«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə20/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   296
Moliyaviy hisob

Menejment va marketing kabi zamonaviy fanlar predmetining mazmunini tushuntirishda buxgalteriya hisobi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xoʻjalik yurituvchi subyekt moliya-xoʻjalik faoliyatining barcha sohalarida ma’muriyat faqat hisob axborotlaridan foydalangan holdagina asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishi mumkin.

Shu vaqtning oʻzida boshqaruv organlaridan chiqayotgan uzviy (qaytma) aloqa, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat koʻrsatish) va sotishni boshqarish boʻyicha qabul qilinadigan qarorlarga aynan mos hisob axborotlariga keyinchalik ishlov berish va guruhlash yoʻlida birlamchi asos hisoblanadi.


Bunday oʻzaro kirishish va oʻzaro ta’sir koʻrsatish turli xoʻjalik yurituvchi subyektlarda xodimlarga rahbarlik qilishga oid faoliyat turi sifatida menejmentning asosiy funktsiyasini aniq amalga oshirishga imkon beradi. Marketingga ham, sotish sohasida ma’lum natijalarga erishish uchun yoʻnaltirilgan boshqaruv faoliyatiga tizimli yondoshuv sifatida koʻrib chiqib, shunday xulosa qilish mumkin. Buxgalteriya hisobi statistikaning umumiy nazariyasi fanidan ijtimoiy-ommaviy hodisalarni oʻrganishning umumuslubiy koʻrsatkichlar yordamida, ushbu koʻrsatkichlarning boshqaruv talablariga javob beradigan guruhlash usullaridan foydalanadi. Ayni vaqtda statistika organlari ushbu hodisalarni oʻrganishda oʻzining maxsus usullarini (kuzatish, qayta roʻyxat qilish va hokazolarni) qoʻllash bilan birga joriy buxgalteriya hisobi va hisoboti koʻrsatkichlaridan ham keng foydalanadi. Bular iqtisodiyot sohasidagi mamlakat, mintaqa va viloyatlar boʻyicha dasturlarning bajarilishi, milliy boylikning oʻsishi, ayrim tarmoqlarning rivojlanish sur’atlari va proportsiyalari kabilardir.
Buxgalteriya hisobi fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki bilan ham chambarchas bogʻliq. Bu bogʻliqlik tarixan shakllangan boʻlib, buxgalteriya hisobining fan sifatida vujudga kelishida amaliy matematika muhim rol oʻynagan. Buxgalteriya hisobi oʻzining farq qiluvchi belgisi – aniqlikni aynan matematikadan olgan. Hisob vaqt oʻtishi bilan oddiy arifmetik hisoblash amallaridan differentsial va integral hisoblashlar, toʻplam nazariyasi va boshqalar kabi oliy matematikaning ayrim boʻlimlari – matematik statistika, matematik dasturlash va boshqalarda qoʻllaniladigan darajaga yetib kelgan. Buxgalteriya hisobida schetlar oʻzaro bogʻliqligining matritsali modelidan keng foydalaniladi. Matematik mantiq elementlariga tayangan holda buxgalteriya hisobida schetlar oʻrtasidagi namunaviy oʻzaro bogʻliqliklarni ishlab chiqish imkoniyatlari yaratilgan.
EHMdan foydalanish sharoitida buxgalteriya hisobining ushbu imkoniyatlari hisob jarayonlarining algoritmlarini ishlab chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun hisob kompьyuter tizimida qoʻllaniladigan metodologik usullar va amallarga tayanishi, buxgalter esa hisoblash matematikasi, algoritmlar nazariyasi va dasturlashning eng koʻp tarqalgan tillarini bilishi lozim. Bunday buxgalteriya hisobi va boshqa fanlarga xos boʻlgan ayrim xususiyatlarning oʻzaro bir-birlariga oʻtishi, faqat hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasinigina oʻzgartirib, uni xoʻjalik muomalalarining sodir boʻlish vaqtiga yaqinlashtiradi. Buxgalteriya hisobining metodologik tamoyillariga esa ta’sir qilmaydi.
Buxgalteriya hisobi boshqa fanlarning bir qator xususiyatlarini oʻziga olib, oʻz navbatida nafaqat ulardan bir qanchalariga oʻzining tavsifli belgilarini bergan, balki undan yangi hosilaviy, maxsus fanlarning paydo boʻlishiga ham asos solgan. Jumladan, sud-buxgalteriya ekspertizasi, audit, xoʻjalik faoliyati tahlili nazariyasi, xoʻjalik faoliyatining iqtisodiy tahlili, iqtisodiy matematik usullar va modellashtirish. Ushbu fanlarning predmeti boʻlib, barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarda kechadigan xoʻjalik jarayonlarining har xil jihatlari, ijtimoiy iqtisodiy samaradorlik va yakuniy moliyaviy natija kabilar hisoblanadi.
Audit – auditorlik tashkiloti tomonidan korxona moliyaviy hisobotining yoki u bilan bogʻliq axborotlarning ushbu hisobot yoki axborotlar qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi toʻgʻrisida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq qilishdir.
Tahlil fanlari – iqtisodiy tahlil nazariyasi hamda iqtisodiy tahlil boshqaruv jarayonining axborotlarni toʻplash va xoʻjalik yurituvchi subyekt moliya-xoʻjalik faoliyatini rejalashtirish hamda ishlab chiqarishni operativ tartibga solish boʻyicha qarorlar qabul qilish oʻrtasidagi oraliq bosqich hisoblanadi. Tahlil fanlarining keyinchalik tabaqalashtirilishi boshqaruv va moliyaviy tahlil fanlarini vujudga keltirdi.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə