«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Buxgalteriya hisobi predmeti



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə10/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   296
Moliyaviy hisob

Buxgalteriya hisobi predmeti kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitida korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xoʻjalik mablagʻlari va shu mablagʻlar manbalarining xarakati va holati, ularning xoʻjalik faoliyati va moliyaviy natijalaridir.
Buxgalteriya hisobi mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xoʻjalik subyektlarida yuritiladi va faoliyat yuritishdagi holatlarni kuzatib boradi hamda nazorat qiladi.


Xoʻjalik mablagʻlari va ularni paydo boʻlish manbalari.
Korxona va tashkilotlar ixtiyorida ma’lum miqdordagi mablagʻlarning boʻlishi ularning oʻz faoliyatinini amalga oshirishini muhim shartlaridan biridir. Mablagʻlarning turi, miqdori, ulardan foydalanish xarakteri korxonaning xoʻjalik foaliyati hajmi va xarakteriga bogʻliq boʻladi.
Korxonalarning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan xoʻjalik mablagʻlari korxonaning oʻziniki, bank krediti sifatida korxonaga olinishi va qarzga olingan boʻlishlari mumkin. Shunga koʻra ular buxgalteriya hisobida ikki yoʻsinda: birinchidan, tarkibi va joylashishi, ikkinchidan tashkil topish manbalari va qanday maqsadga moʻljallanganligi boʻyicha aks ettiriladi.
Xoʻjalik mablagʻlarining tarkibi va joylashishi boʻyicha hisobga olish korxonaning muayyan mablagʻlari (mashinalar, bino va inshootlar, material va mahsulotlar va h.k.) toʻgʻrisida ma’lumot boʻlsa, ularni vujudga kelish manbalari va tayinlanishi boʻyicha hisobda aks ettirish esa, bu mablagʻlarning xususiy mulk hamda ularning korxonaga biriktirilganligi yoki vaqtincha ishlatilayotganligi va xoʻjalik mablagʻlarining qanday maqsadlarga moʻljallanganligini aniqlash imkonini beradi.
Xoʻjalik mablagʻlarining tarkibi korxonalar faoliyatining yoʻnalishiga bogʻliq (sanoat, qishloq xoʻjaligi, savdo va h.k.).
Xoʻjalik yurituvchi subyekt aktivlari(mablagʻlari)ning tarkibi 2.1-chizmada koʻrsatilgan. Aktivlar mohiyati, tarkibi va joylanishiga koʻra ikkita guruhga boʻlinadi.
I. Uzoq muddatli aktivlar.
II. Joriy aktivlar.
Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, oʻrnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qoʻyilmalar va uzoq muddatli debitor qarzlari hamda kechiktirilgan xarajatlar kiradi. Bularning mazmunini tushunish uchun ayrimlariga batafsilroq toʻxtalib oʻtamiz.
Asosiy vositalar – korxona xoʻjalik faoliyatini yuritishda uzoq davom etadigan vaqt mobaynida, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish yoki ma’muriy va ijtimoiy-madaniy funksiyalarni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi:
a) xizmat muddati 1 yildan oshiq;
b)bitta birligi (komplekti)ning qiymati Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 barobaridan oshiq boʻlgan (sotib olish vaqtida) predmetlar.
Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirsh, binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, mebel va ofis jihozlari, kompьyuter jihozlari va hisoblash texnikasi transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar va hokazo shunga oʻxshashlar kiradi.

2.1-chizma



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə