«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə23/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   296
Moliyaviy hisob

Inventarizatsiyabu sanash, tortish, oʻlchash va boshqa yoʻllar bilan korxona mol-mulknini roʻyxat qilish, olingan ma’lumotlari bilan solishtirish, topilgan kamomad, ortiqcha chiqish, nobudgarchilik va hokazolar tarzidagi farqlarni hujjatlar asosida rasmiylashtirish, bu farqlarning sabablarini va aybdorlarini aniqlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobida korxona mablagʻlarini aks ettirish uchun hujjatlarda qayd qilingan xoʻjalik muomalalarining natura va mehnat oʻlchovi koʻrsatkichlarini pul ifodasida baholash kerak.
Baholashbu hujjatlarda koʻrsatilgan xoʻjalik muomalalarini pulda ifodalash usulidir. U har xil narsalardan tarkib topgan xoʻjalik mablagʻlarini yagona pul ifodasida koʻrsatish imkonini beradi. Korxonalar mablagʻlarini baholashda ularning haqiqiy ishlab chiqarish yoki sotib olish tannarxi asos boʻladi. Hujjatlarda aks ettirilgan va pulda baholangan barcha xoʻjalik muomalalari buxgalteriya hisobi schetlariga yoziladi.
Buxgalteriya hisobi schetlari – bu korxona mablagʻlari, ularning tashkil topish manbalari va korxonaning xoʻjalik jarayonlarini guruhlash, joriy tartibda aks ettirish va nazorat qilish usulidir.
Xoʻjalik mablagʻlari. Ularning tashkil topish manbalari va xoʻjalik jarayonlarining har bir guruhi boʻyicha yigʻma ma’lumotlar olish uchun iqtisodiy mazmuniga koʻra bir xil boʻlgan xoʻjalik muomalalarini guruhlashda schetlardan foydalaniladi.
Xoʻjalik muomalasini buxgalteriya schetlarida aks ettirish ikki yoqlama yozuv usuli yordamida amalga oshiriladi. Bu usul xoʻjalik muomalalarining ikki taraflamalik xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, moddiy boyliklar sotib olish bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik muomalasi bir tomondan moddiy boyliklar zahirasini koʻpaytirsa, ikkinchi tomondan pul mablagʻlarining kamayishiga olib keladi. Xaridorda bu muomala aks ettirilganda sotib olingan materiallarning kirimi va mol yetkazib beruvchiga toʻlangan pul mablagʻlarining chiqimi boʻyicha koʻrsatkichlar oʻzaro bogʻlanadi. Mol yetkazib beruvchi bu muomalani aks ettirganda, xaridordan kelgan pulning koʻpayishi va unga sotilgan materialning kamayishini oʻzaro bogʻliqlikda koʻrsatadi.
Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida schetlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatning tannarxini aniqlash buxgalteriya hisobida kalkulyatsiya deyiladi. Kalkulyatsiyaning rejaviy, normativ, kutilayotgan va hisobot kabi turlari mavjud. Hisobot kalkulyatsiyalari buxgalteriya hisobi schetlaridagi yozuvlar asosida tuziladi. Kalkulyatsiyalash qoidalarini yuqori organlar belgilaydi va ular barcha korxonalar uchun majburiydir.
Buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilgan korxona mablagʻlari, mablagʻlar manbalari, xoʻjalik jarayonlari va ularning natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan balans tarzida umumlashtirilishi zarur. Balansda xoʻjalik mablagʻlari toʻgʻrisida ma’lumotlar aks ettirilib, unda xoʻjalikda qanday mablagʻlar mavjudligi va ular qaysi manbalar hisobidan tashkil topganligi koʻrsatiladi. Balans mavjud mablagʻlar bilan ularning tashkil topish manbalarini taqqoslab, xoʻjalik ahvolini oʻrganish imkonini beradi.
Korxonalarining xoʻjalik faoliyati haqida xulosa chiqarish uchun xoʻjalik mablagʻlari, ularning joylashtirilishi va tashkil topish manbalarini koʻrsatuvchi ma’lumotlarga ega boʻlgan balansdan tashqari, korxonadgi ayrim boʻlimlar xoʻjalik faoliyatining umumiy koʻrsatkichlari, xoʻjalik faoliyatining maxsus tomonlarini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar ham zarur boʻladi. Bunday koʻrsatkichlarga ega boʻlish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan boʻlgan hisobot yordamida erishiladi. Ma’lum davrga boʻlgan xoʻjalik faoliyatini aks ettiruvchi umumlashtirilgan xoʻjalik jarayoni va guruhlashtiradigan va oʻzaro aloqadorligini ta’minlaydigan koʻrsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yigʻindisi hisobot deyildi.
Undan shartnomani bajarilishini nazorat qilish, korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish va kelgusi davrlar uchun reja ishlab chiqishda foydalaniladi.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə