«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


KAFEDRASI “Moliyaviy hisob



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə2/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296
Moliyaviy hisob

KAFEDRASI
Moliyaviy hisob
Fanidan


MA`RUZALAR MATNI
FARG`ONA - 2021
Ushbu ma`ruzalar matnida buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati, buxgalteriya hisobining obyekti va usullari (metodlari), buxgalteriya hisobini tashkil etish va unga qoʻyiladigan talablar, moliyaviy hisob va hisobotning mohiyati, asosiy vositalar hisobi, nomoddiy aktivlar hisobi va investitsiyalar hisobi kabi mavzular yoritilgan.
Ushbu ma`ruzalar matni 64 soatga mo`ljallangan bo`lib, Ishlab chiqarishda boshqaruv fakultetiningu uslubiy komissiyasi tomonidan ko`rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi.


Tuzuvchi:
“Buxgalteriya hisobi va
audit kafedrasi” katta oʻqituvchisi Atabaeva Z.A.


Taqrizchi:
“Buxgalteriya hisobi va
audit kafedrasi” professori, i.f.d Ismanov.I.N.

“Buxgalteriya hisobi va


audit kafedrasi”da
muhokama etildi.
“____” _____________ 2021 y. Kafedra mudiri:
professori, i.f.d. Ismanov.I.N.
“ICHB” fakultet iuslubiy
kengashida ma`qullandi.
“____” ____________ 2021 y. Kengash raisi.
dotsent, i.f.n. Ashurov.M.
BUXGALTERIYA HISOBI (2-MODUL). BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI.


1-Mavzu. Xoʻjalik hisobining paydo boʻlishi va tarixiy rivojlanishi.

Reja:


  1. Xoʻjalik hisobi toʻgʻrisida umumiy tushuncha va unga qoʻyiladigan talablar.

  2. Xoʻjalik hisbining turlari: tezkor (operativ), statistik va buxgalteriya hisobi.

  3. Hisob turlarida qoʻllaniladigan oʻlchov birliklari.

  4. Buxgalteriya hisobining paydo boʻlishi va tarixiy rivojlanishi. Buxgalteriya hisobining maktablari haqida.



Xoʻjalik hisobi toʻgʻrisida umumiy tushuncha va unga qoʻyiladigan talablar.

Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida asosiy e’tiborni moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanishga, unumsiz sarflarni va nobudgarchiliklarni bartaraf qilishga qaratmoq kerak. Bunday ulkan ishlarni amalga oshirishda buxgalteriya hisobining roli beqiyosdir.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo‘lgan subyektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini nazorat va tahlil qilish, ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlaming qabul qilinishiga asos bo‘ladigan zarur ma’lumotlami asosan buxgalteriya hisobi taqdim etadi.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish tashkil etadi. Bu jarayonda kishilar iste’mol buyumlarini: oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyafzal hamda mehnat vositalarini; mashinalar, inshootlar, asbob-uskunalar va hokazolar yaratadilar. Ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlar esa sotiladi, taqsimlanadi va iste’mol qilinadi. Bunday uzluksiz davom etadigan ishlab chiqarish, sotish (ayirboshlash) va iste’mol jarayonlari ijtimoiy takror ishlab chiqarishning mohiyatini tashkil etadi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun esa ularni muntazam ravishda nazorat qilib, ushbu jarayonlarda sodir boʻlayotgan miqdor va sifat oʻzgarishlarini tavsiflovchi koʻrsatkichlarga ega boʻlish kerak.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlari mazmunan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda sodir boʻladigan jarayonlar yigʻindisidan iboratdir. SHuning uchun iqtisodiyotning ayrim boʻgʻinlaridagi ishlab chiqarish, sotish, ayirboshlash va iste’mol jarayonlarini tavsiflovchi miqdor koʻrsatkichlarining yigʻindisi takror ishlab chiqarish jarayonlari va ijtimoiy turmushdagi boshqa jarayonlarni butunligicha tavsiflay oladi.
Xoʻjalik jarayonlarini va ularning natijalarini nazorat qilish kuzatish, oʻlchash va roʻyxatga olish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish orqali korxona va tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tashkil etuvchi koʻp sonli va turli xil faktlarga ega boʻlinadi. Bu faktlarni esa ma’lum oʻlchov birliklarida ifodalash, hamda tegishli ravishda guruhlarga ajratib roʻyxatga olib borish zarur. Shu tariqa xoʻjalik faoliyatiga baho berish uchun zarur ma’lumotlarga ega boʻlinadi.
Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qoʻyilgan reja koʻrsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xoʻjalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xoʻjalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.
Korxona va tashkilotlarning xoʻjalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish xamda ishlab chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga oshirishning oʻzi kifoya qilmaydi. Olingan ma’lumotlarni oʻlchash, ya’ni menejerlarga zarur boʻlgan ma’lum bir miqdoriy koʻrsatkichlarda ifodalash lozim boʻladi. Undan soʻng bu koʻrsatkichlar boshqarishga zarur boʻlgan yoʻnalishda axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida roʻyxatga olinishi lozim.
Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar, dalillarni qayd etishni tushunmoq kerak.
Shunday qilib, hisob yuritish xoʻjalik faoliyatini boshqarish, keng ma’noda esa butun ijtimoiy ishlab chiqarishni, ya’ni jamiyatni boshqarish uchun zarur ekan. Boshqacha qilib aytganda, hisobot yuritish deb ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishni ta’minlash maqsadida, bu jarayonlarni miqdor jihatdan aks ettirib, sifat jihatdan tavsiflashga aytiladi. Demak, hisob yuritish boshqarishning ajralmas qismi ekan.
Har bir xoʻjalik fakti hisobda korxona faoliyatining ham miqdor, ham sifat jihatlarini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarga aylanadi. Bular ayrim mahsulot turlarining haqiqiy tannarxi, korxona faoliyatining moliyaviy natijalari va boshqalar.
Xoʻjalik hisobi xoʻjalik yurituvchi subьektni boshqarishda foydalaniladigan axborot tizimidan iborat boʻlib, unda korxona faoliyatida sodir boʻladigan barcha jarayonlar va hisob obьektlarining holati toʻgʻrisidagi miqdor va sifat koʻrsatkichlari haqidagi axborotlar ma’lum qoidalar va standartlar boʻyicha ularni boshqarish uchun ilmiy asoslangan qoidalarga muvofiq qayd qilinadi, oʻlchanadi, ishlov beriladi, toʻplanadi va guruhlanadi. Xoʻjalik hisobi keng qamrovli va tulaqonli boʻlishi hamda korxona iqtisodiyotini boshqarish vazifalari toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirishga yoʻnaltirilgan, ya’ni boshqaruv tizimi uchun foydali boʻlishi lozim.
Shunday qilib, xoʻjalik hisobi – xoʻjalik faktlarini, hodisalarini va jarayonlarini boshqarish, nazorat va tahlil qilish maqsadida ularni kuzatish, oʻlchash, roʻyxatga olish va umumlashtirish tizimidir. Yoki, xoʻjalik hisobi deb xoʻjalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi.
Xoʻjalik hisobi asosida uchala hisob turining (operativ, statistik va buxgalterlik) oʻzaro bogʻliqligini ifodalaydigan boshqaruv obyektining faoliyat koʻrsatish modeli tuziladi. Ular bir-birlarini oʻzaro toʻldiradilar va koʻp hollarda bir xil axborotlardan foydalanadilar.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə