«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


BUXGALTERIYA HISOBI (3-MODUL). MOLIYAVIY HISOB VA HISOBOT



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə94/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   296
Moliyaviy hisob

BUXGALTERIYA HISOBI (3-MODUL). MOLIYAVIY HISOB VA HISOBOT


19- Ma’ruza: Korxonani boshqarishda hisob axborotlarining oʻrni.
Reja:
1. Korxona boshqaruv mexanizimi va unining tashkiliy tuzilmasi.
2. Moliyaviy buxgalteriya hisobi fanining predmeti va obyekti.
3. Moliyaviy buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy asoslar va buxgalteriya hisobining vazifalari.


Korxona boshqaruv mexanizimi va unining tashkiliy tuzilmasi.
Respublika iqtisodiyotini isloh qilish va erkinlashtirish, asosiy ustvor vazifa, jamiyatimizning barcha sohasiga dahldor boʻlgan gʻoyat muhim masala. Erkin raqobat va bozor mexanizmiga asoslangan boshqaruv sharoitida olib borilayotgan islohatlar, shu jumladan buxgalteriya hisobini isloh qilish, uni xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, mana shunday muhim masalani hal qilishga qaratilgan.
Erkin raqobat va bozor mexanizmi korxona oldida turgan maqsad va vazifalarni yechimini topishga qaratilgan boshqaruv mexanizimini ilmiy-texnika yutuqlari asosida takomillashtirishni taqoza etadi1. Bunga erishish uchun boshqaruvni tashkiliy va ishlab chiqarish tarkibini ratsional tashkillash talab etiladi. Har qanday korxonada boshqaruvning, rejalashtirish, nazorat qilish va hisobga olish funktsiyalari amalda boʻladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish harakat va maqsadni, ya’ni nima qilish kerak va nimaga erishish zarurligini belgilashdan-rejalashtirishdan boshlanadi.
Rejalashtirish-korxonani istiqboldagi iqtisodiy holatini belgilovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, shuningdek, iqtisodiy natijalarga erishish yoʻllarini, usullarini koʻrsatib berish vositasi boʻlib hisoblanadi.
Nazorat-korxona faoliyatida ishtirok etayotgan xodimlar faoliyati ustidan nazorat oʻrnatish, bajarilgan ishlarni tekshirish, yutuq va kamchiliklarni aniqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishdan iborat boʻladi. Nazorat sodir boʻlayotgan voqeliklar ustidan buxgalteriya hisobi vositasida ma’lumotlarni uzluksiz kuzatish va umumlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Hisob-boshqaruv uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni yigʻish, tartibga solish va umumlashtirish vazifasini bajarib, har qanday korxonani boshqarishda hal qiluvchi boʻgʻin boʻlib hisoblanadi.
Korxonalar moliya-xoʻjalik faoliyatlarida sodir boʻladigan hodisalarini nazorat qilish va tizimli hisobga olish asosida korxona faoliyatiga toʻsiq boʻladigan yoki uning harakat dasturini oʻzgarishga olib keladigan omillar bartaraf etiladi.
Shunday qilib, boshqaruvni barcha funktsiyalari, rejalashtirish, nazorat va hisobdan tashkil topadi. Bu funktsiyalarning birortasining boʻlmasligi boshqaruv tizimini va tsiklini bir butunligini buzilishiga olib keladi.
R
ejalashtirish va boshqaruv, toʻgʻri, nazorat va hisob esa qarama-qarshi aloqalarni mujassamlashtiradi. Boshqaruv tizimi faoliyati qarama-qarshi aloqalar tufayligina samarali boʻladi. Hisob, rejalashtirish, nazorat boshqaruvning mexanizmi sifatida korxona oldida turgan maqsad va vazifalarni yechimini topishga qaratilishi zarur. Bunga erishish uchun, boshqaruvni tashkiliy va ishlab chiqarish tarkibini ratsional tashkillash kerak.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə