«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Korxona mablagʻlari manbalari (passivlari)ning turkumlanishi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə12/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   296
Moliyaviy hisob

Korxona mablagʻlari manbalari (passivlari)ning turkumlanishi






Ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasidagi) yigʻindisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qoʻshiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuvchiga yoki yuridik shaxs ijrochi organining qaroriga koʻra baholanadi va hisobga olinadi.
Qoʻshilgan kapital aktsiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.
Zahira kapitali mol-mulkni qayta baholash chogʻida hosil boʻladigan inflyatsiya zahiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi.
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamgʻarilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qoʻshilishi mumkin.
Maqsadli tushumlarga maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mablagʻlari va boshqa tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli tushumlar misol boʻladi.
Kelgusi davr xarajatlari va toʻlovlari uchun zahiralarga xarajatlar va toʻlovlarni xarajatlarga bir tekisda qoʻshish uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan zahiralar kiradi.
Korxonaga chetdan jalb qilingan yoki qarzga olingan mablagʻlar manbalariga bank kreditlari(ssudalari), kreditor qarzlar va korxonaning boshqa majburiyatlari kiradi.
Bank kreditlari (ssudalari) – bu korxonalarning qoʻshimcha mablagʻlarga boʻlgan talabini qondirish uchun korxonaga ma’lum muddatga berilgan davlat mablagʻlaridir. Bank ssudalari qat’iy maqsadli ehtiyoj uchun beriladi va belgilangan muddatida qaytarilishi kerak.
Kreditor qarzlar – bu korxonalarning mol yetkazib beruvchilarga olgan materiallari uchun, pudratchilarga ular tomonidan bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar hamda boshqa muomalalar boʻyicha paydo boʻladigan qarzlardir.
Korxona majburiyatlari – bu byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga oʻtkaziladigan ajratma va soliq summalari, ishchi va xizmatchilarga (jamoa xoʻjaligi a’zolariga) beriladigan ish (mehnat) haqi summasi va boshqalardir.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə