«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Hisobot davrining daromadlari bilan xarajatlarining muvofiqligi tamoyili



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə85/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   296
Moliyaviy hisob

Hisobot davrining daromadlari bilan xarajatlarining muvofiqligi tamoyili boʻyicha hisobot davrda shu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos boʻlgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlar oʻrtasida bevosita bogʻliqlikni oʻrnatish qiyin boʻlsa, xarajatlar taqsimotining biron bir usuliga muvofiq bir nechta hisobot davrlari oʻrtasida taqsimlanadi. Masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlari.
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy bahosi tamoyili, xarid qilish baholari, ularni tannarxini aniqlashga asos boʻlishini taqozo etadi.
Tushunarlilik tamoyili moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilar uchun tushunarli va sodda boʻlishi kerak.
Ahamiyatlilik tamoyili foydalanuvchilarga beriladigan axborotlar korxonaning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatlariga baho berish hamda qarorlar qabul qilish uchun ahamiyatlidir. Korxonaning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatlariga baho berish hamda qarorlar qabul qilish sifati buxgalteriya hisobi yetkazib beradigan axborotlarni toʻgʻriligiga bogʻliq.
Muhimiylik tamoyili axborotlarning foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar ta’siri borligini bildiradi. Tushirib qoldirilgan yoki notoʻgʻri taqdim etilgan axborotlar foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar mohiyatiga ta’sir etsa bunday axborotlar muhim hisoblanadi. Axborotlar buxgalteriya hisobida ularning muhimiylik tamoyili asosida guruhlarga boʻlinib yoki alohida-alohida aks ettiriladi.
Haqqoniy va holis taqdim tamoyili korxonaning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatlari hamda ularning pul mablagʻlarini harakati toʻgʻrisida foydalanuvchilarda haqqoniy va holis tassavur hosil qilishi kerak. Bu tamoyiliga erishish uchun har bir korxona buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish chogʻida BHMSda keltirilgan buxgalteriya hisobi asosiy tamoyillarini qoʻllanishga majburdir. Faoliyatning xilma-xil turlari boʻyicha yangiliklarni joriy etish milliy andazalarda koʻrsatilmagan va nazarda tutilmagan vaziyatlarga olib kelishi mumkinki, bunday holatlarda moliyaviy hisobotning xolisligiga vaziyatni aks ettirishga imkon beradigan hisob siyosatini tanlash va qoʻllash yoʻli bilan erishiladi. Bunday hisob siyosati korxona tomonidan buxgalteriya hisobining №1 milliy standartsi talablari asosida ishlab chiqilishi lozim.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə