«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Buxgalteriya hisobining funksiyalari



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə14/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   296
Moliyaviy hisob

Buxgalteriya hisobining funksiyalari.

Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimida quyidagi funksiyalarni bajaradi:



  • Axborot (Boshqaruv tizimini axborot bilan ta’minlash) funksiyasi.

  • Nazorat funksiyasi

  • Mulkning saqlanishi ta’minlash funksiyasi.

  • Uzviy aloqa funksiyasi.

  • Tahliliy funksiya

1. Axborot (Boshqaruv tizimini axborot bilan ta’minlash) funksiyasi.
Buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimi va bozor munosabatlarini rivojlantirishdagi asosiy funksiyalaridan biri axborot bilan ta’minlash funksiyasi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning hozirgi bosqichida oʻz vaqtida olinadigan haqqoniy iqtisodiy axborotlarning roli va ahamiyati kuchaymoqda.
Buxgalteriya hisobi tizimi har xil boshqaruv obyektlariga – korxona xizmatlari, uning boʻlinmalari menejerlariga haqiqiy axborotlarni yetkazib beruvchi muhim manba boʻlib, ular ushbu axborotlardan foydalangan holda tegishli boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadilar va qabul qiladilar.
Hisob-kitoblar koʻrsatishicha, iqtisodiy axborotlar umumiy hajmining 70%idan oshigʻi buxgalteriya axborotlari ulushiga toʻgʻri keladi.
Aynan buxgalteriya hisobi tizimi korxona mablagʻlari va ular manbalarining ahvoli va harakati, xoʻjalik jarayonlari toʻgʻrisida korxona moliyaviy natijalari toʻgʻrisida umumlashgan (sintetik) va batafsil (analitik) axborotlarni aks ettiradi va toʻplaydi.
Buxgalteriya axborotlari operativ va statistik hisobda, rejalashtirishda, istiqbolni belgilash(prognozlash)da, korxona faoliyati taktikasi va strategiyasini ishlab chiqishda va boshqalarda keng qoʻllaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi axborotlariga haqqoniylik (obyektivlik), ishonchlilik, oʻz vaqtidalik va tezkorlik kabi talablar qoʻyiladi. Lekin boshqaruv tizimini takomillashtirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va munosabatlarni erkinlashtirishning hozirgi bosqichida buxgalteriya hisobi oldiga qator yuqori talablar qoʻyilmoqda. Hisob axborotlari yuqori samarali boʻlishi, mulk egalari, investorlar va qoʻshma korxonalarni tashkil etish hamda faoliyat koʻrsatishida ishtirok etadigan xorijlik hamkorlarning talablarini qondiradigan boʻlishi lozim. Bu buxgalteriya hisobi axborotlarida eng kam koʻrsatkichlar boʻlib, ammo turli boshqaruv pogʻonalaridagi eng koʻp undan foydalanuvchilar talablarini qondirishi lozim. SHuningdek, buxgalteriya axborotlari eng kam mehnat va vaqt sarflangan holda shakllanishi zarur.
Buxgalteriya hisobining axborot sigʻimi eng katta boʻlgan uchastkalariga xodimlar bilan mehnat haqi boʻyicha hisob-kitoblar, tovar-moddiy zahiralarini hisobga olish, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, tayyor mahsulotlar va ularni sotishni hisobga olish kabilar misol boʻladi.
Masalan, xodimlar bilan mehnat haqi boʻyicha hisob-kitoblarni hisobga olishga doir axborotlar jami hisob axborotlarining 25-30 foizini tashkil etadi. SHu tufayli hisob-kitoblar, mehnat va ish haqini tahlil qilish hamda mehnat resurslarini boshqarish uchun yetarli axborot bazasi yaratilgan.
Kompьyuterlar va boshqa tashkiliy-texnik vositalardan, buxgalter, iqtisodchi, tahlilchi, auditorlarning avtomatlashtirilgan ish oʻrinlaridan foydalanish imkoniyatlari mavjud boʻlgan hozirgi sharoitda hisob va tahliliy axborotlar, shu jumladan mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar hajmining oʻsishi emas, boshqaruvning turli bosqichlarida tegishli qarorlarni tayyorlash, asoslash va qabul qilish uchun ulardan foydalanish sifati muhim nazariy va uslubiy masala boʻlib hisoblanadi. Kompьyuterlardan foydalanish va avtomatlashtirilgan ish oʻrinlarining faoliyat koʻrsatishi istalgan darajadagi batafsil va istalgan vaqt oraligʻi uchun mehnat koʻrsatkichlarini olish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Olingan axborotlarning pirovard natijasi korxona xodimlarining ish sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, yuqori moliyaviy natijalarga erishishga safarbar qilishdan iborat.
+oʻyilgan maqsad, hal etiladigan vazifalar doirasi axborotdan foydalanuvchi boʻlinmalar, boshqariladigan obyekt darajasiga koʻra hisob va tahliliy axborotlarni ularning eng yuqori va eng past qismlarga boʻlish zarur. Har bir axborot turini boshqaruv obyektlari va berish muddatlari boʻyicha tabaqalashtirish kerak.
Axborotlar davriyligi ham turlicha boʻlishi mumkin: smena, sutka, hafta, dekada, oy, chorak va boshqalar.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə