«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


-Mavzu. Xoʻjalik muomalalari ta’sirida balansda sodir boʻlgan oʻzgarishlar tavsifi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə30/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   296
Moliyaviy hisob

6-Mavzu. Xoʻjalik muomalalari ta’sirida balansda sodir boʻlgan oʻzgarishlar tavsifi.

Reja:




  1. Xoʻjalik jarayonlari va xoʻjalik muomalalari toʻgʻrisida tushuncha.

  2. Xoʻjalik muomalalari ta’sirida balansda sodir boʻladigan oʻzgarishlar.

Xoʻjalik jarayonlari va xoʻjalik muomalalari toʻgʻrisida tushuncha.




Xoʻjalik faoliyati jarayonida sodir boʻladigan muomalalar ta’sirida korxona mablagʻlarining tarkibida va ularning tashkil topish manbalarida, ayrim hollarda ularning ikkalasida ham oʻzgarishlar yuzaga keladi. Xoʻjalik mablagʻlari va ularning tashkil topish manbalaridagi roʻy bergan oʻzgarishlar balansda ham tegishli oʻzgarishlarga olib keladi. Mablagʻlar qiymati oʻzgarmagan holda doiraviy aylanish jarayonida ularning buyum shakli oʻzgaradi, mablagʻlar tashkil topish manbalarining ham shakli oʻzgaradi, xoʻjalik mablagʻlari koʻpayadi yoki kamayadi. Lekin balansning asosiy xususiyati- xoʻjalik muomalalarini schetlarda ikki yoqlama aks ettirish ta’sirida balans moddalari summasi oʻzgarganda aktiv va passiv tengligining oʻzgarmasligi doimo saqlanadi. Buni misolda tasdiqlashimiz uchun korxonaning yil boshiga tuzilgan balansni keltiramiz (1-jadval) va uning xoʻjalik muomalalari ta’sirida oʻzgarishini quyidagi misollarda koʻrib chiqamiz.
1-jadval.
Yil boshiga balans

Aktiv


Summa,
ming. soʻm

Passiv

Summa,
ming.soʻm

Asosiy vositalar

1312600

Ustav kapitali .

1448960

Materiallar

24200

Hodimlar bilan mehnat haqi boʻyicha hisoblashuvlar

39890

Asosiy ishlab chiqarish

43850

Hisob-kitob scheti

134400

Mol yetkazib beruvchilar

26200

Balans

1515050

Balans

1515050




Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə