«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə25/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   296
Moliyaviy hisob

Betaraflik tamoyiliga muvofiq korxona tegishli davrlar uchun oʻz faoliyatining natijalari toʻgʻrisida moliyaviy hisobot koʻrinishida manfaatdor organlarga hisobot berib turishi lozim.
Hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi. Bu tamoyil faqat mazkur hisobot davrida daromad olish bilan bogʻliq xarajatlargina shu hisobot davrida aks ettirilishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari oʻrtasida bevosita bogʻliqlikni aniqlash qiyin boʻlsa, u holda xarajatlar biron bir qulay taqsimlash usuliga muvofiq bir necha hisobot davrlari oʻrtasida taqsimlanadi. Bunga misol qilib, bir necha yillarga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlarini keltirish mumkin. Kelgusi davr xarajatlari ham shular jumlasidan boʻlib, ular qaysi davrlarda daromad keltirsa, shu davrlarda hisobga olinadi. Mazkur tamoyil hisoblash tamoyili bilan bilan birgalikda ishlatilib, barcha daromadlar va shu daromadlarni olish bilan bogʻliq xarajatlar bitta hisobot davrida hisobga olinishini ta’minlaydi. Masalan, agar sotishdan olingan tushum 2019 yilda hisobga olingan bulsa, sotilgan mahsulot tannarxi 2020 yilda aks ettirilishi mumkin emas.
Aktivlar va majburiyatlarning haqqoniy baholash tamoyili aktivlar va majburiyatlarning tannarxi yoki sotib olish bahosi, ularni baholashning asosi ekanligini taqazo etadi.


Mavzu yuzasidan nazorat savollari
1.Buxgalteriya hisobi metodini tashkil etuvchi asosiy elementlar nimalardan iborat?
2. Hujjatlashtirish usuli deganda nimani tushunasiz?
3. Inventarizatsiya usuli deb nimaga aytiladi?
4.Baholash usuli qanday tartibda amalga oshiriladi?
5. Buxgalteriya hisobi schetlari usulida nimalar hisobga olinadi?
6. Ikki yoqlama yozuv usuli yordamida nimalar amalga oshiriladi?
7. Kalkulyatsiy deganda nimani tushunasiz?
8. Balans usuli deb nimaga aytiladi?
9. Hisobotda qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?
10.Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillariga nimalar kiradi?
11. Uzluksizlik tamoyilining mazmunini tushuntirib bering?
12. Ishonchlilik tamoyilining mazmunini tushuntirib bering?


Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə