«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


-Mavzu. Balans haqida tushuncha



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə26/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   296
Moliyaviy hisob

5-Mavzu. Balans haqida tushuncha.

Reja:




  1. “Balans” tushunchasi va uning iqtisodiy ahamiyati.

  2. Buxgalteriya balansining tuzilishi va mazmuni.

  3. Balans moddalari va ularni oʻqish tartibi.

Balans” tushunchasi va uning iqtisodiy ahamiyati.


Korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini baholash va ularga rahbarlik qilish hamda boshqarish uchun korxona qanday mablagʻlarga ega; ularning tarkibi, joylanishi va ishlatilish darajasi, shuningdek ushbu mablagʻlar manbalari toʻgʻrisida aniq ma’lumotlarga ega boʻlish zarur. Buning uchun buxgalteriya balansi tuziladi. «Balans» soʻzi lotincha boʻlib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va “lans” tarozi pallasi, ya’ni tarozi ikkita pallasining tengligi degan ma’noni, muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Tarozi muvozanat ramzi sifatida buxgalterlarning xalqaro gerbida ham aks ettirilgan.


Xoʻjalik mablagʻlarining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning vujudga kelish manbalaridagi hamda maqsadli tayinlanishidagi oʻzgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga qiymat ifodasida umumlashtirilgan holda aks ettirish usuli buxgalteriya balansi deyiladi. Balans ikkita oʻzaro bogʻliq boʻlgan tarkibiy qismdan iborat: aktiv va passiv. Bu atamalar ham lotincha boʻlib, aynan tarjimasi “astivus”- aktiv, faol va “rassivus” - passiv, faoliyatsiz degan ma’nolarni bildiradi.
Balans aktivida mablagʻlar tarkibi, joylanishi va ishlatilishiga qarab; passivida esa mablagʻlarning tashkil topish manbalari: ularning kimniki ekanligi va qanday maqsadga moʻljallanganligiga qarab guruhlangan holda, pul ifodasida ma’lum bir sanaga aks ettiriladi. Balans aktiv va passivi hamma vaqt oʻzaro teng boʻlishi shart.
Balans aktivi va passivining oʻzaro tengligi uning aktivida ham, passivida ham bir xil xoʻjalik mablagʻlari aks ettirilishidan kelib chiqadi, lekin aktivda mablagʻlar tarkibi, joylanishi va ishlatilish shakli boʻyicha, passivda esa tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi boʻyicha aks ettiriladi.
Aktiv va passivning oʻzaro tengligi ulkan nazorat ahamiyatiga ega boʻlib, buxgalteriya yozuvlarining toʻgʻriligini tekshirish va hisobot tuzishda foydalaniladi.
Korxona va tashkilotlarning mablagʻlari doimo xarakatda boʻlib, ular xam miqdor, xam qiymat jihatidan oʻzgarib turadi. Korxonaning ixtiyorida boʻlgan ushbu xoʻjalik mablagʻlari va ularning manbalari buxgalteriya hisobining obyekti sifati hisoblanib, ularning xarakati buxgalteriya schyotlarida hisobga olib boriladi. Ammo korxonani boshqarish uchun mablagʻlar va ularni tashkil topish manbalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni schyotlardan olish ancha qiyinchilik tugʻdiradi. Shuning uchun schyotlardagi mablagʻlarni va ularning manbalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ma’lum sanaga umumlashtirish kerak. Buning uchun biz buxgalteriya balansidan foydalanamiz.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə