«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə15/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   296
Moliyaviy hisob

2. Nazorat funksiyasi – iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini erkinlashtirish, turli mulkchilik shakllarining mavjudligi sharoitlarida buxgalteriya hisobining nazorat qilish funksiyasi kuchaymoqda. Bunga uning shakl va uslublarini takomillashtirish, buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarini joriy qilish, hisob ishlarini kompьyuterlashtirish, buxgalter, iqtisodchi va tahlilchilarning avtomatlashtirilgan ish oʻrinlari imkoniyatlaridan keng foydalanish sabab boʻlmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish turli mulkchilik shakllarining mavjudligi, xoʻjalik yurituvchi subьektlar huquqlarining kengaytirilishi, xalq xoʻjaligida moliyaviy nazorat tizimining mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish xarajatlari ustidan nazoratning pasaytirilishini bildirmaydi. Aksincha, moliya-hisob markazi (MHM), vazirlik va davlat idoralarining nazorat va taftish xizmatlari, banklar, auditorlik tashkilotlar va soliq inspektsiyasi xodimlari yangicha xoʻjalik yuritish uslublariga tayangan holda barcha resurslardan oqilona foydalanish ustidan kuchli nazorat oʻrnatishlari lozim. Buxgalteriya hisobining yagona yaxlit tizimida nazorat qilish funksiyasining roli kuchaymoqda va yanada ulkan ahamiyat kasb etmoqda. CHunki, korxona ma’muriyati yoki mulkdorlarga nafaqat oʻz korxonasining moliyaviy ahvolini bilish, balki raqobatchi korxonalarning hamda hamkorlarining moliyaviy ahvolini, toʻlov layoqatini bilish zarur.
Buxgalteriya hisobining maxsus usullari va amallari yordamida nazoratning uchta turi yuritiladi: dastlabki – xoʻjalik muomalasi sodir boʻlgungacha; joriy – xoʻjalik muomalasini amalga oshirish; keyingi – muomala sodir boʻlganidan soʻngi.
Nazorat qilish quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:

  • ishlab chiqarilgan, joʻnatilgan va sotilgan mahsulotlarning hajmi boʻyicha reja va shartnomalarning bajarilishi;

  • korxona mulklarining saqlanishini ta’minlash;

  • moddiy xom-ashyo, yoqilgʻi-energetika, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish;

  • asosiy vositalar, amortizatsiya fondi va boshqa fondlardan foydalanish;

  • mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarni shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar (bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar) tannarxini hisoblash;

  • realizatsiya qilingan mahsulot(ish va xizmat)larning toʻla tannaxini shakllantirish;

  • turli xarajat smetalarining bajarilishi (masalan, vakillik xarajatlari, tijorat va reklama xarajatlari);

  • korxonaning turli ichki xoʻjalik boʻlinmalari faoliyati: ishlab chiqarish tsexlari, uchastkalari, oila (jamoa) pudratlari va sh.oʻ.;

  • moliya bozorida ishtirok etish bilan bogʻliq muomalalar boʻyicha (aktsiyalar, obligatsiyalar va sh.oʻ.);

  • korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini shakllantirish va soliqqa tortiladigan bazani, hamda taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar)ni aniqlash;

  • mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish;

  • shubhali qarzlar boʻyicha rezervlar va boshqa maxsus fondlarni yaratish hamda ularning ishlatilishi;

  • korxonaning moliyaviy ahvoli, hamda raqobatchi korxonalar toʻgʻrisida ma’lumot toʻplash;

  • moliyaviy hisobot va boshqa turdagi hisobotlarni tuzish.

Hisob jarayonining axborotlarni toʻplash, oʻlchash, roʻyxatga olishdan tortib, to zarur boʻlgan oraliq, natijaviy va hisobot koʻrsatkichlarini olish bilan yakunlanadigan barcha bosqichlarida kompьyuter va boshqa tashkiliy-texnik vositalardan foydalanish buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat funksiyasini kuchaytirishga doir vazifalarni bajarishga yordam beradi.
Korxona mablagʻlarining butun doiraviy aylanishi, ularning vujudga kelish manbalari va xoʻjalik jarayonlari buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Sifatli hisob axborotlari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida nazorat oʻrnatish, zarur boʻlganda korxona va uning boʻlinmalari faoliyatining butun tafsilotini nazorat qilish, uni tahlil qilish va ushbu axborotlar asosida boshqaruvning barcha pogʻonalarida tegishli boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilishga imkoniyat yaratadi.
Bosh buxgalter, moliya hisob markazi xodimlari tegishli boʻlinmalar(oila pudratlari, yordamchi ishlab chiqarish jamoalari va boshqalar)ning rahbarlari hamda xodimlari bilan birgalikda quyidagi sohalarni nazorat qiladi:

  • tovar-moddiy zahiralarni qabul qilish va chiqarish boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya qilinishi;

  • bozor munosabatlari amal qilayotgan sharoitda qoʻllanilayotgan baholarning toʻgʻriligini va asoslanganligi;

  • barcha asoslar boʻyicha ish haqi hisoblash, hisoblangan ish haqidan ushlanadigan summalar(daromad soligi, kasaba uyushmasiga a’zolik badali, pensiya fondiga ajratmalar va boshqalar)ning toʻgʻriligi;

  • tarif setkalari, lavozim maoshlarini qoʻllashning toʻgʻriligi, shtat, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya qilish;

  • pul mablagʻlari, tovar-moddiy zahiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, hisob-kitoblar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish qoidalariga rioya qilinishi;

  • belgilangan muddatlarda debitor qarzlarning undirish va kreditor qarzlarning qaytarilishi, toʻlov intizomiga rioya qilinishi;

  • har xil kamomadlar, yoʻqotishlar, debitor qarzlar va boshqa summalarni hisobdan oʻchirishning qonuniyligi;

  • soliqqa tortiladigan bazani hisob-kitob qilishning toʻgʻriligi;

  • sof foydani aniqlash, aktsiyadorlarga toʻlanadigan dividendlarni hisob-kitob qilish va oʻz vaqtida toʻlashning toʻgʻriligi;

  • taqsimlanmagan foyda, foydaning jamgʻarilishi hamda ishlatilishning toʻgʻriligi.


Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə