«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə18/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   296
Moliyaviy hisob

Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar
1.Buxgalteriya hisobining predmeti deb nimaga aytiladi?
2. Buxgalteriya hisobi kimlar tomonidan majburiy yuritiladi?
3. Xoʻjalik mablagʻlari deganda nimani tushunasiz?
4. Xo`jalik mablagʻlariga nimalar kiradi?
5. Uzoq muddatli aktivlar deganda nimani tushunasiz va ular nimalardan iborat?
6. Joriy aktivlar deganda nimani tushunasiz va ularga nimalar kiradi?
7. Asosiy vositalar deb nimaga aytiladi?
8. Nomoddiy aktivlarga qanday aktivlar kiritiladi?
9.Xoʻjalik mablagʻlarini tashkil topish manbalari deganda nimani tushunasiz?
10. Xoʻjalik mablagʻlarini tashkil topish manbalariga nimalar kiradi?


3-Mavzu. Buxgalteriya hisobi fanining subyektlari va obyektlari.

Reja:


  1. Buxgalteriya hisobining subyektlari va obyektlari.

  2. Buxgalteriya hisobini boshqa iqtisodiy fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi.

  3. Buxgalteriya hisobining kontseptual asoslari.

Buxgalteriya hisobining subyektlari va obyektlari.

«Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobi subyektlariga quyidagilar kiradi.


Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuridik shaxslar, ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan shoʻba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari buxgalteriya hisobi subyektlaridir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda hisobot taqdim etadi.
Mazkur qonunning 7-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobi obyektlari quyidagilardan iborat.
Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir.
Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə