«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə4/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296
Moliyaviy hisob

Statistik hisob- ommaviy xoʻjalik hodisalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yigʻish va ishlash tizimidan iborat. Xoʻjalik hisobining bu turi butun xoʻjalik va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini oʻrganishga yoʻnaltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir boʻlayotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xoʻjalik faoliyatining turli-tuman miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, oʻrtacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi, oʻsishi va hokazo koʻrsatkichlar kiradi.
Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman respublika xalq xoʻjaligining ayrim tarmoqlari boʻyicha umumlashtiriladi.
Statistik hisob statistika fani - statistika usullaridan foydalanadi. Mustaqil ijtimoiy fan sifatida statistika faqat xoʻjalik hodisalarinigina oʻz ichiga olmay, jamiyat hayotining boshqa tomonlarini ham qamrab oladi. Jumladan, uning yordamida aholining soni, tarkibi va harakati, xalq hayotining moddiy va madaniy darajasi, uning ijtimoiy hayoti haqidagi koʻrsatkichlar olinadi.
Xoʻjalik hodisalari haqidagi ma’lumotlar statistik hisob tomonidan operativ va buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda mustaqil ravishda tashkil qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Ba’zi ma’lumotlar statistik kuzatuvning alohida shakllari - qayta roʻyxatga olish va tekshirishlar yordamida olinadi. Uzluksiz kuzatib boʻlmaydigan ommaviy hodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish usulidan keng foydalaniladi.
Tarmoqlar, xalq xoʻjaligi miqyosidagi xoʻjalik hodisalarini tavsiflovchi ma’lumotlar asosan maxsus davlat statistika organlari - Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining statistika boshqarmasi tomonidan olinadi va ishlab chiqiladi. Dastlabki materiallarni ilmiy ishlash va tahlil qilish olingan koʻrsatkichlarni ular tomonidan yigʻish va guruhlash, oʻrtacha sonlar usuli, nisbiy jamlar, indekslar, dinamik qatorlar va shu kabi maxsus usullardan foydalanish yordamida amalga oshiriladi.
Statistik hisobning koʻrsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud oʻlchovlar - natura, mehnat va pul oʻlchovlaridan, oʻrganilayotgan hodisaning mazmuni va qoʻyilgan vazifalariga qarab foydalaniladi.
Statistik hisob miqdor koʻrsatkichlarida ifodalanadigan ijtimoiy-ommaviy hodisalarni sifat jihatdan tavsiflab, kuzatish va aks ettirish hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini oʻrganish tizimidir.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə