«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Buxgalteriya hisobining asosiy shakllari va ularning tavsifi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə78/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   296
Moliyaviy hisob

Buxgalteriya hisobining asosiy shakllari va
ularning tavsifi.

Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob registrlaridan foydalanishning ketma-ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma’lum tizimga aytiladi.
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining oʻzaro xronologik va sistematik bogʻliqligi, yozuv ketma-ketligi va bajarilish texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini aniqlaydigan asosiy belgidir.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish va kompьyuterlashtirishning rivojlanishi bilan buxgalterlik hisobining shakli tushunchasi oʻzgarmoqda va kengaymoqda.
Hozirgi vaqtda qoʻllanilayotgan buxgalteriya hisobining asosiy shakllariga memorial-order, jurnal-order va avtomatlashtirilgan shakllari kiradi. SHuningdek, kichik va oʻrta biznes korxonalarining shakllanishi va rivojlanishi natijasida ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini aks ettiradigan buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli vujudga keldi.
Talabalarga tushunarli boʻlishi uchun bu hisob shakllarini alohida misollar bilan koʻrib chiqamiz.


Buxgalteriya hisobining memorial order shakli.
Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining mohiyati xoʻjalik muomalalarini aks ettiruvchi dastlabki hujjatlarga asoslanib, buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar – memorial-orderlar tuzilishidan iborat. Bu hujjatlar bosh buxgalter tomonidan qaysi sintetik va analitik schyotlarga memorial-orderni tuzishga asos boʻlgan hujjatda aks ettirilgan xoʻjalik muomalasi boʻyicha yozuvlarni oʻtkazish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi. Memorial-order shaklining paydo boʻlishi har bir xoʻjalik yurituvchi subyektning yakka imkoniyatlarini umumiy talablar bilan birlashtirishga yordam berdi. Alohida faktlarni roʻyxatga olish uchun zarur vedomostlarning turlari ochiladi.
Memorial-order bitta hujjatga asosan tuzilgani kabi, bir turdagi hujjatlar guruhiga asosan ham tuzulishi mumkin (7.3-chizma).
7.3-chizma

Asos (hujjatlarga yoki yozuvlar mazmuni)

Korrespodentsiyalanuvchi schyotlar

Summa

Debet

Kredit

2 yanvar uchun kassa hisoboti

5110

5010

120000

Jami







120000



Memorial-orderlar tuzilish me’yoriga qarab roʻyxatga olish jurnalida qayd qilib boriladi (7.4-chizma).
7.4-chizma

Memorial-orderning tartib raqami

Orderning sanasi

Memorial-orderdagi summa

1

2 yanvarь

120000

2

2 yanvarь

80500

va h.k.







Yanvarь uchun jami




4005000



Shunday qilib, memorial-orderlar roʻyxatga olish daftariga yozilganda ularga tartib nomeri beriladi.
Amaliyotda memorial-orderlar bir oylik bir turdagi xoʻjalik muomalalari jami boʻyicha tuziladi. Ushbu muomalalarni rasmiylashtiradigan memorial-orderlarga oldindan raqam berilgan boʻladi. Masalan, «Kassa» schyotining debeti va u bilan korrespondentsiyalanadigan schyotlarning krediti boʻyicha muomalalarni oʻzish uchun №1 memorial-order, «Kassa» schyotining krediti boʻyicha esa №2 memorial-order tuziladi. Bunday tajriba oy davomida analitik schyotlar boʻyicha ularni oy oxirida sintetik schyotga birlashtiruvchi yozuvlar boʻyicha rasmiylashtiradigan memorial-order raqami koʻrsatilgan holda yozib borib borish imkonini beradi.
Memorial-orderni tuzish uchun asos boʻluvchi barcha hujjatlar unga ilova qilinib (biriktirilib), ustiga shtamp bosish yoʻli bilan soʻndiriladi. Roʻyxatga olish daftarining jami oylik summasi sintetik schyotlar boʻyicha oborot vedomosti oborotlarining jami bilan taqqoslash uchun foydalaniladi. SHu bilan sintetik hisob tomonidan xoʻjalik muomalalarining toʻliq qamrab olinishini tekshirishga erishiladi.
Memorial-orderlar tuzilib, roʻyxatga olish daftarida qayd qilinganidan soʻng yozuvlar sintetik schyotlarga oʻtkaziladi. Agar sintetik schyotlarga memorial-orderlardan faqat mazkur oy uchun jami oborot vedomostiga oʻtkaziladigan oborotlar yozilsa, u holda sintetik schyotlar birlashadigan hisob registri shaxmat nazorat vedomosti deb ataladi.
Memorial-order shaklida analitik hisob sintetik hisobga parallel ravishda va memorial-orderlarga ilova qilinadigan hujjatlar asosida undan mustaqil ravishda yuritiladi. Analitik hisob registrlari sifatida kartochkalardan foydalaniladi.
Sintetik va analitik hisobning toʻgʻriligi sintetik va analitik schyotlar boʻyicha oborot vedomostlarini solishtirish yoʻli bilan tekshiriladi (7.5-chizma).
Memorial-order shaklining afzalliklari: yaqqollik, korxonalarda joriy davr uchun hisob hujjatlari koʻp boʻlmaganida qoʻllash qulayligi. Kamchiliklari: xronologik, sintetik va analitik hisobning alohida yuritilishi; bitta xoʻjalik muomalasini har xil registrlarda koʻp martalab yozish.


7.5-chizma. Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining
umumiy chizmasi.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə