«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Moliyaviy hisobotning hisobot davri



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə82/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   296
Moliyaviy hisob

Moliyaviy hisobotning hisobot davri.


Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
1. Buxgalteriya balansi;
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
3. Pul oqimlari haqidagi hisobot;
4. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
5. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash 4 ta bosqichda amalga oshiriladi:
1. Birinchi bosqichda, barcha xo‘jalik jarayonlari yoppasiga hujjatlashtiriladi;
2. Ikkinchi bosqichda, xo‘jalik jarayonlarining joriy buxgalteriya hisobi tashkil qilinadi;
3. Uchinchi bosqichda, joriy hisob ma’lumotlarining joriy hisob ma’lumotlarining to‘g‘riligi tekshirib ko‘riladi;
4. Turtinchi bosqichda tasdiqlangan hisobot shakllari to‘ldiriladi va tasdiqqa taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasiga binoan 1 yanvar — 31 dekabr kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning hisobot davridir. 1 yanvardan boshlab davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrning hisobot sanasini ham qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy moliyaviy hisobot uchun hisobot davridir.
Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo‘lga kiritilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr, yuridik shaxs bo‘lmaganlar uchun esa, ular davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs (byudjet tashkilotlaridan tashqari) 1 oktabrdan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi.
Ro‘yxatdan o‘tilguniga yoki yuridik shaxs huquqi olinguniga qadar amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar birinchi hisobot yilining moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
Chet el investitsiyalari bilan ishlaydigan korxonalar esa, yillik hisobotni kelgusi hisobot yili 15 martidan kechiktirmay topshirishlari lozim.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
-davlat soliq xizmati organlariga;
-ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
-davlat statistika organlariga;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgalteriya hisobining ayrim subyektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin.
Asosiy xo‘jalik jamiyati bo‘lgan va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga, o‘z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega buxgalteriya hisobi subyekti konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek asosiy xo‘jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan (26.07.1998 y. n 17-17/86) va Adliya Vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan (14.08.1998 y. N 474) “Hisob siyosati va Moliyaviy hisobot” nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti bilan belgilanadi.
"Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq korxonalar quyidagi shakllaridan iborat bo‘lgan yillik moliyaviy hisobotlar taqdim etadilar.

  1. Buxgalteriya balansi - 1-shakl;

  2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot - 2-shakl;

  3. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4-shakl;

  4. O‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi hisobot - 5-shakl;

  5. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.

Shuningdek, qonun hujjatlarida majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi belgilangan korxonalar moliyaviy hisobotlarga ilova shaklida buxgalteriya hisobotlari- ni ishonchliligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasini ham taqdim etadilar.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya hisobining 20-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va hisobotlar tuzish to‘g‘risida”gi milliy standartning 5.9 bandida belgilangan tartibga muvofiq buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va ilovalardan tashkil topgan moliyaviy hisobotni taqdim etadilar. Bu korxonalar uchun Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4-shakl; O‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi hisobot - 5-shakl; Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni tuzish majburiy emas.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning 23 bandiga muvofiq asosiy xo‘jalik jamiyati bo‘lgan va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga, o‘z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega buxgalteriya hisobi subyekti konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek asosiy xo‘jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar 8 - “Jamlangan moliyaviy hisobotlar va shoʻ’ba xoʻjalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish” nomli buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi.
Jamlangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash chogida bosh jamiyat va unga qarashli barcha shu’ba jamiyatlar moliyaviy hisobotlari aktivlarning bir xil moddalarini, majburiyatlarni, oʻz mablagi, daromadlari va xarajatlarini satrma-satr jamlash yoʻli bilan birlashtiriladi.
Bu hisobotda shu’ba korxonalarga qo‘shilgan hissalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo‘yilmalari sifatida aks ettiriladi.
Huquqiy shaxslar o‘z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarini mustaqil balansga ajratishlari mumkin bo‘lib, ularning balanslari va boshqa hisobot shakllarini o‘zlarining umumlashtirilgan hisobotiga kiritishlari shart. Umumlashtirilgan hisobotga bosh korxona, uning shu’ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalarining moliyaviy hisobotlari ilova qilinadi. Umumlashtirilgan hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tuziladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni tugatish chog‘ida yakuniy moliyaviy hisobot tuziladi. Tugatish bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish, tugatish balansini va hisobotni tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash yuzasidan javobgarlik tugatish komissiyasining (tugatuvchining) zimmasiga yuklatiladi.
Yillik buxgalteriya hisobotiga tushuntirish xati ilova qilinadi. Bu tushuntirish xatida korxona faoliyatini oʻsishiga yoki pasayishiga ta’sir etgan omillar, yillik hisobot ma’lumotlarini tahlili natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlar, korxona foydasini taqsimlanishi, buxgalteriya hisobini auditorlik tekshiruv xulosasi keltiriladi. Shuningdek, yil boshiga tuzilgan boshlang‘ich balans va hisobot yili uchun qabul qilingan hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa, uning sabablari ko‘rsatiladi. Hisobotning korxona faoliyati uchun tegishli bo‘lmagan va to‘ldirilmagan qatorlari chizib qo‘yiladi.
Hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
1. Korxona rekvizitida - tasdiqlangan hujjat asosida, korxonaning ro‘yxatdan o‘tgan to‘liq nomi, uning kodi (OKPO) esa, korxona va tashkilotlar umumdavlat tasniflagichiga asosan ko‘rsatiladi.
2. Tarmoq (faoliyat turi) rekvizitida - tarmoq nomi va uning kodi (OKONX) umumdavlat xo‘jalik tarmoqlar guruhlashishiga asosan ko‘rsatiladi.
3. Davlat mulkchiligining boshqaruvchi tashkiloti rekvizitida - davlat yoki munisipial korxona tarkibiga kiruvchi tashkilot nomi va buxgalteriya hisoboti topshirilayotgan tashkilot ko‘rsatiladi.
4. Nazorat summasi rekviziti hisobotni qabul qilib oluvchi korxona tomonidan to‘ldiriladi va balans umumiy summasi ko‘rsatiladi.
Choraklik va yillik hisobotlarni tuzishda, mulk egalarini investorlarni, kreditorlarni, aksiyadorlarni, davlatning moliya va soliq idoralarini, korxona ta’sischilarini, tijorat banklarini va xalqaro andozalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining amal qilayotgan ko‘rsatmalarini, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuning 22-moddasi talablarini, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarni e’tiborga olinishi kerak.
Buxgalteriya hisobotlarini tuzish vaqti bo‘lib, hisobot davrining so‘nggi kalendar kuni hisoblanadi. Tugatilayotgan yoki mulkchilik shakli o‘zgartirilayotgan korxonalarning yillik hisoboti amal qilish davriga tuzadi. Yangi tuzilgan korxonalar uchun ular ro‘yxatdan o‘tgan oyning 1- kunidan, hisobot yilining 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr hisobot davri qilib belgilangan. Hisobot yilining 1 oktabridan keyin tuzilgan korxonalar tashkil qilingan yil uchun hisobot tuzishdan ozod qilingan.
Korxona balansida, aktivlarni va passivlarni summalari qayta ro‘yxatga olish va solishtirish dalolatnomalari asosida ko‘rsatilishi lozim. Shuning uchun, Yillik hisobotlarni tuzishdan oldin buxgalteriya hisobining 19-sonli “Inventarizatsiya” milliy standartida keltirilgan tartib va muddatlarda yilining 1 oktabriga qadar inventarizatsiya o‘tkaziladi. Unda mavjud tovar-moddiy qiymatliklar, debitorlik va kreditorlik qarzlari va boshqa hisob-kitoblar birma-bir sanab, tekshirib va solishtirib chiqiladi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan joriy hisob ko‘rsatkichlaridagi xatolar 10 – kun mobaynida tegishli buxgalteriya yozuvlari orqali to‘g‘rilanishi lozim.
Agar kamomad va zarar jinoyat natijasida vujudga kelgan bo‘lsa, unda korxona rahbari 5 kun mudat ichida ishni tegishli sud - tergov organlariga yuborib, fuqarolik da’vosi e’lon qilinishi kerak. Agar kamomad tabiiy kamayish me’yoridan ortiqcha yoki moddiy boyliklarning buzilishi natijasida yuz bergan bo‘lsa va aybdorlari aniqlanmasa korxona mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishini qaroriga asosan foyda hisobidan qoplanadi.
Balansda hisob-kitoblar tekshirish dalolatnomalari, o‘zaro hisob-kitoblarni qoldig‘ini solishtirish xati yoki solishtirish dalolatnomalari ma’lumotlari asosida aks etirilladi. Da’vo muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzlari va qarzdorlarning to‘lov qobiliyatsizliklari tufayli o‘z vaqtida undirib olinmagan debitorlik qarzlari korxona rahbari yoki yuqori tashkilotning buyrug‘iga binoan n hisobdan chiqariladi va korxona foydasi hisobidan qoplanadi.
Da’vogarlik muddati o‘tib ketgan kreditorlik qarzlari summasi muddat o‘tib ketgan oydan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmasdan korxona daromadiga o‘tkaziladi.
Yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida, o‘tkazilgan inventarizatsiyalar soni, natijalari, agar o‘tkazilmagan bo‘lsa, sabablari ko‘rsatiladi.
Balansning moliya, soliq va bank idoralari bilan hisob-kitob moddalarida aks ettiriladigan summalar, ular bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Moliyaviy hisobotlarda hisobot davri ma’lumotlari bilan oldingi yilning tegishli davri ma’lumotlarini va hisob siyosatidagi o‘zgarishlarni solishtirish imkoniyati ta’minlangan bo‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlarida tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Hisobotlar tasdiqlangandan keyin topilgan xatoliklar tuzatilganda, ma’lumotlarini tuzatgan va balansga imzo chekkan shaxslar, tuzatilgan muddatni ko‘rsatib, “...tuzatildi, tuzatilgan ma’lumotlarni tasdiqlaymiz” yoki boshqa tegishli so‘zlarni yozib imzo va muhr bilan tasdiqlaydilar. Topilgan xatoliklar oʻtgan va joriy yil hisobotlarida tuzatiladi.
Yillik buxgalteriya hisobotini topshirgandan keyin daromadlarni yashirish yoki foydani asossiz kamaytirib ko‘rsatish hollari aniqlansa, xatolik qaysi schyotga tegishli bo‘lsa, o‘tgan yil foydasi yoki zarari sifatida aks ettiriladi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishda korxonaning faoliyat xususiyatlari hisobga olinadi. Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilishlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborotlar bilan ta’minlash maqsadida yillik moliyaviy hisobotlarga qo‘shimcha ravishda ma’muriyat tomonidan maxsus yoki erkin shaklda izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar taqdim etiladi.. Unda korxonaning moliyaviy faoliyat natijalariga ta’sir qiluvchi omillar ochib beriladi:
Korxonani faoliyatiga ta’sir etuvchi moliyalash manbalari xatarlari;
1. Tashqi muhitdagi o‘zgarishlarni subyekt faoliyatiga ta’siri va shu o‘zgarishlar munosabati bilan ko‘rilgan chora-tadbirlar;
2. Boshqa muhim axborotlar.
Moliyaviy hisobotlarni bet qismida hisobotni tuzish sanasi, korxonaning nomi, tarmog‘i, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va to‘liq huquqiy manzili, uning tasarrufida mazkur korxona bo‘lgan organning nomi, hisobotni tayyorlash chog‘ida foydalanilgan o‘lchov birligi va subyektni aniqlash uchun biriktirilgan identifikatsiyalash raqami va boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi.
Kalendar yilning 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan oraliq hisobot davri davri deyiladi. Hisobot davrining so‘nggi kalendar kuni hisobot sanasi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, yillik buxgalteriya balansi uchun 31 dekabr hisobot sanasi hisoblansa, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot uchun 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan davr hisobot davri bo‘ladi.
Moliyaviy hisobotlar quyidagi joylarga taqdim etiladi:

  1. Ta’sis hujjatlariga muvofiq mulk egalariga, davlat mulkini boshqarishga vakolat beradigan idoralarga, ishtirokchilarga, muassislarga;

  2. Subyekt ro‘yxatdan o‘tgan shahar, tuman davlat soliq xizmati idoralariga;

  3. Davlat statistika organlariga;

  4. Qonunga muvofiq - boshqa organlarga.

Korxonaning moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 25 fevraldan kechiktirmay topshirishlari belgilab qo‘yilgan. Vazirliklar, idoralar va boshqa ayrim subyektlar uchun hisobotlarni taqdim etish davrini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi.
Hisobotni qabul qiluvchi mahkama bilan bir shaharda joylashgan korxonalar uchun moliyaviy hisobotni tegishli idoraga topshirgan sana, boshqa shaharlarda joylashgan korxonalar uchun esa, pochta idorasining shtempelida ko‘rsatilgan sana, topshirish kuni bo‘lib hisoblanadi. Hisobotni taqdim etish vaqti dam olish kuniga to‘gri kelib qolgan hollarda taqdim etish muddati dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuniga o‘tkaziladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar uchun ochiqdir.
Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sug‘urta tashkilotlari, banklar, jamoat fondlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar har yilgi moliyaviy hisobotni aksiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi subyekti boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart.
Ushbu modda o‘ziga nisbatan qonun hujjatlarining boshqa talablari belgilangan buxgalteriya hisobi subyektlarining moliyaviy hisobotiga tatbiq etilmaydi.
Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan (26.07.1998 yil 17-17/86) va adliya vazirligi tomonidan roʻyhatga olingan (14.08.1998 yil 474) «Hisob siyosati va Moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standartida belgilangan tamoyillarga rioya qilishlari talab etiladi: hisoblab yozish tamoyili, ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish, davomiylik, xoʻjalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarga pul bilan baho berish, ishonchlilik, ehtiyotkorlik, mazmunning shakldan ustunligi, koʻrsatkichlarning qiyosiyligi, moliyaviy hisobotning holisligi, aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi, hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiqligi, tushunarlilik, ahamiyatlilik, muhimlik, toʻgʻri va begʻaraz tasavvur, tugallik, izchillik, zamonaviylik, offsetting (moddalarning oʻzaro hisobga olinishi), holislik, hisob siyosati. Oʻzbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonun asosida ishlab chiqilgan va 1998-yil 14-avgustda 475-son bilan Adliya Vazirligida roʻyxatga olingan «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual (tamoyil) asoslari» nomli buxgalteriya hisobining milliy standartsi hisob yuritish hamda moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning quyidagi tamoyillarini belgilab berdi: hisoblab yozish; ikkiyoqlama qayd etish usuli bilan
hisob yuritish; uzluksizlik; xoʻjalik muomalalari, aktivlar va passivlarni baholash; ishonchlilik; ehtiyotkorlik (konservatizm); mazmunning shakldan ustunligi; koʻrsatkichlarning qiyosiyligi; betaraflik; hisobot davri daromadlari bilan xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; tushunarlilik; ahamiyatlilik; muhimlilik; haqqoniy va holis taqdim; tuganlaganlik; izchillik; oʻz vaqtida taqdim etish.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə