«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə86/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   296
Moliyaviy hisob

Tugallanganlik tamoyili-buxgalteriya hisobi moliyaviy hisobotlarni ishonchliligini ta’minlash maqsadida, tugallangan, ya’ni, hisobot davridagi axborotlar toʻgʻrisida yetarlicha toʻla ma’lumot taqdim etishi kerak.
Izchillik tamoyili-foydalanuvchilar korxonaning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatlari toʻgʻrisida buxgalteriya hisobi taqdim etadigan axborotlar, ularning, moliyaviy ahvollarida boʻladigan oʻzgarish yoʻnalishlarini aniqlash uchun turli davrlardagi hisobotlarni qiyoslash imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak. Shuning uchun buxgalteriya hisobida axborotlarni izchillik tamoyili asosida hisobga oladi
Axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish tamoyili-moliyaviy hisobotlarning uzluksizligi; ahamiyatliligi; izchilligi axborotlarni buxgalteriya hisobi tomondan oʻz vaqtida taqdim etishga bogʻliq. Hisobot axborotlarini asossiz kechiktirilishi, ularni, iqtisodiy ahamiyatini pasaytiradi yoki umuman yoʻqotadi. Shuningdek, foydalanuvchilarda, xoʻjalik sub’yektlarining moliyaviy va xoʻjalik faoliyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarga, ularning barcha jihatlari ma’lum boʻlgunga qadar zarurat paydo boʻlishi mumkin, Barcha jihatlari paydo boʻlgunga qadar taqdim etilgan axborotlar hisobotlarning ishonchliligini buzadi va foydalanuvchilarga katta naf keltirmaydi. Chunki, ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur boʻladilar. Buxgalteriya hisobi hisobotlarning ahamiyatlilik bilan ishonchlilik tamoyillari oʻrtasida mutanosiblikka erishish maqsadida, iqtisodiy qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilarga axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish masalasini hal etishi kerak.
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan moliyaviy hisobotlar barcha foydalanuvchilarga korxonaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati haqida toʻliq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosalar chiqarishni ta’minlaydi.
Har bir korxona hisobot yilining boshida buxgalteriya uchyotini tashkil etish milliy tamoyillari asosida yangi hisobot yili uchun hisob siyosati ishlab chiqadi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida nazarda tutilgan hisob yuritish tamoyillariga rioya qilmaslik yoki ulardan u yoki bu darajada chetlanish foydalanuvchilar uchun tayyorlanadigan va moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan ma’lumotlarni toʻgʻriligini buzilishiga olib keladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning halqaro standartlari koʻrib chiqilgan tamoyillardan tashqari boshqa tamoyillarni ham nazarda tutadi. Misol, Shimoliy Amerikada mulkiy alohidalangan, pulda oʻlchash, ratsionallik, alohidalangan korxona, sotish, muntazamlilik va boshqa tamoyillardan ham foydalaniladi. Ularning ba’zi birlarini koʻrib chiqamiz:

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə