«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə17/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   296
Moliyaviy hisob

4. Uzviy aloqa funksiyasi. Buxgalteriya hisobi uzviy aloqa funksiyasini bajarib, busiz boshqaruv tizimining faoliyati ma’nosiz boʻlib qoladi, buning ustiga keng koʻlamda kompьyuterlashtirilgan sharoitda faoliyat koʻrsatadigan tizimli buxgalteriya hisobi boshqaruv xodimlarini korxona va uning boʻlinmalarining ma’lum davr ichidagi faoliyati toʻgʻrisida, xoʻjalik mablagʻlari, ularning vujudga kelish manbalari va korxonaning majburiyatlari haqida, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, banklar, soliq inspektsiyasi, investorlar va boshqa xorijiy hamkorlar bilan oʻzaro munosabatlar toʻgʻrisida, moliyaviy natijalarni shakllantirish, foydaning ishlatilishi va jamgʻarilishi toʻgʻrisida, mulkdorlar (aktsiyadorlar, paychilar, ta’sischilar va h.k.) bilan munosabatlar toʻgʻrisida haqiqiy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Uzviy aloqa funksiyasi, odatda asosan dastlabki hujjatlardan olinadigan, turli xil tashuvchilardagi birlamchi axborotni bajaradi. Masalan, mehnatga haq toʻlash toʻgʻrisidagi ishbay naryadlarda mavjud boʻlgan axborotlar, ham bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmini hisobga olish uchun, ham ma’lum davr ichidagi rejalashtirilgan har bir tadbir boʻyicha rejadan chetga chiqishlarni aniqlash uchun ishlatiladi.
5. Tahliliy funksiya xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliya-xoʻjalik faoliyatini va uning natijalarini tahlil qilishdan iborat. axborotdan foyjalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob – iqtisodiy axborotlarga asosan xoʻjalik yurituvchi subyektning mulkiy holati, toʻlov layoqati, chetdan kapital jalb qilishi, ichki va tashqi munosabatlari, faoliyat samaradorligi, rivojlantirish istiqbollari va hakozolar toʻgʻrisida zarur ma’lumotlarni olishga intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchun resurslarning barcha turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari; foydaning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi va shunga oʻxshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy koʻrsatkichlar, reja, normativ, smeta koʻrsatkichlari bilan taqqoslanib, tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, operativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliya-xoʻjalik faolitini prognozlashda buxgalteriya hisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati beqiyosdir.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə