«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə24/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   296
Moliyaviy hisob

Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari.

Buxgalteriya hisobi axborotlarini hisobning boshqa turlarida shakllanadigan axborotlar bilan qiyoslaganda farq qiladigan belgilari uning asosiy tamoyillariga tayanadi. Ularga asoslangan holda har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ma’lum mahsulot, ish va xizmatlar bozorida oʻzining moliya-xoʻjalik strategiyasi ishlab chiqiladi.


Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi konunning 3-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari quyidagilar:

  • uzluksizlik;

  • ishonchlilik;

  • koʻrsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;

Bundan tashqari buxgalteriya hisobida quyidagi tamoyillar ham qoʻllaniladi.

  • xoʻjalik muomalalari, aktivlar va passivlarni pulda baholash;

  • aniqlik;

  • hisoblash;

  • oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik);

  • mazmunning shakldan ustunligi;

  • moliyaviy hisobotning betarafligi;

  • hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;

  • aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.

  • buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish;

Har bir tamoyilning mohiyatini ochish uchun ularga batafsilroq toʻxtalib oʻtamiz. Demak, buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish bu barcha xoʻjalik muomalalarining buxgalteriya hisobi schetlarida ikki marta, ya’ni bir schetning debetida ikkinchi schetning kreditida bir xil summalarda aks ettirilishini bildiradi. Shunga koʻra ikki yoqlama yozuv usulidan foydalanib schetlar korrespondentsiyasi tuzilganida uchta narsa: xoʻjalik muomalasining mazmuni (bayoni), debetlanuvchi schet va kreditlanuvchi schet ishtirok etadi. Bu tamoyil ulkan nazorat ahamiyatiga ega. Chunki, bir xoʻjalik muomalasi bir vaqtning oʻzida bir xil summada ikki marta (ikki joyda) – bir schetning debetida, ikkinchi schetning esa kreditida aks ettirilib, summalarda farq aniqlanganida ushbu muomala boʻyicha xatoga yoʻl qoʻyilganligi va uning aybdori ma’lum boʻladi.
Buxgalteriya hisobining uzluksizligi korxonaning butun faoliyati davomida sodir boʻladigan barcha xoʻjalik muomalalari tasdiqlangan qoida va buxgalteriya hisobi hamda hisobotning me’yorlari asosida tuzilib, qayd qilib borilishini talab etadi.
Xoʻjalik muomalalari, aktivlar va passivlarni pulda baholash tamoyili ularni yagona universal oʻlchov – pulda ifodalashni bildiradi. Bunday baholashning haqiqiyligi va toʻgʻriligi butun buxgalteriya hisobi tizimini tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborotlar aniqligi dastlabki hisob hujjatlarini yuritish va buxgalteriya hisobi registrlarini toʻlgʻazishdan to buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarini taqdim etishgacha boʻlgan butun buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning asosiy tamoyili hisoblanadi.
Hisoblash tamoyili tegishli mahsulotlar qaysi davrda joʻnatilgan (ish va xizmatlar bajarilgan) boʻlsa, hatto pul mablagʻlari sotuvchining schetiga kelib tushmagan boʻlsa ham, ularni sotishdan olinadigan daromadlar shu davrga olib borilishini taqozo etadi. Sarflar ham qaysi davrda amalga oshirilgan boʻlsa, ular korxona tomonidan mazkur hisobot davrida toʻlanganligidan qat’iy nazar, shu hisobot davrida aks ettiriladi. Demak, realizatsiyadan olinadigan daromad mahsulotlar joʻnatilgan yoki xizmatlar koʻrsatilgan paytda aniqlanadi. Lekin, iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichidagi ma’lum xususiyatlarni hisobga olib, ushbu tamoyilni qoʻllash qoidalari buxgalteriya hisobining tegishli milliy standartlari bilan detallashtirilishi mumkin.
Oldindan koʻra bilish yoki ehtiyotkorlik tamoyili hisobotda aktivlar va foydani oshirib, majburiyatlarni esa pasaytirib baholashga yoʻl qoʻymaslikni taqozo etadi.
Natijada potentsial yoʻqotishlar yoki zararlarni aks ettirish uchun korxonaga potentsial foydani aks ettirishga qaraganda kam asos kerak boʻladi. Ushbu tamoyilga muvofiq eng past darajada, ya’ni tannarx yoki bozor bahosi boʻyicha baholash qoidasiga rioya qilish kerak. Bu shuni bildiradiki, agar korxona oʻz aylanma mablagʻlarini bitta bahoda sotib olib, biroz vaqtdan soʻng esa uning bozor bahosi tushib ketsa, u holda uni hisobotda joriy bozor bahosi boʻyicha baholab, farqi joriy davrning moliyaviy natijalariga olib boriladi. Agarda mazkur hisobot davrida aylanma mablagʻlarining bozor bahosi oshsa, korxona oʻz aktivlarini ushbu bozor bahosi boʻyicha sotguniga qadar oʻz hujjatlariga oʻzgartirish kiritmaydi. Bunday yondoshuv bozordagi vaziyatning oʻzgaruvchanligi va mulkdorlarning hamda xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xavf-xatar(risk)larni buxgalteriya hisobida aks ettirishga imkon beradi. Demak, korxona oʻz aylanma mablagʻlarini sotgunga qadar ularni ushbu ikkala bahodan past bahoda aks ettirishi lozim.
Shu bilan birga ushbu tamoyil yashirincha rezerv yaratishga yoki aylanma mablagʻlarini oshirib yuborishga huquq bermaydi. Chunki moliyaviy hisobot betaraf va aniq boʻlishi lozim.
Mazmunning shakldan ustunligi tamoyiliga muvofiq xoʻjalik muomalalari va boshqa turli xil iqtisodiy hodisalarni hujjatlar va hisobotlarda oʻzlarining iqtisodiy mazmuniga muvofiq namoyon boʻladigan qilib aks ettirish lozim.
Koʻrsatkichlarning qiyoslanuvchanligi tamoyili, korxona faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kamida ikkita bir hil davrini bir biri bilan qiyoslanuvchanligi ta’minlaydi. Qolaversa, muayyan korxonada qoʻllanilayotgan buxgalteriya hisobi metodlarida izchillik saqlanishi va shu bilan birga uning bir qancha hisobot davrlaridagi faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning qiyoslanuvchanligini ham ta’minlaydi.
Ushbu tamoyil tegishli axborotdan foydalanuvchilarga korxona samaradorligi va moliyaviy holati rivojlanishining borishini aniqlashda yordam beradi. Ular turli xil korxonalarning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatlariga ham ega boʻlishlari lozim.
Ayni paytda koʻrsatkichlar qiyoslanuvchanligi zarurati unifikatsiyalangan hisob standartlarini kiritishga toʻsiq boʻlmasligi lozim. Agar korxonaning tasdiqlangan hisob siyosati oʻrinlilik va aniqlikning sifat belgilariga muvofiq boʻlsa, muomalalar shunday tarzda davom yoki hodisalarni aks ettirish uchun hisobni shunday tarzda davom ettirish noqulay hisoblanadi.
Axborotdan foydalanuvchilar ilgari ma’lum bir muddat oʻtgandan soʻng korxona moliyaviy holatini taqqoslashga zarurati tufayli moliyaviy hisobotlar oldingi davrlar uchun tegishli axborotlarni aks ettirishi muhimdir.
Moliyaviy hisobotning betarafligi, uning har xil tafovutlardan holi boʻlishi bilan izohlanadi. Agar moliyaviy hisobot koʻzda tutilgan natijaga erishish uchun qaror yoki fikr-mulohazalar qabul qilishga ta’sir koʻrsatadigan boʻlsa, u holda betaraf hisoblanmaydi.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə