«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


-Mavzu. Buxgalteriya hisobining tadqiqot usullari



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə22/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   296
Moliyaviy hisob

4-Mavzu. Buxgalteriya hisobining tadqiqot usullari.

Reja:




  1. Buxgalteriya hisobining metodini umumiy tavsifi.

  2. Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari.



Buxgalteriya hisobining metodini umumiy tavsifi.

Buxgalteriya hisobi metodini tashkil etuvchi asosiy usullar (elementlar) quyidagilardan iborat: hujjatlashtirish va inventarizatsiya; baholash va kalkulyatsiya(mahsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxini aniqlash); schetlar tizimi va ikki yoqlama yozuv; balans va hisobot.


Buxgalteriya hisobi sodir boʻlayotgan xoʻjalik muomalalarini hujjatlarda uzluksiz va yoppasiga aks ettirishdan boshlanadi. Hujjatlashtirish – bu sodir boʻlgan muomalani dastlabki roʻyxatga olish usulidir. Hujjatlarda xoʻjalik muomalalarining mazmuni, ularning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Hujjatlarda aks ettirilgan xoʻjalik muomalalarining toʻgʻriligi uchun mas’ul shaxslar imzolari bilan tasdiqlanib, ularning dalillovchi kuchi ta’minlanadi.
Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlay turib, mulklarning saqlanishini qat’iy nazorat qilish, tejamkorlikka rioya qilish va xoʻjalik faoliyati jarayonida mablagʻlardan maqsadli foydalanishning muhim shartidir. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari mavjud mablagʻlar bilan bir xil boʻlmogʻi kerak. Bunday bir xillikni ta’minlash uchun vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya oʻtkazib turish kerak.
Hujjatlashtirish - amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyasi toʻgʻrisidagi yozma guvohlik boʻlib, buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch bagʻishlaydi. Faqat toʻgʻri rasmiylashtirilgan, ya’ni belgilangan texnik andozalarda nazarda tu’tilgan barcha rekvizitlar toʻldirilgan hujjatlargina hisobga qabul qilinadi. Bunday rekvizitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning nomi, hujjatning nomi, uning raqami, sanasi, hoʻjalik operatsiyasining qisqacha mazmuni, uning miqdoriy va pul ifodasi, mazkur hoʻjalik faoliyati ustidan dastlabki va joriy nazorat oʻrnatish hamda uning ish natijalariga faol ta’sir koʻrsatish imkoniyatini ta’minlaydi.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə