«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə31/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   296
Moliyaviy hisob

1-muomala. Qiymati 8600,0 ming soʻmlik material ombordan asosiy ishlab chiqarishga berildi va sarflandi. Bu muomala natijasida ombordagi materiallar 8600,0 ming soʻmga kamaydi (24200,0 – 8600,0 qoldiq 15600,0). Shu vaqtning oʻzida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 8600,0 ming soʻmga koʻpayadi (43850,0+8600,0 qoldiq 52450,0). Bu muomaladan soʻng balansning jami summasi oʻzgarmadi, faqat balans aktividagi moddalar orasida oʻzgarish sodir boʻldi.
2-muomala. Xodimlarga hisoblangan ish haqi summasidan 1450 ming soʻm daromad soligʻi ushlandi. Bu muomaladan soʻng hisoblangan ish haqi summasi 38440,0 ming soʻm boʻlgan (39890-1450 q 38440) va bir vaqtning oʻzida balans passivida 1450,0 ming soʻmga “Soliq va majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatlar” degan yangi modda paydo boʻladi.
Shunday qilib, bu muomala natijasida faqat balans passividagi moddalar orasida oʻzgarishlar roʻy bergan va yigʻindisi oʻzgarmagan.
3. Muomala. Boshqa korxonadan tekinga 39800,0 ming soʻmlik asosiy vosita qabul qilib olindi. Bu muomala natijasida balans aktivida ham, passivida ham oʻzgarish (koʻpayish) sodir boʻlgan birinchidan aktivdagi “Asosiy vositalar” moddasi 39800,0 ming soʻmga (1312600+ 39800 qoldiq 1352400), ikkinchidan passiv tomonda “Rezerv kapitali” moddasi paydo boʻladi (39800,0 ming soʻmga) bir vaqtning oʻzida koʻpaygan.
Shunday qilib, bu hoʻjalik muomalasi natijasida balans aktivi va passivi bir xil summaga koʻpayib, lekin balans tengligi buzilmagan.
4-Muomala. Mol yetkazib beruvchilarga hisob-kitob schetidan 13900,0 ming soʻm qarz puli oʻtkazildi. Bu muomala natijasida hisob-kitob schetidagi qoldiq 13900,0 ming soʻmga kamaydi (134400-13900 qoldiq 120500) va bir vaqtning oʻzida mol yetkazib beruvchilarga boʻlgan qarz ham shu summaga kamaydi (26200 - 13900 qoldiq 12300).
Bu muomala balansning aktivida ham, passivida ham bir xil summaga kamayishga olib keldi. Lekin balans tengligi buzilmadi.
Yuqoridagi muomalalarni aks ettirganimizdan soʻng korxona balansi quyidagi koʻrinishga keldi (2-jadval).
2 - jadval
Yakuniy balans

Aktiv


Summa,
ming. sum

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə