«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Korxona aktivlari(mablagʻlari)ning turkumlanishi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə11/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   296
Moliyaviy hisob

Korxona aktivlari(mablagʻlari)ning turkumlanishi


Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan, xoʻjalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan koʻp) ishlatish uchun moʻljallangan mol-mulk obyektlari ham asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.


Shuningdek, nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob berganida aktiv deb olinadi: aktiv ta’rifini qondiradigan; oʻlchanadigan; ahamiyatga molik boʻlgan; ishonchli boʻlgan; kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan; ajratiladigan, ya’ni uni ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish mumkin boʻlgan hollarda.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xou», savdo markalari, tovar belgilari, sanoat namunalri, dasturiy ta’minot, gudvill, tashkiliy xarajatlar, franshizalar, mualliflik huquqlari, xizmat koʻrsatish belgilari va boshqalar kiradi.
Korxonaning joriy aktivlariga tovar-moddiy zahiralari, kelgusi davr xarajatlari va kechiktiritilgan qarzlar, olinadigan schetlar (debitor qarzlar), pul mablagʻlari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqalar kiradi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt aktivlari tarkibida joriy aktivlarning roʻyxati keng va xilma-xil boʻlib, ular doimo aylanishda boʻlganligi sababli uzoq muddatli aktivlarga qaraganda nisbatan yuqori likvidli hisoblanadi. Joriy aktivlarning naqd pulga aylantirish oson boʻlgan qismi yuqori likvidli deyiladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi mablagʻlarning ikkinchi qismini mehnat buyumlari tashkil etadi. Bular kishi mehnati yoʻnaltiriladigan mablagʻlardir. Mehnat buyumlari tarkibiga urugʻlik koʻchatlar, yem-xashak, yosh chorva mollari va boquvdagi mollar, yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar, yoqilgʻilar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr sarflari va boshqalar kiradi. Mehnat buyumlari ishlab chiqarishi jarayonida qatnashib mehnat vositalaridan farq qilgan holda, bir ishlab chiqarish jarayonida oʻz qiymatini yangidan yaratilgan mahsulotning tannarxiga toʻliq oʻtkazadi. Mehnat buyumlarining pulda ifodalangan yigʻindisi aylanma ishlab chiqarish mablagʻlari deb ataladi.
Tovar-moddiy zahiralari korxonaning ishlab chiqarish zahiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablagʻlaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablagʻlari quyidagilarga boʻlinadi: ishlab chiqarish zahiralari – oʻstirilayotgan va boquvdagi chorva mollari, urugʻlik va koʻchatlar, ehtiyot qismlar va ta’mirlash materiallari, neft mahsulotlari, qattiq yoqilgʻi, mineral oʻgʻitlar, zaharli ximikatlar, hunarmandchilik va yordamchi ishlab chiqarishdagi qayta ishlovchi vositalar, idish va idish materiallari, boshqa materiallar, ta’mirlashga va boshqa asosiy faoliyat ehtiyoji uchun ishlatiladigan qurulish materiallari, tugallanmagan ishlab chiqarish – kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlar, chorvachilikdagi ishlab chiqarish xarajatlari, hunarmandchilik va yordamchi ishlab chiqarishdagi xarajatlar, ustaxonalarning tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari, kelgusi davr sarflari.
Zahiralar, kapital qoʻyilmalar va ta’mirlash xarajatlari (qurilma va materiallar) tugallanmagan kapital qurilish, kapital tuzatish xarajatlari kapital qoʻyilmalar va kapital ta’mirlashdagi aylanma mablagʻlar qatoriga kiradi.
Muomala sohasidagi mablagʻlar. Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovar qismi (ya’ni sotishga moʻljallangan qismi), pul mablagʻlari debitorlar bilan hisoblashuvdagi va muomala jarayoniga xizmat qiluvchi mablagʻlar muomala sohasidagi mablagʻlarni tashkil etadi.
Sotgan mahsulotlari uchun korxonalar pul oladilar va bu pullardan ishlab chiqarish vositalari (materiallar, urugʻlik, neft mahsulotlari) sotib olish, ish haqi berish uchun, davlat byudjeti bilan hisoblashish uchun va boshqa maqsadlarda foydalanadilar. Korxonaning pul mablagʻlari bankning hisoblashuv scheti va maxsus schetlarida yoki kassada saqlanadi. Korxona ixtiyorida mahsulot sotishdan va xizmat koʻrsatishdan tushgan pullardan tashqari ishlab chiqarishni kengaytirishni byudjetdan moliyalashtirish yoki mavsumiy sarflarni qoplash koʻrinishidagi pul mablagʻlari ham boʻladi.
Sotilgan mahsulot va koʻrsatilgan xizmatlar uchun pul mablagʻlari kelib tushishi amalda mahsulot sotilgan yoki xizmat bajarilgan vaqtidan kechikib sodir boʻladi. Sotilgan mahsulot yoki koʻrsatilgan xizmat uchun mazkur korxonaga qarzdor boʻlgan korxonalar yoki ayrim shaxslar debitorlar, qarzning oʻzi esa, (hisoblashuvdagi mablagʻlar) debitor qarz deb ataladi.
Shunday qilib, korxonaning muomala sohasidagi mablagʻlari amaliyotda tayyor mahsulotlar (tovar) koʻrinishida omborlarda, pul mablagʻlari kassada yoki hisoblashuvda (debitor qarz) boʻlishi mumkin.
Noishlab chiqarishdagi mablagʻlarga iste’mol sohasidagi mablagʻlar kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi. Lekin ehtiyojlarni qondirib, ularning ishlab chiqarishi faoliyatiga jiddiy ta’sir koʻrsatadi. Xoʻjalik mablagʻlarining mavjudligi va joylashuvi xoʻjalikning iqtisodini toʻliq tavsiflay olmaydi. Buning uchun manbalarning tegishligini bilish zarur.
Xoʻjalik mablagʻlari tashkil topish manbalari va tayinlanishiga koʻra korxonaning oʻz mablagʻlari manbalari va majburiyatlari yoki qarzga olingan mablagʻlar manbalariga boʻlinadi (2.2-chizma).
Korxonaning oʻz mablagʻlari manbalari xususiy kapital, maqsadli tushumlar hamda kelgusi davr xarajatlari va toʻlovlari uchun zahiralardan iborat.
«Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq korxonaning xususiy kapitali: ustav kapitali, qoʻshilgan kapital, zahira kapitali va taqsimlanmagan foydalan tarkib topadi.
2.2-chizma

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə