«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot (4-shakl)



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə91/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   296
Moliyaviy hisob

Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot (4-shakl).
Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot ma’lumotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun korxonaning pul mablagʻlarini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga asos boʻlib xizmat qiladi. Hisobotda pul tushumlari va toʻlovlari uchta asosiy toifaga ajratib koʻrsatiladi:
1. Operatsion faoliyat pul tushumlari va toʻlovlari;
2. Investitsiya faoliyati pul tushumlari va toʻlovlari;
3. Moliyaviy faoliyat pul tushumlari va toʻlovlari.
Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotda hisobot davri davomida operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida korxona olgan pul oqimlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etiladi. Bunday ma’lumotlar boʻlajak pul oqimlari toʻgʻrisidagi bashoratini toʻgʻriligini tekshirish, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx oʻzgarishi ta’siri oʻrtasidagi aloqalarni tahlil qilish uchun zarur boʻladi.
Korxonaning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi korxona amalga oshiradigan operatsion faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakatini aks ettiruvchi asosiy koʻrsatkich boʻlib hisoblanadi (ssudalarni toʻlash, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni toʻlash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini). Operatsion faoliyatidan keladigan pul oqimi toʻgʻrisidagi axborotdan operatsion faoliyatidan boʻlajak pul oqimlarini bashorat qilish uchun ham foydalaniladi.
Operatsion faoliyatidan pul oqimi korxonaning asosiy faoliyatidan, odatda, asosiy faoliyat mahsulotlarini sotishdan, ishlarni bajarishdan yoki xizmat koʻrsatishdan kelib tushadi va ularga quyidagilar kiradi:
1. Tovarlarni sotish va xizmat koʻrsatishdan tushgan pul;
2. Royalti, badallar, vositachilik haqi va oʻzga yoʻllar bilan pul
mablagʻlari tushumi;
3. Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul
toʻlovlari;
4. Xodimlarga va xodimlar nomidan toʻlovlar;
5. Sugʻurta kompaniyasining sugʻurta polislari boʻyicha mukofotlari,
yillik va oʻzga toʻlovlari boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari;
6. Soliqlar boʻyicha pul toʻlovlari yoki uning oʻrnini bosuvchi toʻlovlar;
7. Savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar boʻyicha pul
tushumlari va toʻlovlari;
8. Boshqalar.
Investitsiya faoliyatidan pul oqimi toʻgʻrisidagi axborot korxona kelajakda oladigan daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar boʻyicha qilingan xarajatlar darajasini koʻrsatadi. Shuning uchun korxona hisobotda investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi toʻgʻrisidagi axborotni alohida pozitsiyada koʻrsatadi. Bunday pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
1. Asosiy vositalarni, nomoddiy va oʻzga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga yoʻnaltirilgan pul toʻlovlari (bu toʻlovlar tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek xoʻjalik yoʻli bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bogʻliq boʻlgan toʻlovlarni oʻz ichiga oladi);
2. Asosiy vositalarni, nomoddiy va oʻzga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi;
3. Boshqa sub’yektlarning aktsiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qoʻshma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari;
4. Boshqa taraflarga berilgan boʻnaklar va kreditlar (moliyaviy institutlarga berilgan boʻnaklar va kreditlardan tashqari);
5. Fyuchers, forvard, optsion va svop bitimlar boʻyicha pul tushumlari.
Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotda korxonaning moliyaviy faoliyatdan boʻladigan pul oqimlari haqidagi ma’lumotni alohida koʻrsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan boʻlajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur boʻladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
1. Aktsiyalar yoki oʻz mablagʻi bilan bogʻliq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;
2. Sub’yektlar aktsiyalarining haqini toʻlash yoki sotib olish uchun ularning egalariga toʻlovlar;
3. Ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qoʻyilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;
4. Zayomlarni toʻlash;
5. Moliyaviy lizing boʻyicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning toʻlovlari va boshqalar.
Xorijiy valyutadagi operatsiyalardan pul oqimlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan operatsiya amalga oshirilgan kun uchun belgilab qoʻyilgan almashtirish kursi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi va xorijiy shoʻba jamiyatining pul oqimi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻrnatilgan almashtirish kursi boʻyicha qayta hisoblanishi kerak.
Xorijiy valyutaning almashtirish kursi oʻzgarishidan kelib chiqadigan pul mablagʻi harakati hisoblanmaydi. Biroq, bunday daromad yoki zarar xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻiga yoki ularning ekvivalentlariga almashtirish kursi stavkalari oʻzgarishning ta’sirini hisobot davri boshiga va oxiriga muvofiqlashtirish maqsadida pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotda operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat natijasida vujudga keladigan pul oqimlaridan alohida aks ettiriladi.
Bank muassasalari uchun toʻlangan va olingan foizlar hamda dividendlar operatsion pul oqimlari sifatida tasnif etiladi. Shuningdek boshqa korxonaning toʻlangan va ulardan olingan foizlar hamda dividendlar operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlari sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular korxonaning moliyaviy natijasiga qoʻshiladi.
Toʻlanadigan dividendlar, odatda, moliyaviy resurslarni olish uchun toʻlangan haq hisoblanadi, shuning uchun ular moliyaviy pul oqimi sifatida tasnif qilinishi mumkin.
Hisobotda daromad (foyda) soligʻi boʻyicha pul oqimlari alohida ochib berilishi lozim chunki, ular operatsion faoliyatdan tushadigan pul oqimlari qatoriga kiradi.
Shoʻba korxonalarni yoki boshqa xoʻjalik birliklarini xarid qilish yoki sotishdan boʻladigan pul oqimlari yigʻindisi alohida ochib koʻrsatiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasnif etiladi.
Kichik korxonalar va boshqa xoʻjalik birliklarini xarid qilish va sotish boʻyicha hisobotlari quyidagilarni ochib berishi lozim:
1. Xarid qilish yoki sotishning umumiy qiymatini;
2. Xarid qilish yoki sotishning pul mablagʻi va pul ekvivalentlari vositasida toʻlangan qismini;
3. Xarid qilingan yoki sotilgan shoʻba jamiyatga yoki xoʻjalik birligiga tegishli pul mablagʻlari va pul ekvivalentlari miqdorini;
4. Aktivlar va majburiyatlarning miqdorini alohida turlari boʻyicha.
Pul mablagʻlari yoki pul ekvivalentlaridan foydalanishni talab qilmaydigan investitsion va moliyaviy operatsiyalar pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilmaydi. Bunday operatsiyalar boshqa moliyaviy hisobotlarda ochib beriladi.
Korxona, shuningdek pul mablagʻlari va pul ekvivalentlarining ayrim moddalarini koʻrsatishi hamda pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotdagi pul miqdorini buxgalteriya balansidagi tegishli moddalari qiyosini taqdim etish kerak.
Korxonada mavjud boʻlgan, lekin foydalana olmaydigan pul mablagʻlari va pul ekvivalentlari qoldigi hisobotda rahbariyatning tushuntirishi bilan birga ochib berishi lozim.
Korxonaning pul oqimlari hisobotida korxonaning alohida boʻlinmalari pul oqimlari ochib berilishi lozim.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə