«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Balans moddalari va ularni oʻqish tartibi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə29/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   296
Moliyaviy hisob

Balans moddalari va ularni oʻqish tartibi.

Aktiv va passivdagi har bir element balans moddasi deyiladi.


Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonuni va buxgalteriya hisobining xalqaro hamda milliy standartlariga muvofiq moddiy boyliklar balansda aks ettirilganda, quyidagicha baholanadi: asosiy vositalar (ishlatilayotgani hamda zahirada yoki konservatsiyada saqlanayotgani) - ularning qoldiq qiymati boʻyicha; xom-ashyolar, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilgʻilar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va yigʻib tuzatiladigan buyumlar, ehtiyot qismlar, idish va moddiy qiymatliklar (tayyorlash va omborga tashib keltirish sarflarini qoʻshgan holda); tayyor mahsulotlar, xoʻjalikning oʻzida yetishtiriladigan urugʻlik, yem-xashak va yosh chorva mollari-chakana bahoda, ulgurji omborlar va savdo qiluvchi yoki savdo-ta’minot tashkilotlarida esa - chakana bahoda yoki xarid qilingan qiymati boʻyicha aks ettiriladi.
Aktivda moddiy mablagʻlar, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi mablagʻlar, pul mablagʻlari, debitorlar hisoblashuvdagi mablagʻlar, kelgusi davr uchun sarflangan mablagʻlar, aylanishdan tashqari (chetlashtirilgan) mablagʻlar, passivda esa - ustav kapitali, qoʻshilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, byudjetdan moliyalashtirish, bank kreditlari, korxonaning kreditor qarzlari, berilmagan mehnat haqi va daromadni taqsimlash boʻyicha majburiyatlar kabilar aks ettiriladigan moddalar boʻladi.
Shunday qilib, balans tuzilishiga xoʻjalik mablagʻlari va ularning tashkil topish manbalari hamda iqtisodiy mazmuni asos boʻladi.


Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar
1.Buxgalteriya balansi nima maqsadda tuziladi?
2. Buxgalteriya balansining ta’rifini ayting?
3. Balansning tomonlari va ularning nomini ayting?
4.Balansning aktiv tomonida nimalar aks ettiriladi?
5. Balansning passiv tomonida nimalar aks ettiriladi?
6. Balans aktiv va passiv tomonlari necha boʻlimdan iborat va ularning nomini ayting?
7. Balansning uzoq muddatli aktivlar boʻlimida nimalar aks ettiriladi?
8. Balansning joriy aktivlar boʻlimida nimalar aks ettiriladi?
9. Balansning oʻz mablagʻlari manbalari boʻlimida nimalar aks ettiriladi?
10. Balansning majburiyatlar boʻlimida nimalar aks ettiriladi?
11. Balans moddalari deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə