«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Mulkning saqlanishi ta’minlash funksiyasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə16/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   296
Moliyaviy hisob

3. Mulkning saqlanishi ta’minlash funksiyasi. Bu funksiya buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish va uning nazorat funksiyasini kuchaytirish bilan chambarchas bogʻliq. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, ushbu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur: jihozlangan omborxona binolari, nazorat va oʻlchash asboblari, oʻlchagich idishlar va boshqalar.
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi va bozor munosabatlarining erkinlashtirilishi, mulkdorlar sonining koʻpayishi, tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi sharoitida buxgalteriya hisobining ushbu funksiyasi yanada rivojlanmoqda. Buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlari negizida, ilmiy asoslangan holda tashkil etilgan hisob tizimi nafaqat kamomad va oʻgriliklarni aniqlash, uyushgan jinoyatlarni ochib tashlash, balki, ularning oldini olishga ham imkon yaratadi.
Inventarizatsiya ushbu funksiyani amalga oshirishning muhim usuli boʻlib, korxona mulklarining saqlanishi va ular tarkibida roʻy beradigan oʻzgarishlarni aniqlashga imkon yaratadi. Uni amalga oshirish uchun №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish» nomli Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti(BHMS)dan foydalaniladi.
Inventarizatsiya jarayonida barcha xoʻjalik muomalalari hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligi va tegishli buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilganligi, zarur aniqliklar va tuzatishlar kiritilayotganligi, hamda joriy hisob koʻrsatkichlari va haqiqiy ma’lumotlarning oʻzaro mos (teng) kelishlari tekshiriladi. Inventarizatsiya mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga qilingan xarajatlarni, mulklarni saqlanishi maqsadida toʻgʻri aks ettirish, asosan xom-ashyo va materiallar va yoqilgʻi-energetik resurslarning yoʻqotilishi borasida katta ahamiyatga ega. Chunki, bozor iqtisodiyotiga oʻtishning hozirgi bosqichida va turli mulkchilik shakllari mavjudligi sharoitida inventarizatsiya oʻtkazish, odatda, katta hajmdagi axborotlarga ishlov berish bilan bogʻliq. Shuning uchun inventarizatsiya oʻtkazish jarayonlarini ham kompьyuterlashtirish zarur. Asosan katta nomenklaturadagi tovar-moddiy zahiralarini inventarizatsiya qilishda kompьyuterlardan foydalanish yuqori samara beradi.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə