«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Buxgalteriya hisobining kontseptual asoslari



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə21/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   296
Moliyaviy hisob

Buxgalteriya hisobining kontseptual asoslari.

Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish, yuritish va hisobotni tuzish «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oshiriladi. Mazkur qonun 2016 yil 13 aprel kuni OʻRQ-404-sonli qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi 279-I-sonli Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.


Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari mazkur Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi.
Byudjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish byudjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobi standartlari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal talablarni belgilaydi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir maxsus talablarni belgilaydi.
Buxgalteriya hisobi subyektlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻllashi mumkin.

Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar


1.Buxgalteriya hisobi subyektlariga kimlar kiradi?
2. Buxgalteriya hisobi obyektlari nimalardan iborat?
3. Aktivlar deb nimaga aytiladi?
4. Aktivlarga nimalar kiradi?
5. Majburiyatlar deb nimaga aytiladi?
6. Xususiy kapital deganda nimani tushunasiz?
7. Xususiy kapital nimalardan iborat?
8. Daromad va xarajatlar deganda nimani tushunasiz?
9. Foyda va zaralar deganda nimani tushunasiz?
10Xoʻjalik operatsiyalari deganda nimani tushunasiz?
11. Buxgalteriya hisobi qaysifanlar bilan uzviy aloqada boʻladi?
12.«Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilingan?


Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə