“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


faqat bankka nisbatan bor.  Chunki Siz unda depozit ochgansiz



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/202
tarix11.12.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#147844
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   202
Moliya UMK

 
faqat bankka nisbatan bor. 
Chunki Siz unda depozit ochgansiz.
 
Bank esa, o‘z navbatida, mazkur firmaga 
ma’lum pul talablarini
 
qo‘yadi. Bunda Sizning bank depozitingizning likvidlik va 
risk darajasi bank tomonidan firmaga berilgan qarzning o‘xshash 
xarakteristikalaridan farqlanadi. Bu qarz, o‘z navbatida, shu paytda bankning 
aktivlaridan biri sifatida qatnashadi. Bankning aktiviga kiruvchi qarzning 
qoplanmasligi riski ma’lum darajada mavjud bo‘lgan bir paytda, Sizning 
depozitingiz (saqlash maqsadida bankka qo‘yilgan pul) to‘liq
 ishonchli 
va
 likvidli 
bo‘ladi 
(ya’ni, Siz istalgan paytda hisobraqamingizdan bor pulingizni yechib 
olishingiz mumkin). Bundan tashqari, u aksincha, nolikvid bo‘lishi ham mumkin. 
Shunday qilib, ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy oqimning bank orqali 
erkin (bo‘sh) moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektdan shunday 
mablag‘lar defitsit bo‘lgan sub’ektga oqib o‘tishida, yaratilayotgan moliyaviy 
vositalarning risklilik va likvidlik darajasi kuchli o‘zgarishi mumkin. Ko‘rinib 
turibdiki, bunda ushbu jarayon ishti-rokchilarining biri – bank egalari yoki mazkur 
bank qo‘yilmalarini sug‘urta qiluvchi davlat tashkiloti – o‘ziga qarz bo‘yicha riskni 
qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. 
2-rasmdagi “Moliyaviy vositachilar”dan yuqoriga, ya’ni “Bozor-lar”ga olib 
boruvchi chiziq-ko‘rsatkich vositachilar ko‘pincha moliyaviy oqimlarni moliyaviy 
bozorlarga yo‘naltirishini ko‘rsatmoqda. Masalan, o‘rta yoshdagi er-xotin ma’lum 
bir summani kelgusidagi pensiya ta’minoti (erkin moliyaviy mablag‘larga ega 
bo‘lgan iqtisodiy birlik) uchun jamg‘argan holda, uni sug‘urta jamiyati (vositachi) 
hisobraqamiga qo‘yishi mumkin. Bunda sug‘urta jamiyati, o‘z navbatida, uni 
(bozorda) biror-bir aksiya va obli-gatsiyaga investitsiya qiladi. Shunday qilib, bu 
er-xotinlar bilvosita, sug‘urta kompaniyasi orqali, ushbu aksiya va obligatsiyalarni 
muomalaga chiqargan firma (moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-
ekt)ni moliyaviy resurs (mablag‘) bilan ta’minlaydi.
“Bozorlar”dan pastga - “Moliyaviy vositachilar”ga – yo‘naltirilgan chiziq-
ko‘rsatkich moliyaviy mablag‘lar moliyaviy bozorlarga yo‘naltirilishi 
mumkinligini anglatibgina qolmay, balki ayrim vositachilar ularni moliyaviy 
bozorlardan olishlarini ham bildiradi. Masalan, uy xo‘jaligiga qarz beruvchi 
moliyaviy kompaniya, qimmatli qog‘ozlar bozorining tegishli segment
34
larida 
sotish uchun aksiya va obligatsiyalarni chiqarib, zarur bo‘lgan summani yig‘ib 
olishi mumkin. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə