«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə79/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   296
Moliyaviy hisob

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli.
Hisobning jurnal-order shakli ma’lumotlarni joriy hisobini yuritish va hisobot tuzish ni ta’minlaydigan tartibda sintetik va analitik hisob registrlarida sistemalashtirish va toʻplashga asoslanadi. Bu shaklda hisob yuritish korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritishga oid koʻrsatma va yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobining bu shaklida asosiy hisob registrlari jurnal-orderlardir.
Dastlabki hujjatlar ma’lumotlari bevosita jurnal-orderda va vedomostlarda toʻplanib boradi. Xoʻjalik muomalalarini sistematik va xronologik yozish bir vaqtning oʻzida ya’ni, bir xil ish usulida amalga oshiriladi.
Zarur analitik ma’lumotlarni jurnal-orderlardan olish imkoni boʻlmagan hollarda yordamchi vedomostlardan foydalaniladi. Jurnal-orderlarning tuzilish tamoyili tegishli schyotlar aloqasi koʻrsatilgan holda hisob yuritishga asoslangan.
Jurnal-orderlar shunday tuzilgan-ki, ularda iqtisodiy mazmuniga koʻra bir xil xoʻjalik muomalalari aks ettiriladi. SHuning uchun ayrim jurnal-orderlar bir necha schyotlarning krediti boʻyicha muomalalarni aks ettirishga moʻljallangan. Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini toʻgʻri guruhlash uchun jurnal-orderlarda schyotlar krediti boʻyicha namunaviy schyotlar aloqasi koʻrsatilgan.
Shunday qilib, jurnal-order shaklining tuzilishi quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
jurnal-orderlarda xoʻjalik muomalalari tegishli schyotlarning kredit boʻyicha debetlanuvchi schyotlar koʻrsatilib yozilishi;
sintetik va analitik hisob yozuvlarining yagona tizimga birlashtirilishi;
buxgalteriya hisobida muomalalar xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish, davriy va yillik hisobot tuzishni ta’minlaydigan yoʻnalishda aks ettiriladi;
davriy va yilik hisobot tuzish uchun zarur boʻlgan, analitik hisob moddalarining nomenklaturasi va koʻrsatkichlari hamda schyotlar aloqasi oldindan belgilangan hisob registrini qoʻllash.
Yuqoridaga tamoyillarni yaqqol tasavvur qilish va jurnal-order shaklining mohiyatini tushunish maqsadida 5010-«Milliy valyutadagi pul mablagʻlari» schyoti boʻyicha yuritiladigan 1- jurnal-orderni koʻrib chiqamiz. (7.6-chizma)
7.6-chizma
№1- jurnal-order
5010-«Milliy valyutadagi pul mablagʻlari» kreditidan boshqa schyotlar debetiga



qator raqami

Sana (yoki qaysi davr uchun)

5110-«Hisob-kitob» schyoti

6710-«Meh-nat haqi boʻyicha hi-sob-kitoblar» schyoti

4220-«Xizmat safari uchun berilgan boʻnaklar»

6970-«Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarz»

4790-«Xodimlarning boshqa qarzlari

Jami
Dt oborot

SHu jumladan savdodan tushgan daromad.

1.

01.03.

100

120

80

120

-

420

80

2.

02-06

-

-

40

150

110

300

-

va hokazo




























Jami

440

4200

680

310

1870

45300

490

Yuqoridagi jurnal-orderdan koʻrinib turibdiki, u 5010-«Milliy valyutadagi pul mablagʻlari» schyotining krediti boʻyicha yuritilib, har bir debetlanuvchi schyot uchun alohida grafa ochilgan.


Muomalalarning mazmuni va xususiyatiga koʻra yozuvlar jurnal-orderlar va vedomostlarga hujjatlarning buxgalteriyaga kelib tushushiga qarab yoki bir necha oyligi jamlanib yoziladi.
Ma’lumotlari jurnal-orderlarga oʻtkazilgan hujjatlarda korrespondentsiyalanuvchi (aloqa qiluvchi) schyotlar, tegishli registrlarning raqamlari va yozuvlarning tartib raqamlari (qator raqamlari) koʻrsatiladi. Ma’lumotlari jamlanib hisob registrlariga oʻtkaziladigan hujjatlar boʻyicha registr va yozuvlar raqami alohida varaqda koʻrsatilib, bu varaq toʻplanib tikilgan hujjatlarga biriktirib qoʻyiladi.
Oy oxirida jurnal-orderlarning ma’lumotlari jamlanib, bosh daftarga oʻtkaziladi. Bosh daftar jurnal-orderlar ma’lumotlarini umumlashtirish, schyotlardagi yozuvlarning toʻgʻriligini tekshirish va hisobot balansini tuzish uchun moʻljallangan boʻlib, bir yilga ochiladi. Unda har bir schyot uchun bir varaq ajratiladi. Har bir varaqda ochilgan sintetik schyotning boshlangʻich qoldigʻi, joriy (oylik) oboroti va oxirgi qoldigʻi aks ettirib boriladi. Bosh daftarga joriy oborotlarni yozish bir vaqtning oʻzida jurnal-orderlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni qayd qilish boʻlib hisoblanadi (7.7-chizma).
Bosh daftarga joriy (oylik) oborotlar jurnal-orderlardan oʻtkazilganda, tegishli schyot kredit oborotlarining jami bitta yozuv bilan, debet oborotlar esa bogʻlanuvchi, ya’ni kreditlanuvchi schyotlar koʻrsatilib aks ettiriladi. SHunday qilib, sintetik schyotlarning debet oborotlari, kreditlanuvchi schyotlari koʻrsatilgan holda Bosh daftarda (№18- shakl), kredit oborotlari esa debetlanuvchi schyotlari koʻrsatilgan holda jurnal-orderlarda aks ettiriladi. Balans bosh daftar ma’lumotlari asosida, ayrim hollarda hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalanib tuziladi.
Yozuvlarning yozilish ketma-ketligi, texnikasi va tamoyili tushunarli boʻlishi uchun Bosh daftarning bitta sintetik schyot uchun ochilgan varagʻini misol tariqasida koʻrsatamiz (7.8-chizma)


Shartli belgilar


Joriy yozuvlar

Yozuvlarni tekshirish


7.7-chizma. Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining
umumiy chizmasi.
7.8-chizma.
Bosh daftar №18- shakl
5010-«Milliy valyutadagi pul mablagʻlari» schyoti




Debet oboroti schyotlarning kreditidan

K-t oboroti

Saldo

Oy

9010 schyot K-ti №1 j-o dan

5110 schyot k-ti №2 j-o dan

5530 schyot k-ti №3 j-o dan

5710 schyot k-ti №3 j-o dan

6970 schyot k-ti №7 j-o dan

va hokazo

Debet boʻyicha jami

Dt

Kt

Yanvarь

40

82950

2000

-

610

-

85600

85602

10

-

Fevralь

-

92410

1200

400

840

-

94850

94846

8

-

Mart

120

88750

10120

-

475

-

99465

99450

12

-





































Jurnal-order shakli boʻyicha hisob yuritishda hisob shakllarini toʻliq avtomatlashtirish uchun hisoblash mashinalaridan samarali foydalanish mumkin. Klavishali hisoblash mashinalarini qoʻllash uchun jurnal-order shaklidagi hisob registrlarini koʻp oʻzgartirish talab qilinmaydi. Bunda sintetik va analitik hisobni yuritish tamoyili buzilmaydi, registrlarning oʻzaro bogʻlanish va ularni nazorat qilish tizimi oʻzgarmasdan qoladi.
Hisobning jurnal-order shaklida klavishali hisoblash mashinalaridan foydalanish hisobning tezkorligini oshiradi va hisob xodimlarining sonini kamaytiradi.
Koʻpchilik registrlardan hisob uchun tayyor ma’lumotlar olish mumkinligini sababli hisob yuritishning jurnal-order shakli buxgalteriya hisobotini tuzish muddatini ancha qisqartiradi. Bundan tashqari, koʻpchilik jurnal-orderlar, qoʻshimcha vedomostlar va rasshifrovka varaqlaridan tezkor boshqarish va iqtisodiy tahlil qilish maqsadida muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.
7.10-chizma

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə