«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot (5-shakl)



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə92/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   296
Moliyaviy hisob

Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot (5-shakl)
Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari toʻgʻrisidagi, ustav kapitali, qoʻshilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) sotib olingan oʻz aktsiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Shuningdek, hisobot davridagi xususiy kapital tarkibida boʻlgan oʻzgarishlar ya’ni, qimmatli qogʻozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav kapitalini shakllantirish chogʻida valyuta kursidagi farqlar, rezerv kapitalga ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul va aktsiyalar koʻrinishida toʻlanadigan dividendlar, hamda xususiy kapitalni shakllantirishning boshqa manbalari toʻgʻrisidagi axborotlar ochib berilishi lozim. Bundan tashqari chiqarilgan aktsiyalar soni, aktsiyalarning nominal qiymati, muomaladagi aktsiyalar soni toʻgʻrisidagi axborotlar ham keltiriladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotga boʻlgan tushuntirish xatida aktsiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aktsiyalarni bekor qilinishi, aktsiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga koʻra aktsiyalar qiymatining kamayib ketganligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bundan tashqari obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aktsiyalarning umumiy soni va nominal qiymati; aktsiyalarga obunaning borishi chogʻida olingan mablagʻlar umumiy summasi; ayrim turlar va toifalar boʻyicha ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar; imtiyozli aktsiyalar boʻyicha toʻlanmagan dividendlar summasi; aktsiyalar koʻrinishida toʻlanadigan dividendlar, xususan, toʻlanadigan aktsiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari toʻgʻrisida; hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qoʻshib yuborishlar va aktsiyalarning maydalanishi yoki qoʻshib yuborilishigacha va undan keyingi aktsiyalarning nominal qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ham keltiriladi. Bunda aktsiyalarga obunaning borishi chogʻida olingan mablagʻlar umumiy summasi quyidagilar boʻyicha keltiriladi: aktsiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan barcha pul mablagʻlari, aktsiyalar soni koʻrsatilgan holda; aktsiyalar uchun toʻlov sifatida kirim qilingan mol-mulkning bahosi, aktsiyalar soni koʻrsatilgan holda; aktsiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan chet el valyutasining umumiy summasi, aktsiyalar soni va hisobda valyuta kirim qilingan kursi koʻrsatilgan holda.
Tushuntirish xatida ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar haqidagi axborotlar ularning ayrim turlari va toifalari boʻyicha alohida-alohida keltiriladi: chiqarilgan aktsiyalar soni, ustav kapitalining toʻlanmagan qismi koʻrsatilgan holda; aktsiyaning nominal qiymati;muomalada boʻlgan aktsiyalar sonida hisobot davri mobaynidagi oʻzgartirishlar; aktsiyalar bilan bogʻliq huquqlar, imtiyozlar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarning taqsimlanishi va kapitalning qaytarib berilishi boʻyicha cheklashlar; jamiyatning oʻziga, uning shoʻba va uyushgan korxonalariga tegishli aktsiyalar; ular egalik qilayotgan ta’sischilar roʻyxati va aktsiyalar soni; ijroiya organi a’zolarining mulki boʻlgan aktsiyalar soni; optsionlar va boshqa kontraktlarga binoan chiqarish uchun zaxiralashtirilgan aktsiyalar, ularning muddatlari va summalari koʻrsatilgan holda; konvertatsiyalanadigan (aktsiyalar yoki obligatsiyalarga) aktsiyalarning soni va nominal qiymati hamda ushbu aktsiyalarning qarzga oid qimmatli qogʻozlarga konvertatsiya qilinishi hollarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan majburiyatlar.
Boshqa korxonalarning tushuntirish xatlarida quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotlarni keltiradilar:
1. Korxona faoliyatiga mablagʻ qoʻygan qatnashchilarning chiqib ketishi,
2. Egalik qiluvchilar oʻrtasida ustav kapitali ulushining taqsimlanishi;
3. Egalik qiluvchilar ulushiga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar;
4. Ustav kapitali tarkibida egalik qiluvchilar ulushi tarkibidagi oʻzgartirishlar.
Hisobotning xususiy kapital toʻgʻrisidagi qismiga oid tushuntirish xati Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligining 1998-yil 26-iyuldagi 17-07/86-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 474-son, 1998-yil 14-avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 5-son) Oʻzbekiston Respublikasining «Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar» Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar uchun ochiqdir.
Aktsiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sugʻurta tashkilotlari, banklar, jamoat fondlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar har yilgi moliyaviy hisobotni aktsiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi subyekti boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə