«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Buxgalteriya hisobining maqsad va vazifalari



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə13/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   296
Moliyaviy hisob

Buxgalteriya hisobining maqsad va vazifalari.

Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi axborotdan foydalanuvchilarni oʻz vaqtida, toʻliq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axborotlari bilan ta’minlashdir.


Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • buxgalteriya hisobi schetlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborotlarini shakllantirish;

  • samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

  • moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iborat.

SHuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishi ustidan nazorat oʻrnatish, xoʻjalik faoliyatida salbiy natijalarning oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki xoʻjalik imkoniyatlarini topishi zarur.
Buxgalteriya hisobining birinchi vazifasi korxona rahbarlari, ta’sischilari, ishtirokchilari va mulkdorlari, investorlar, kreditorlar, xaridorlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan kelib chiqadi. Buxgalteriya axborotlari toʻliq va ishonchli boʻlishi, ya’ni foydalanuvchilarga xoʻjalik yurituvchi subьekt toʻgʻrisida, uning mulklari, majburiyatlari, faoliyat natijalari toʻgʻrisida barcha zarur axborotlarni taqdim qilishi, demak, korxona ma’muriyati va boshqa axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali boʻlishi lozim.
Ikkinchi vazifaning mazmuni shundan iboratki, buxgalteriya hisobi tizimida korxona moliya-xoʻjalik faoliyati faktlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat oʻrnatish uchun ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xoʻjalik muomalalarining maqsadga muvofiqligini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim.
Uchinchi vazifa korxona xoʻjalik faoliyatini boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan.
SHu bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya qilishni va mulkning saqlanishini ta’minlashni nazorat qilish ham hisobning vazifasiga kiradi.
SHartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish buxgalteriya hisobi tomonidan ikkita vazifani bajarishda ifodalanadi. Birinchisi, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi.
CHunki mavjud bozor konьyunkturasini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni hisobga olmay turib, haqqoniy biznes-reja topshiriqlarini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan, shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun bir vaqtning oʻzida ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish zarur.
Ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va kursatilgan xizmatlarning tannarxini pasaytirish, korxonalarda va uning boʻlinmalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish buxgalteriya hisobining muhim vazifasidir. Bu ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish korxonalarning hamma ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan samarali foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqarish zahiralarini va xarajatlarini oʻz vaqtida hisobga olib borish bilan bajariladi.
Ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi oldiga qoʻyiladigan ushbu vazifalar uning nafaqat xoʻjalik mablagʻlari aktivlari va mablagʻlar manbalari (passivlar), hamda xoʻjalik jarayonlarini (ta’minot, ishlab chiqarish, realizatsiya) roʻyxatga oluvchi va axborotlarni saqlovchi tizim ekanligidan dalolat beradi. Uning asosiy maqsadi – korxona iqtisodiyotini boshqaradigan tizimni ishonchli, turli pogʻonalardagi boshqaruvchilarga tushunarli hisob-iqtisod axborotlari bilan ta’minlashdan iborat.
Boshqaruv tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini qaror toptirish va rivojlantirish butun buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish, jumladan buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarini joriy qilishi bilan chambarchas bogliq.
Hisob yuritish oldiga qoʻyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun u ma’lum talablarga javob berishi kerak. Hisobning oldiga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri bu biznes-reja va hisobot koʻrsatkichlarining bir xilligidir (taqqoslash nuqtai nazaridan – D.R.). Bunday bir xillik boʻlmasa, rejaning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, uni oshirib bajarish imkoniyatlarini izlab topish mumkin emas.
Ikkinchi asosiy talab, bu butun milliy iqtisodiyotda hisob koʻrsatkichlarini hisoblash uslublarinning yagonaligidir. Bunday yagonalik boʻlmasa hisobotlarni tarmoqlar va butun milliy iqtisodiyot miqyosida birlashtirish imkoni boʻlmaydi.
Hisob oldiga qoʻyiladigan uchinchi muhim talab bu – hisobning oʻz vaqtida, aniq, obyektiv, toʻliq va tushunarli boʻlishidir. Toʻrtinchi muhim talab – bu hisobning tejamliligi, ya’ni hisob-kitob ishlarining arzon boʻlishidir.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə