarmaganda gaz bosimining uning temperaturasiga bog‘liq holda o‘zgarishi izoxorik jarayon deyiladi.

Yüklə 63,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə