«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Offsetting (moddalarning oʻzaro hisobga olinishi) tamoyili



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə88/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   296
Moliyaviy hisob

Offsetting (moddalarning oʻzaro hisobga olinishi) tamoyili quyidagilarga rioya qilishni taqoza etadi:
1. Aktivlar va passivlar oʻrtasida oʻzaro hisobga olinishi boʻlmasligi kerak (boshqa BHMSlarda koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno);
2. Daromad va xarajat moddalari oʻzaro hisobga olinishi mumkin emas (quyidagi hollar bundan mustasno: BHMS buni talab qiladi yoki ruxsat etadi; foyda, zararlar, shuningdek bunday operatsiyalar bilan bogʻliq xarajatlar va voqealar yakka holda ham, jamlangan holda ham muhim emas. Ularning taqdim etilishi operatsiyaning yoki bir xildagi bitimlar guruhining mohiyatini eng yaxshi tarzda aks ettirsa, bunday miqdorlar umumlashtirilishi va sof asosda taqdim etilishi kerak.
3. Agar daromadlar va xarajatlar oʻzaro hisobga olingan boʻlsa, shunga qaramay korxona muhimlik tamoyiliga asoslanib, moliyaviy hisobotlarga izohlarda bu miqdorlarni yoritishi kerak. Masalan, agar buxgalteriya balansida «Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» moddasida koʻrsatilgan qarz summasini qarzdorlikning alohida turlari boʻyicha koʻrsatish koʻzda tutilgan boʻlsa, unda tushuntirish yozuvida qarzlar boʻyicha tashkil qilingan zaxiralar ularning alohida turlari boʻyicha alohida-alohida koʻrsatilishi lozim.

Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar


1. Hisobotlar deb nimaga aytiladi?
2. Moliyaviy hisobot deb nimaga aytiladi?
3. Korxonalar taqdim etadigan hisobotlar iqtisodiy mazmuni va axborot ko‘rsatkichlarni qamrab olishiga ko‘ra qanday hisobotlariga bo‘linadi?
4. Buxgalteriya hisoboti toʻgʻrisida tushuncha bering?
5. Buxgalteriya hisoboti va unga qoʻyilgan talablar nimalardan iborat?
6. Buxgalteriya hisobotining korxona faoliyatini boshqarishdagi oʻrni va ahamiyatini aytib bering?

18-Mavzu. Buxgalteriya hisobotlarini tuzish va taqdim etish.
Reja:
1. Moliyaviy hisobotni taqdim etish
2. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish
3. Tugatish chogʻidagi moliyaviy hisobot

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə