«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Buxgalteriya balansining tuzilishi va mazmuni



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə27/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   296
Moliyaviy hisob

Buxgalteriya balansining tuzilishi va mazmuni.


Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablagʻlarning tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari boʻyicha iqtisodiy tasniflanishiga muvofiq ikkita boʻlimga guruhlanadi.
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi boʻlimlar kiradi: I “Uzoq muddatli aktivlar”; II “Joriy aktivlar”.
Passivda esa yuqoridagi boʻlimlar qarshisida quyidagi boʻlimlar; joylashgan: I “Oʻz mablagʻlari manbalari”, II “Majburiyatlar”.
Balans aktivi va passividagi alohida boʻlimlarning oʻzaro bogʻliqligini 3.1-chizmada koʻrsatish mumkin.
3.1-chizma.



I boʻlim. Uzoq
muddatli aktivlar




I boʻlim. Oʻz
mablagʻlari manbalari










II boʻlim. Joriy
aktivlar




II boʻlim.
Majburiyatlar

Chizmadan koʻrinib turibdiki, uzoq muddatli aktivlar ham, joriy aktivlar ham korxonaning oʻz mablagʻlari manbalari va majburiyatlar (qarz manbalar) hisobidan tashkil topishi mumkin.


Buxgalteriya balansining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy shakldagi balansni qisqartirilgan holda quyidagi jadval koʻrinishida keltirish mumkin. (3.1-jadval).
Buxgalteriya balansi bozor iqtisodiyoti sharoitida turli axborotdan foydalanuvchilari uchun asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektning balansi, mulkdorlar, menedjerlar va boshqaruv bilan bogʻliq boshqa shaxslarni korxonaning mulkiy holati bilan tanishtiradi. Balansdan mulkdor nimaga ega ekanligini, yani korxona tasarruf qila oladigan tovar-moddiy zahiralar va boshqa aktivlar qanday miqdor va sifat nisbatida ekanligini bilish mumkin.
Balansning aktiv tomonida korxona tasarrufida boʻlgan xoʻjalik mablagʻlari quyidagi guruhlarga boʻlib koʻrsatiladi:
1. Uzoq muddatli aktivlar.
2. Joriy aktivlar.
Uzoq muddatli aktivlarga quyidagilar kiradi:
mulkiy aktivlar (asosiy vositalar, kapital mablagʻlar, qimmatli qogʻozlar va xakozolar);

  • nomoddiy aktivlar (litsenziyalar, patentlar, “nou-xau” lar) ;

  • shoʻba korxonalarga va boshqa korxonalarga berilgan zayomlar;

uzoq muddatli investitsiyalar (masalan: boshqa korxonalarning qimmatli qogʻozlarga uzoq muddatli qoʻyilmalari);

  • boshqa aktivlar.

Joriy aktivlar quyidagilardan tashkil topadi:

  • mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish zaxiralari;

  • omborlardagi tayyor mahsulotlar;

  • korxonaning turli hisob-kitob va joriy schyotlaridagi valyuta resurslari;

  • korxonaning kassasidagi pullar;

  • inventarlar va xoʻjalik buyumlari;

  • qisqa muddatli qoʻyilmalar (masalan, bir yildan kam muddatda muomalada boʻluvchi qimmatli qogʻozlar va xakozolar);

  • debitor qarzlar. (masalan, xaridorlarning korxonadan qarzlari, mol etkazib beruvchilar tomonidan toʻlangan boʻnak toʻlovlari va boshqalar).

Balansning passivida korxona xoʻjalik mablagʻlarining manbalari quyidagi guruhlarga boʻlib koʻrsatiladi;
1. Oʻz mablagʻlari manbalari;
2. Majburiyatlari.
Oʻz mablagʻlari manbaalari quyidagilardan iborat:

  • korxonani tashkil etish vaqtida hosil etilgan ustav sarmoyasi;

  • maqsadli tushumlar;

  • korxonaning faoliyati davomida topilgan sof foydasi.

Majburiyatlar resurslar tushumining tashqi manbalari boʻlib, ularga quyidagidar kiradi:

  • kredit va qarzga olingan resurslar:

  • mol etkazib beruvchilar, xodimlar, byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan

kreditorlik qarzi;

  • boshqa kreditorlik qarzlari.

3.1-jadval
Buxgalteriya balansi



Aktiv

Satr
kodi

Hisobot davri boshiga

Hisobot davri oxiriga

Aktiv

Satr kodi

Hisobot davri boshiga

Hisobot davri oxiriga

I. Uzoq muddatli aktivlar
Asosiy vositalar

Nomoddiy aktivlar


I boʻlim boʻyicha jami











Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə